Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2022/ 5 - SON



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə288/362
tarix29.11.2023
ölçüsü3,74 Mb.
#139669
1   ...   284   285   286   287   288   289   290   291   ...   362
8911 1297 TDPU I A. 5-son (5)

TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2022/ 5 - SON 
285 
Bizning fikrimizcha, kasbiy manfaatlarning bu kombinatsiyasi saytni ishlab 
chiqish jarayoni uchun dizayn kontsepsiyasini yaratishdan saytning yakuniy tartibiga 
qadar eng samarali yo‗l hisoblanadi, chunki har bir mutaxassis o‗z ishi bilan 
shug‗ullanadi, har bir jamoa faoliyat jarayonida muayyan vazifani hal qiladi. 
Navbatdagi muammolardan biri, pedagogika oliy o‗quv yurtlari talabalari 
uchun Web-dizaynni o‗qitishning mazmuni va metodikasi bo‗yicha maxsus 
tadqiqotlarning kamligidir. Ilmiy-uslubiy tadqiqotlar asosan Web-dizaynga yaqin 
bo‗lgan multimediali o‗quv vositalariga va masofaviy ta‘limda internet 
imkoniyatlariga bag‗ishlangan. 
Mavjud elektron qo‗llanmalar va adabiyotlarni o‗rganib chiqib, shuni 
aytishimiz mumkinki, asosiy e‘tibor texnik tayyorgarlikka, kompyuter grafikasi 
dasturlarini o‗rganishga qaratilgan. Darslik, maqolalar, web-saytlar kompyuter 
grafikasidan grafik dizaynerlar ishi uchun vosita sifatida samarali foydalanish 
muammosiga bag‗ishlangan bo‗lsa, loyiha madaniyati va grafik til, web-dizayndagi 
ishning ijodiy jarayonlarini tushunish va xususan, yaratishda muammolarga 
bag‗ishlangan adabiyotlar juda kam uchraydi.
Web-dizaynerlik kasbi World Wide Web (WWW) global internet 
tarmog‗ining paydo bo‗lishi bilan bog‗liq, unda reklama maqsadida Web-saytlar 
yaratish maqsad qilingan (1980-yillarning oxiri - 90-yillarning boshlari). Web-
dizaynerning vazifasi - bu Internetning o‗ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda 
loyiha uchun uslublar dizaynini ishlab chiqish. Ya‘ni, shunchaki zamonaviy 
ko‗rinishga ega bo‗lish uchun saytni loyihalashdan tashqari, u tarmoqning standart 
talablariga javob berishi kerak: grafik elementlar (logotiplar, bannerlar, chizmalar va 
boshqalar) optimallashtirilgan bo‗lishi kerak, rang va shriftni tanlashda zamon talabi 
hisobga olinishi kerak. Foydalanuvchi qog‗ozda emas, balki monitorda loyihaning 
grafik timsolini ko‗radi. Web-dizayner web-saytning qanday ko‗rinishi va qanday 
qabul qilinishi uchun javobgardir. U logotiplar, bannerlar va grafikaning boshqa 
elementlari bilan tanishadi, saytning navigatsiyasini o‗ylaydi, matnni qayerga 
joylashtirishni aniqlaydi. Web-sayt yaratish uchun web-dizayner HTML, CSS va 
Javascript dasturlash tilini mukammal bilishi va badiiy sezgirlikka ega bo‗lishi kerak 
[9, 9230]. 
Pedagogika oliy ta‘lim muassasalarida ―web-dizayn‖ fanini o‗qitishning bosh 
maqsadlaridan biri sifatida ta‘lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalarga ushbu 
fanning kasbga yo‗naltirilgan va amaliy jihatlari haqida bilim berish, zamonaviy 
dasturiy ta‘minotlari, shu jumladan, turli ko‗rinishdagi web-sayt dizayni loyihasini 
ishlab chiqish orqali ularning web-dizayn kompetentligini rivojlantirish, shu bilan bir 
qatorda web-saytlar targ‗ib qilishning usullari va vositalaridan foydalanish 
ko‗nikmasini shakllantirish, zamonaviy web-texnologiyalar haqida umumiy 
ma‘lumot berishdan iborat. 



Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   284   285   286   287   288   289   290   291   ...   362




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə