Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2022/ 5 - SON



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə291/362
tarix29.11.2023
ölçüsü3,74 Mb.
#139669
1   ...   287   288   289   290   291   292   293   294   ...   362
8911 1297 TDPU I A. 5-son (5)

TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2022/ 5 - SON 
288 
ajratish masalasiga alohida e‘tibor qaratish lozim. Pedagogika oliy ta‘lim 
muassasalarida Informatika o‗qitish metodikasi yo‗nalishi talabalariga ―Web-dizayn‖ 
fanini o‗qitish bo‗yicha mavjud dasturlarda bir semestr uchun ajratilgan ma‘ruza 
soatlari kam ekanligi aniqlandi. Amaliy va laboratoriya darslarida grafik va web-
muharrirlari bilan tanishishni va ulardan unumli foydalanish bo‗yicha tushunchalar 
berish, ularning toifalarini tushuntirish uchun yetarli, ammo biror web-loyihani tuzish 
va uning tashkil etish bilan bog‗liq jarayonlarni rejalashtirish, biror natijaga erishish 
uchun qisqa muddat. Bo‗lajak informatika o‗qituvchilarini web-dizayner sifatida 
tayyorlash samaradorligini oshirish uchun o‗quv rejasiga ma‘ruza materialini 
qo‗shgan holda qo‗shimcha nazariy ma‘lumotlar kiritish, bundan tashqari o‗quv 
mashg‗ulotlariga ajratilgan soatlar sonini ko‗paytirish maqsadga muvofiq bo‗ladi [11, 
343]. 
Bo‗lajak 
mutaxassislarga 
web-dizayn 
fanini 
o‗qitish metodikasini 
takomillashtirish va ushbu fanning mazmunini boyitish zarurati zamonaviy mehnat 
bozori talablari sharoitida ularning kasbiy harakatchanligi samaradorligini oshiradi. 
Bundan 
kelib 
chiqib 
aytishimiz 
mumkinki, 
bo‗lajak 
informatika 
o‗qituvchilarining web-sayt bo‗yicha tushunchalarini tashkil qilishda web-dizayn 
kursi muhim ahamiyatga ega. Bu fanni o‗qitish orqali bo‗lajak mutaxassislarni 
kasbga tayyorlashda tizimli yondashuv haqida gapirish imkonini beradi. Aynan 
pedagogika oliy ta‘lim muassasalarida tahsil oluvchi bo‗lajak informatika 
o‗qituvchilarining web-kompetentligini rivojlantirish asnosida, ular yaqin istiqbolda 
o‗rta maktablarda, kasb-hunar maktablarida, akademik litseylarda o‗quvchilarga 
ta‘lim berish jarayonida ularda web-dizayn faniga bo‗lgan tasavvurni shakllantirish, 
kelajakda ushbu sohada o‗zlarini namoyon qilishlari uchun imkon yaratish, qobilyati 
yuqori bo‗lgan o‗quvchilarni ushbu sohaga yo‗naltirish, hozirgi shiddat bilan 
rivojlanayotgan zamonda kelajakda o‗z o‗rnini topishga ko‗maklashish yotadi.
Adabiyotlar 
1. Климов В. П., Климова Г. П. Развитие идей дизайн-образования в 
профессионално-педагогической парадигме: моногр. Екатеринбург: ГОУ ВПО 
«Рос. гос. проф.- пед. ун-т», 2009. 110 с 
2. Мамаражабов М.Е., Набиулина Л., Турсунов С.Қ., Набиулина Л. 
Компьютер графикаси ва wэб-дизайн. Дарслик. – Тошкент: ―Чоʻлпон‖, 2013. – 
376 б. 
3. Aykin, N. (Ed.) Usability and Internationalization of Information 
Technology. Human Factors/Ergonomics Series. Marwah, NJ: Erlbaum, 2004 
4. Carlos Flavian, Raquel Gurrea, Carlos Orús. Web design: A key factor for 
the website success. Journal of Systems and Information Technology 11(2):168-184 



Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   287   288   289   290   291   292   293   294   ...   362




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə