Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2022/ 5 - SON



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə296/362
tarix29.11.2023
ölçüsü3,74 Mb.
#139669
1   ...   292   293   294   295   296   297   298   299   ...   362
8911 1297 TDPU I A. 5-son (5)

TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2022/ 5 - SON 
293 
kelyaptiki, talabalikni o‗zining maqsadlariga, o‗zining xususiyatlariga ega, aql-
zakovatning ijtimoiy rollarini va funksiyasini bajarishga tayyorlanayotgan OTM 
tizimidagi ijtimoiy guruh sifatida ko‗rib chiqish lozim. 
Yoshlarning tarkibiy qismi sifatida talabalik o‗ziga xos ijtimoiy guruhday 
namoyon bo‗ladi, bu guruh hayotning alohida sharoitlari, mehnati va turmushi, 
ijtimoiy xulqi va psixologiyasi, qadriyatlar orientatsiyasi bilan ta‘riflanadi. Ushbu 
guruh namoyondalari uchun moddiy va ma‘naviy ishlab chiqarishning tanlangan 
sohasidagi bo‗lajak faoliyatga tayyorgarlik yagona mashg‗ulot bo‗lmasa-da, asosiy 
hisoblanadi. 
Yoshlarni ma‘naviy-huquqiy tarbiya berish, huquqiy madaniyatni yuksaltirish 
ular bilan olib borilayotgan huquqiy ta‘lim va tarbiya borasidagi ishlar ham tizimli va 
uzviy olib borilmayapti. Mazkur masalaga uzoq yillar davomida huquqni muhofaza 
qiluvchi organlar va ayrim davlat organlarining ishi sifatida qarab kelinib, bunda oila, 
mahalla va fuqarolik jamiyati institutlarining ishtiroki yetarlicha ta‘minlanmagan.
Haqiqat shundaki, targ‗ibot tadbirlarida ko‗pincha samarasiz seminar, davra 
suhbatlari va shu kabi uchrashuvlarni tashkil etish bilan cheklanib qolinib, targ‗ibot 
jarayonida 
innovatsion 
usullardan, 
ma‘naviy-huquqiy 
tarbiya 
berish 
texnologiyalaridan yetarlicha foydalanilmagan. Bu esa jamiyatimiz taraqqiyotiga 
o‗zining salbiy ta‘sirini ko‗rsatib kelmoqda. Ya‘ni qonunlarning ijrosi bir xilda 
ta‘minlanmayapti, islohotlar bo‗yicha qabul qilingan hujjatlar ham o‗zining yetarli 
samarasini bermayapti. Yoshlarning huquqiy tarbiyasiga salbiy ta‘sir ko‗rsatuvchi 
omillarga nisbatan huquqiy immunitetni shakllantirish, har bir shaxsda qonunlarga va 
odob-axloq qoidalariga hurmat, milliy qadriyatlarga sadoqat, huquqbuzarliklarga 
nisbatan murosasizlik hissini uyg‗otish ishiga kompleks tarzda yondashilmayapti. 
Huquqiy madaniyat kishilarning huquqiy savodxonlik darajasi, qonunlarga 
bo‗lgan hurmati, huquqiy normalarni ijro etishi, hayotga tatbiq eta olish ko‗nikmasi, 
huquqbuzarliklarga nisbatan murosasizlik, qonunlarga itoatkorlik, huquqiy faollik 
hamda tashabbuskorligini anglatadi. Jamiyat a‘zolarining yuksak huquqiy ongi va 
huquqiy madaniyati jamiyatimiz taraqqiyotini ta‘minlaydi. 
Huquqiy ong va huquqiy madaniyat saviyasi qabul qilingan qonunlar soni 
bilan emas, balki ushbu qonunlarning to‗liq ijro etilishi bilan belgilanadi. Ushbu 
muhim ishda odamlarda qonunlarga va normativ hujjatlarga nisbatan hurmat hissini 
tarbiyalash alohida ahamiyatga ega. 
Ayni shu mezonlardan kelib chiqib, fuqarolar ongida ―Jamiyatda qonunlarga 
hurmat ruhini qaror toptirish — demokratik huquqiy davlat qurishning garovidir!‖ 
degan 
hayotiy 
g‗oyani mustahkamlash, aholiga mamlakatimizda amalga 
oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, qabul qilinayotgan qonun hujjatlari va 
davlat dasturlarining mazmun-mohiyatini izchil yetkazish tizimini shakllantirish 
birlamchi vazifalardan ekanligi ta‘kidlanadi. 



Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   292   293   294   295   296   297   298   299   ...   362




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə