Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2022/ 5 - SON



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə295/362
tarix29.11.2023
ölçüsü3,74 Mb.
#139669
1   ...   291   292   293   294   295   296   297   298   ...   362
8911 1297 TDPU I A. 5-son (5)

TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2022/ 5 - SON 
292 
tadbirlar yoshlarning fuqarolik va kasbiy shakllanishga, ijtimoiy faolligining 
rivojlanishiga sabab bo‗ladi. 
Shuning uchun hamma toifadagi yoshlarni ijtimoiy himoya qilish shaxs 
sifatida va kasbiy shakllanishida ularni qo‗llab- quvvatlash O‗zbekiston Respublikasi 
davlat e‘tiborining obyektidir. O‗z oldilarida turgan muhim ijtimoiy masalalarni hal 
qilishda yoshlar ma‘lum ijtimoiy yordamga muhtojlar. Bu masalani amaliy hal etish 
yo‗li talabalarga bilim berish bilan bog‗liq.
A.N.Semashko ham talabalikni alohida ijtimoiy guruh sifatida ta‘riflagan. U 
―talabalikni faqatgina aql-zakovat statusini egallash va unga tayyorlanish holati 
sifatida ko‗rib chiqish noto‗g‗ri. Talabalik uni alohida ijtimoiy guruhga kiritish uchun 
yetarli bo‗lgan barcha zarur xarakteristikaga ega‖, deya ta‘kidlagan. Boshqa 
jamiyatshunos olim M.N.Rutkevich jamiyatning ijtimoiy-sinfiy tarkibi aloqadorligi 
haqida fikr yuritgan: ―Ijtimoiy guruh‖ terminining ishlatilishi sinflar nazariyasida o‗z 
aksini topgan, masalan, ayollar, yoshlar, pensionerlar va boshqalar kabi o‗ziga xos 
qizishlarga ega ijtimoiy guruhlar demografiya asosida o‗rganiladi va aniqlik uchun 
ijtimoiy-demografik deb atalishlari mumkin‖ [3, 327]. 
Talabalikka bag‗ishlangan mavjud ijtimoiy asarlarda individlarning ushbu 
majmuiga ijtimoiy guruh sifatida ta‘rif berilgan. V.T.Lisovskiy talabalikni 
ta‘riflashda uning mehnat harakteri va yo‗nalganligiga tayangan. U ta‘lim jarayoni va 
u bilan bog‗liq faoliyat yoshlarning mustaqil hayotga qadam qo‗yishi va o‗zlarini 
namoyon qilishlari vositasi ekanligini asoslagan. Tanlashning nisbiy erkinligi 
javobgarlikka, o‗z harakatlari uchun javobgar bo‗lishga imkon yaratadi. Yuqorida 
ta‘kidlanganidek, yoshlar uchun o‗qish faoliyatining asosiy turi hisoblanadi, u bir 
tomondan, individ va jamiyatning — sinf, guruh, jamoa bo‗lib birlashishini 
ta‘minlaydi; boshqa tomondan esa, o‗zaro ta‘sir jarayonida yosh inson o‗zining 
individualligini anglashga imkon beradi [4, 102]. 
Talaba 
(lotinchadan studens, yo‗nalish-tushum kelishikda studentis - 
tirishqoqlik bilan ishlovchi, shug‗ullanuvchi) bu oliy, ba‘zi mamlakatlarda o‗rta 
ta‘lim muassasasi o‗quvchisi. Qadimgi va o‗rta asrlarda o‗zini anglash jarayoni bilan 
band bo‗lgan har qanday shaxsni talaba deb ataganlar. XII asrda universitetlar tashkil 
etilgach, ularda tahsil oluvchi shaxslar (boshlang‗ich va ta‘lim beruvchi) uchun 
―talaba‖ termini ishlatila boshlandi; keyinchalik o‗qituvchilar uchun ilmiy unvonlar 
(magistr, professor) joriy qilingach ―talaba‖ termini faqat o‗quvchilarga nisbatan 
ishlatila boshlandi. 
Talabalik ham umumiy xislatlarga, ham o‗ziga xos xususiyatlarga ega 
yoshlarning alohida qismini kasb etadi [5, 4].
―Talabalik — bu harakatchan ijtimoiy guruh, uning maqsadi moddiy va 
ma‘naviy ishlab chiqarishda yuqori professional va ijtimoiy rolni bajarishni ma‘lum 
dastur asosida tashkillashtirishdir‖ [5, 4]. Bu yerda muallifning fikri shunga 



Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   291   292   293   294   295   296   297   298   ...   362




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə