|
Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnaliTOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2022/ 5 - SON8911 1297 TDPU I A. 5-son (5)TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2022/ 5 - SON
293
kelyaptiki, talabalikni o‗zining maqsadlariga, o‗zining xususiyatlariga ega, aql-
zakovatning ijtimoiy rollarini va funksiyasini bajarishga tayyorlanayotgan OTM
tizimidagi ijtimoiy guruh sifatida ko‗rib chiqish lozim.
Yoshlarning tarkibiy qismi sifatida talabalik o‗ziga xos ijtimoiy guruhday
namoyon bo‗ladi, bu guruh hayotning alohida sharoitlari, mehnati va turmushi,
ijtimoiy xulqi va psixologiyasi, qadriyatlar orientatsiyasi bilan ta‘riflanadi. Ushbu
guruh namoyondalari uchun moddiy va ma‘naviy ishlab chiqarishning tanlangan
sohasidagi bo‗lajak faoliyatga tayyorgarlik yagona mashg‗ulot bo‗lmasa-da, asosiy
hisoblanadi.
Yoshlarni ma‘naviy-huquqiy tarbiya berish, huquqiy madaniyatni yuksaltirish
ular bilan olib borilayotgan huquqiy ta‘lim va tarbiya borasidagi ishlar ham tizimli va
uzviy olib borilmayapti. Mazkur masalaga uzoq yillar davomida huquqni muhofaza
qiluvchi organlar va ayrim davlat organlarining ishi sifatida qarab kelinib, bunda oila,
mahalla va fuqarolik jamiyati institutlarining ishtiroki yetarlicha ta‘minlanmagan.
Haqiqat shundaki, targ‗ibot tadbirlarida ko‗pincha samarasiz seminar, davra
suhbatlari va shu kabi uchrashuvlarni tashkil etish bilan cheklanib qolinib, targ‗ibot
jarayonida
innovatsion
usullardan,
ma‘naviy-huquqiy
tarbiya
berish
texnologiyalaridan yetarlicha foydalanilmagan. Bu esa jamiyatimiz taraqqiyotiga
o‗zining salbiy ta‘sirini ko‗rsatib kelmoqda. Ya‘ni qonunlarning ijrosi bir xilda
ta‘minlanmayapti, islohotlar bo‗yicha qabul qilingan hujjatlar ham o‗zining yetarli
samarasini bermayapti. Yoshlarning huquqiy tarbiyasiga salbiy ta‘sir ko‗rsatuvchi
omillarga nisbatan huquqiy immunitetni shakllantirish, har bir shaxsda qonunlarga va
odob-axloq qoidalariga hurmat, milliy qadriyatlarga sadoqat, huquqbuzarliklarga
nisbatan murosasizlik hissini uyg‗otish ishiga kompleks tarzda yondashilmayapti.
Huquqiy madaniyat kishilarning huquqiy savodxonlik darajasi, qonunlarga
bo‗lgan hurmati, huquqiy normalarni ijro etishi, hayotga tatbiq eta olish ko‗nikmasi,
huquqbuzarliklarga nisbatan murosasizlik, qonunlarga itoatkorlik, huquqiy faollik
hamda tashabbuskorligini anglatadi. Jamiyat a‘zolarining yuksak huquqiy ongi va
huquqiy madaniyati jamiyatimiz taraqqiyotini ta‘minlaydi.
Huquqiy ong va huquqiy madaniyat saviyasi qabul qilingan qonunlar soni
bilan emas, balki ushbu qonunlarning to‗liq ijro etilishi bilan belgilanadi. Ushbu
muhim ishda odamlarda qonunlarga va normativ hujjatlarga nisbatan hurmat hissini
tarbiyalash alohida ahamiyatga ega.
Ayni shu mezonlardan kelib chiqib, fuqarolar ongida ―Jamiyatda qonunlarga
hurmat ruhini qaror toptirish — demokratik huquqiy davlat qurishning garovidir!‖
degan
hayotiy
g‗oyani mustahkamlash, aholiga mamlakatimizda amalga
oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, qabul qilinayotgan qonun hujjatlari va
davlat dasturlarining mazmun-mohiyatini izchil yetkazish tizimini shakllantirish
birlamchi vazifalardan ekanligi ta‘kidlanadi.
|
|
|