|
Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnaliTOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2022/ 5 - SON8911 1297 TDPU I A. 5-son (5)TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2022/ 5 - SON
292
tadbirlar yoshlarning fuqarolik va kasbiy shakllanishga, ijtimoiy faolligining
rivojlanishiga sabab bo‗ladi.
Shuning uchun hamma toifadagi yoshlarni ijtimoiy himoya qilish shaxs
sifatida va kasbiy shakllanishida ularni qo‗llab- quvvatlash O‗zbekiston Respublikasi
davlat e‘tiborining obyektidir. O‗z oldilarida turgan muhim ijtimoiy masalalarni hal
qilishda yoshlar ma‘lum ijtimoiy yordamga muhtojlar. Bu masalani amaliy hal etish
yo‗li talabalarga bilim berish bilan bog‗liq.
A.N.Semashko ham talabalikni alohida ijtimoiy guruh sifatida ta‘riflagan. U
―talabalikni faqatgina aql-zakovat statusini egallash va unga tayyorlanish holati
sifatida ko‗rib chiqish noto‗g‗ri. Talabalik uni alohida ijtimoiy guruhga kiritish uchun
yetarli bo‗lgan barcha zarur xarakteristikaga ega‖, deya ta‘kidlagan. Boshqa
jamiyatshunos olim M.N.Rutkevich jamiyatning ijtimoiy-sinfiy tarkibi aloqadorligi
haqida fikr yuritgan: ―Ijtimoiy guruh‖ terminining ishlatilishi sinflar nazariyasida o‗z
aksini topgan, masalan, ayollar, yoshlar, pensionerlar va boshqalar kabi o‗ziga xos
qizishlarga ega ijtimoiy guruhlar demografiya asosida o‗rganiladi va aniqlik uchun
ijtimoiy-demografik deb atalishlari mumkin‖ [3, 327].
Talabalikka bag‗ishlangan mavjud ijtimoiy asarlarda individlarning ushbu
majmuiga ijtimoiy guruh sifatida ta‘rif berilgan. V.T.Lisovskiy talabalikni
ta‘riflashda uning mehnat harakteri va yo‗nalganligiga tayangan. U ta‘lim jarayoni va
u bilan bog‗liq faoliyat yoshlarning mustaqil hayotga qadam qo‗yishi va o‗zlarini
namoyon qilishlari vositasi ekanligini asoslagan. Tanlashning nisbiy erkinligi
javobgarlikka, o‗z harakatlari uchun javobgar bo‗lishga imkon yaratadi. Yuqorida
ta‘kidlanganidek, yoshlar uchun o‗qish faoliyatining asosiy turi hisoblanadi, u bir
tomondan, individ va jamiyatning — sinf, guruh, jamoa bo‗lib birlashishini
ta‘minlaydi; boshqa tomondan esa, o‗zaro ta‘sir jarayonida yosh inson o‗zining
individualligini anglashga imkon beradi [4, 102].
Talaba
(lotinchadan studens, yo‗nalish-tushum kelishikda studentis -
tirishqoqlik bilan ishlovchi, shug‗ullanuvchi) bu oliy, ba‘zi mamlakatlarda o‗rta
ta‘lim muassasasi o‗quvchisi. Qadimgi va o‗rta asrlarda o‗zini anglash jarayoni bilan
band bo‗lgan har qanday shaxsni talaba deb ataganlar. XII asrda universitetlar tashkil
etilgach, ularda tahsil oluvchi shaxslar (boshlang‗ich va ta‘lim beruvchi) uchun
―talaba‖ termini ishlatila boshlandi; keyinchalik o‗qituvchilar uchun ilmiy unvonlar
(magistr, professor) joriy qilingach ―talaba‖ termini faqat o‗quvchilarga nisbatan
ishlatila boshlandi.
Talabalik ham umumiy xislatlarga, ham o‗ziga xos xususiyatlarga ega
yoshlarning alohida qismini kasb etadi [5, 4].
―Talabalik — bu harakatchan ijtimoiy guruh, uning maqsadi moddiy va
ma‘naviy ishlab chiqarishda yuqori professional va ijtimoiy rolni bajarishni ma‘lum
dastur asosida tashkillashtirishdir‖ [5, 4]. Bu yerda muallifning fikri shunga
|
|
|