Toshkent davlat texnika universiteti tasdiqlayman


Analogiya (moslik, o‘xshashlik)



Yüklə 1,42 Mb.
səhifə127/143
tarix19.10.2023
ölçüsü1,42 Mb.
#128319
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   143
1ИТМ МАЖМУА (2023)

Analogiya (moslik, o‘xshashlik)–o‘xshash bo‘lmagan ob’ektlarning ayrim jihatlari, xossalari va munosabatlaridagi o‘xshashliklarni aniqlash.


Aniq maqsadga qaratilgan fundamental tadqiqot - ilmiy izlanish yo‘nalishi aniq belgilangan va tadqiqotchilardan qo‘yilgan maqsadlarga erishish yo‘lidan og‘maslik


Antissientizm- falsafiy bilishni ilmiy bilishdan ajratadi, uni ilmiy bilish bilan muvofiq emas, deb e’lon qiladi, u oqilonalikni kamsitadi va mistika, intuitsiya, iroda va shu kabilarni mutlaqlashtiradi.


Axborot – ob’ektiv reallikning muhim qismini ifodalovchi tushuncha bo‘lib, o‘zini saqlash, qayta ishlash va ta’sir natijalari (izlari)dan foydalanish uchun mo‘ljallangan moddiy tizimlarda namoyon bo‘ladi.
Axborot texnologiyasi – bu axborotni tanlash, jamg‘arish, tahlil qilish va foydalanuvchiga etkazib berishga yo‘naltirilgan hisoblash texnikasi, elektr aloqa, informatika imkoniyatlarining uyg‘unligidir.


Bilim sifatida fan - atrof borliq narsalari va jarayonlarini amalda aniq, izchil va tadrijiy bilishga qaratilgan. Faoliyat sifatida fan maqsadlarni belgilash, qarorlar qabul qilish, yo‘l tanlash, o‘z manfaatlarini ko‘zlash, mas’uliyatni tan olish maydonida amal qiladi.


Bilimning ilmiylik mezoni – verifikatsiya qilish imkoniyati emas, balki aksincha, falsifikatsiya qilish (uni rad etish) imkoniyatidir.


Verifikatsiya tamoyili – mohiyat-e’tibori bilan formal mantiqni etarli asoslash tamoyilining o‘xshashi.


Germenevtik doira – «olmaxon g‘ildiragi» emas, zero, unda tafakkur qismlardan avvalgi butunga emas, balki o‘z qismlarining bilimi bilan boyigan butunga, ya’ni boshqa butunga qaytadi.


Dalil (yoki dalillar)ni aniqlash - ilmiy tadqiqotning zaruriy sharti.


Deduksiya–bilish jarayonining umumiydan ayrimlikka yuksalishi.


Dialog - murakkab, rang-barang mazmunga boy va tushunish bilan uzviy bog‘liq o‘zaro aloqa shaklidir. Dialogda insonning ikki tabiiy intilishi: aytish va o‘zini eshitishlariga erishish, shuningdek tushunish va tushunilishga intilish ro‘yobga chiqadi.


Ideallashtirish–voqelikning tajribada prinsipial amalga oshirib bo‘lmaydigan, lekin real olamda ularning timsoli bo‘lgan ob’ektlarning tushunchalarini fikran shakllantirishni ifodalaydigan («nuqta», «ideal gaz», «mutlaqo qora jism» va sh.k.) tushuncha.



Yüklə 1,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   143




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə