Toshkent davlat texnika universiteti tasdiqlayman



Yüklə 1,42 Mb.
səhifə132/143
tarix19.10.2023
ölçüsü1,42 Mb.
#128319
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   143
1ИТМ МАЖМУА (2023)

Tarixiylik tamoyili – ob’ektni kelib chiqishi va rivojlanishiga bog‘lab, uni mufassal o‘rganish. Mazkur tamoyilning shakllanishi va mohiyati to‘g‘risida maxsus bo‘limda so‘z yuritiladi.


Tushuntirishning bosh maqsadi – o‘rganilayotgan predmetning mohiyatini, rivojlanish sabablari, shartlari va manbalarini, harakat mexanizmlarini aniqlashdan iborat.


To‘ldiruvchanlik tamoyili.- tadqiqotning ko‘pgina ob’ektlari (mikrodunyoning elementar zarralarga o‘xshash eng oddiy ob’ektlaridan tortib to inson va jamiyat singari murakkab ob’ektlargacha) har xil, hatto qarama-qarshi bilimlar (nazariyalar, konsepsiyalar, yondashuvlar)ni birlashtirish asosida nisbatan to‘la tavsiflanadi.


Umumlashtirish–predmetning umumiy xossa va belgilarini aniqlash jarayoni bo‘lib, mavhumlashtirish bilan chambarchas bog‘liq. Bunda har qanday umumiy (abstrakt-umumiy) yoki muhim (muayyan umumiy, qonun) belgilar ajratilishi mumkin.


Falsifikatsiya tamoyili–mazkur tamoyilga binoan, faqat inkor etish orqali tekshirib ko‘rish imkoniyati mavjud bo‘lgan bilimgina ilmiy bilim bo‘lishi mumkin.


Fan ijtimoiy-madaniy hodisa sifatida - insoniyatning dunyo haqida haqiqiy, aniq bilim olish va yaratishga bo‘lgan muayyan ehtiyojiga javob tariqasida yuzaga kelgan va o‘z mavjudlik jarayonida jamiyat hayotining barcha jabhalari rivojlanishiga ancha kuchli ta’sir ko‘rsatadi.


Hissiy bilishning asosiy shakllari – sezish, idrok etish va tasavvur qilish.


SHubha – bu insonning ijodiy izlanishlari oqibatida ilgari egallagan bilimlarini qayta ko‘rishga, qadriyatlarni qayta baholashga undaydigan emotsional holatdir


Eksperiment–o‘rganilayotgan jarayonga faol va izchil aralashish, eksperimentning maqsadlariga muvofiq maxsus yaratilgan hamda nazorat ostiga olingan sharoitlarda tadqiq qilinayotgan ob’ektni tegishli tarzda o‘zgartirish yoki uni aks ettirish.



Yüklə 1,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   143




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə