Toshkent davlat tisodiyot universiteti samarqand filiali iqtisodiyot fakulteti oziq-ovqat va qishloq xo


Forobiyning mulkchilik to‘g‘risidagi qarashlari



Yüklə 370,16 Kb.
səhifə13/102
tarix29.09.2023
ölçüsü370,16 Kb.
#124717
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   102
Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim-fayllar.org

Forobiyning mulkchilik to‘g‘risidagi qarashlari. Abu Nasr Forobiy mulkchilik haqida fikr yuritib, mulkka egalik qilish, undan maqsadga muvofiq foydalanish, o‘ziga to‘q yashash to‘g‘risidagi ilg‘or fikrlami ilgari suradi. U odamlarga, avlodlarga zarar keltirmaydigan mol-mulk orttirish foydali ish ekanligi, boshqalar uchun zarar keltiradigan boylik to‘plash, mol-mulk orttirish esa yomon odat ekanligini aytib o‘tadi.
Forobiy kishilami mulkiy qonunlar asosida tarbiyalash masalasiga alohida e’tibor beradi. Uningcha ma’rifatli, qonun asosida ish yuritadigan, huquqiy madaniyatli kishilar jamiyat taraqqiyotida muhim rol o‘ynaydilar va aksincha, “...shahar aholisi ma'rifatsiz, tajribasiz odamlar va bolalardan iborat bo‘lsa, u holda ular qonun o'rnatgan tartib va boshqaruv usulini qabul qilmaydilar”. Ko‘rinib turibdiki, qonun-qoidalar asosida ish yuritishga alohida e’tibor qaratilgan. Huquqiy tarbiya, madaniyat mulkni to‘g‘ri tasarmf etish, undan unumli foydalanish va mulkni ko‘paytirishga undaydi. Forobiyning ta'kidlashicha “Mulk orttirishda unchalik xavf yo‘q... Mulkni ehtiyot qilib saqlab, o ‘z ehtiyoji uchun ishlatsa, buyomon hisoblanmaydi’’.
Forobiyning mulkchilik to‘g‘risidagi iqtisodiy fikrlarining to‘g‘ri ekanligini hayotning o‘zi ko‘rsatib berdi. Mamlakatimizda mulkdorlar sinfining shakllanib, ulaming soni ko‘payib, iqtisodiyotni rivojlantirishda roli ortib borayotgan hozirgi davrda Forobiyning mulk va unga egalik qilish haqidagi g‘oyalari yana ham faollashib bormoqda.
Forobiyning taqsimotga bolgan iqtisodiy qarashlarL Taqsimot Forobiyning iqtisodiy qarashlarida o‘ziga xos usulda talqin etiladi. Uningcha jamiyat va kishilar qoTidagi mol-mulkini, noz-ne’matlami to‘g‘ri taqsimlash davlat miqyosidagi asosiy muammolardan biri hisoblanadi. Taqsimot maqsadga muvofiq amalga oshirilmas ekan, ko‘pchilik kishilar bachkanalashib ketadi, odamlar faqir ahvolga tushib qoladi.
Shu narsa ayonki, mavjud narsalar taqsimlanadi. Shu bois maqsadga muvofiq taqsimotni amalga oshirish maqsadida Forobiy mavjud boTgan barcha boyliklami to‘g‘ri hisobga olishni nazarda tutadi. U shunday yozadi: “Awalo yer va joylarning ntiqdori, keyin ulaming egalari va tutgan o ‘rinlari, so'ngra nihoyatda zarur narsalar bo ‘Igan oziq-ovqatlar, ekiladigan yerlar, saroy va shaxsiy uylar miqdori hisobga oiinishi zarur”. Forobiy Platonning: “Taqsimot juda qiyin ish, lekin juda zarur ishdir”, - degan fikrini alohida ko‘rsatib o‘tadi. Biz bundan Forobiy taqsimot muammosining qiyinligini, uni to‘g‘ri hal etish jamiyat hayotida muhim ahamiyatga ega ekanligini yaxshi tushunganligini ko‘ramiz.
Abu Rayhon Beruniy Muhammad ibn Ahmad - XI asming qomusiy olimi, Beruniy juda yoshligidan ilm va fanga qiziqadi. U sevgan fanlar - astronomiya, matematika, geodeziya, geografiya va mineralogiya bo‘lgan.
Beruniyning matematikaga va fanning boshqa sohalariga qo'shgan hissasini yozib qoldirgan 100 dan ortiq asarlaridan ham ko‘rish mumkin. Ulardan eng yiriklari “Hindiston”, “Qadimiy xalqlardan qolgan yodgorliklar”, “Qonuni Mas’udiy”, “Geodeziya”, “Mineralogiya” va “Astronomiya”. Qolganlarini quyidagicha taqsimlash mumkin: matematikaga doirlari -22 ta; astronomik asboblar haqida -10 ta; astrologiklari -21 ta; turli fanlar (fizika, mineralogiya, adabiyot, tarix va boshqalar) -38 ta; turli tillardan taijima asarlar -21 ta. Beruniyning bu asarlaridan atigi 30 ga yaqini bizning kunlargacha yetib kelgan.

Yüklə 370,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə