Toshkent Davlat Transport Unversiteti Qurilish muhandisligi fakulteti


Transport inshootlari maxsus ko’rigining vazifalari



Yüklə 23,88 Kb.
səhifə4/4
tarix30.12.2023
ölçüsü23,88 Kb.
#166749
1   2   3   4
Presentation1

Transport inshootlari maxsus ko’rigining vazifalari. Maxsus ko’rik –
ko’prikning haqiqiy yuk ko’taruvchanligini va uning ekspluatatsion ishonchliligi
(rad etmaslik, uzoqqa chidamlilik, ta’mirga yaroqlilik, saqlanganlik) ni aniqlash.
Maxsus ko’rik quyidagilarni o’z ichiga oladi: tekshirish (vizual ko’rik, nazorat-
instrumental o’lchash, defektoskopiya usullari bilan qurilish materialining xossalarini aniqlash) va sinov (statik va dinamik) o’tkazish. Ko’rik bo’nday ishlarga OQI (obyekt qurilish ishlari) ruxsatiga ega bo’lgan ixtisoslashtirilgan tashkilot tomonidan o’tkaziladi. Maxsus ko’rikni o’tkazish muddatlari: rejali – qurilish materiali turiga bog’liq holda,
rejadan tashqari – ta’mir va rekonstruksiyadan keyin, MOYu (me’yordan ortiq yuk) larni o’tkazishdan oldin va keyin hamda joriy va davriy ko’riklar natijalari bo’yicha. Maxsus ko’rik natijalari akt va texnik hisobot ko’rinishida rasmiylashtiriladi.Ko’priklarda foydalaniladigan moslamalarning tavsiflari. Ko’priklarda joylashgan qulaylik va xavfsizlikni ta’minlashda foydalaniladigan texnika
vositalari, uskunalar va moslamalar foydalanish moslamalari deb ataladi. Ularga kuzatish moslamalari, yong’in xavfsizligi vositalari, ko’prik elementlaridagi har xil
yuklarni qaytaruvchi jihozlar, xizmat ko’rsatuvchi xodimlarning havfsizligini
ta’minlovchi moslamalar, kommunikatsiya tizimlari va b. kiradi.
Xavfsiz ko’rik va ta’mirlash uchun qurilgan ko’prik kuzatish moslamalari inshootning barcha qismlariga yetib borish imkoniga ega bo’lishi lozim. Shuning uchun harakatdagi
oraliq qurilmalarning pastki qismidan ularga yetish imkonini yaratish maqsadida
belbog’largacha zina quriladi. 5m dan yuqori bo’lgan tayanchlarda, tayanch bo’limlari va ferma osti maydonlarini ta’mirlash va ko’rikni amalga oshirish uchun ferma atrofi va zina atrofiga ko’prik qatnov qismidan tushishi uchun zina o’rnatiladi . Pastki harakatlanadigan oraliq qurilmalar qatnov qismini ko’rikdan o’tkazish uchun ko’tarma platformalar, harakatlanadigan aravachalar, havoza, tepaga harakatlanadigan oraliq konstruksiyalarda esa odatda tashqi tomondan asosiy to’sin orasida ko’rik o’tkazish supalarini qurish nazarda tutiladi. Po’latdan yasaladigan pastga harakatlanadigan ko’tarmalari 80 metrdan ortiq bo’lgan oraliq qurilmalarda ustki gorizontal belbog’lar bo’yicha harakatlanuvchi arava o’rnatiladi. Yerdan 5m balandlikgacha bo’lgan ko’prik qismlar, harakatlanuvchi minora, narvon va b. jihozlanadi. Arka shaklidagi ko’priklarda ko’rik va ta’mirlash ishlarini amalga oshirish maqsadida uning konstruksiyasidan (otish supalar, narvon, maydon) kelib chiqib, maxsus ko’rik moslamalar o’rnatiladi.
Ular bo’lmagan taqdirda osma lyuk,havoza va jihozlar o’rnatiladi. Odatda, yog’och ko’priklarda ko’rik va ta’mirlash ishlari tayanchda joylashgan narvon va maydonchalari yordamida amalga oshiriladi. Katta hajmdagi va mas’uliyatli ko’priklarda, tajribali konstruksiya, shuningdek inshootda sezilarli nosozlik mavjud bo’lgan taqdirda, ko’rik ishlari maxsus loyiha asosidagi moslamalarda amalga oshiriladi. Inshootni joriy saqlashda ko’rik jihozlarining holati doimo tekshirib turilishi lozim. Uzunligi 50m dan ortiq bo’lgan ko’priklarda xizmat ko’ rsatuvchi personal xavfsizligini ta’minlash maqsadida har 50m dan so’ng shaxmat shaklidagi supachalar o’rnatiladi. Ko’prik uzunligi 50m dan 100m gacha bo’lsa, o’rtada bitta supa o’rnatiladi. Elektrlashtirilgan yo’llarda joylashgan yo’l va yo’lovchi o’tadigan ko’ priklarda kontakt tarmoqlari qismlarini o’rash maqsadida muhofaza shchitlari o’rnatiladi. Aholi yashaydigan joylardagi uzunligi 30m dan ortiq bo’lgan yo’l o’tkazgichlari, umumiy va yo’lovchi o’tish ko’priklarida elektr yoritish moslamalari o’rnatiladi. Kontakt tarmog’i orasidagi masofa doimiy tokda 5m dan, o’zgaruvchan tokda 10m dan kam bo’lgan ko’prik metall konstruksiyalari, shuningdek temirbeton, beton va tosh konstruksiyalarni tarmoqdan relsga ulovchi elementlari maxsus sim yordamida yerga o’tkazilgan bo’lishi lozim.
Kema qatnovi mavjud ko’priklar, kema qatnovi ishoratlari bilan jihozlanishi lozim. Zarur vaziyatlarda ko’prik kirish joylarida ogohlantirish uqtirgichlari, to’siqlar va b., shuningdek to’xtatib turish va yo’l to’sish elementlari bilan jihozlanadi. Ko’pincha ko’priklarda turli kommunikatsiya tarmoqlari joylashtiriladi. Shu sababli katta va kichik inshootda aloqa va boshqa simlarni o’tkazish moslamalari bo’lishi lozim. Issiqlik va suv tarmoqlarini o’tkazish maxsus asos va yo’l xizmat ruxsati asosida amalga oshiriladi. Ko’priklardan odatda yuqori kuchli elektr o’tkazmalari o’tkazilmaydi. Gaz, neft va kanalizatsiya quvurlarini o’tkazish qat’iyan taqiqlangan. Ko’priklarda havo yo’li orqali o’tadigan elektr o’tkazish tarmoqlari o’tkazilganda, temir oraliq qurilmalar yerga zaminlashtirilgan bo’lishi lozim.
Transport inshootlari rejimli kuzatuvining vazifalari. Rejimli kuzatuv – bu
ko’prik zonasidagi o’zan jarayonlarini nazorat qilish. Rejimli kuzatuv o’z ichiga
oladi: suv sathini o’lchash va daryo o’zani profilini tuzish. Rejimli kuzatuvlarni
ixtisoslashtirilgan tashkilotlar bajaradi.O„rtacha va katta ko’priklarda suv sathi o’lchovlarining o’tkazish davri tayanchlari oldi yuqori tomonida – oyida 4 marta, muz ko’chishi va toshqin vaqtida – har kuni o’tkaziladi. O’lchovlar natijalari sathlar grafigi ko’rinishida rasmiylashtiriladi va ko’prik kitobiga yozib qo’yiladi.
Daryo o’zani profillarini tuzish davriyligi barcha ko’priklarda yilida ikki marta: qishda va baland suv (toshqin) o’tgandan keyin. Kamida uchta stvor (kuzatish nuqtasidan o’tgan to’g’ri chiziq) da suv chuqurligini o’lchab, daryo o’zani profili olinadi: past tomondan ko’prik stvorida, oqim bo’yicha 25m masofada yuqori va pastda. O’lchovlar har bir stvorda 2-10m da belgilanadi. Natijalar o’zan o’lchovlari grafigi ko’rinishida rasmiylashtiriladi va ko’prik kitobiga yozib qo’yiladi. Ko’prik osti o’zani va ko’tarmasini saqlash. Koprik osti o’zanini saqlash suv oqimi, qor uyumlari, katta suv harakati, ko’prik osti xavfli nuqsonlarini bartaraf etishni o’z ichiga oladi. Ko’prik osti o’zanida kamchiliklar odatda sel va qor uyumlari oqimi davrida yuzaga keladi. Mazkur kamchiliklardan ogohlantirish va
uni bartaraf etish uchun, davomli ravishda o’zan deformatsiyasi hamda suv va qor oqimi tartibi ko’zatiladi. Uzunligi 100m dan ortiq va uzunligi kichik ko’prikda tayanch holati, daryo o’zani yoki sel xarakteri talab qilinsa, oqim yo’nalishi, o’zan holati, muz holati, suv miqdorining o’zgarishi bo’yicha kuzatuv olib borish lozim. O’rta, kichik ko’prik va quvurlarda suv sathining yuqori va pastki nuqtasini, suv omborlaridagi ko’priklarda esa to’lqin balandligi, bo’ron vaqtidagi shamol tezligi va yo’nalishini aniqlash lozim. Suv sathining toshqin yoki toshqin bo’lmagan davrda o’zgarishini ko’zatish suv o’lchash reykasi asosida tayanch bo’ylab yoki tayanchga o’chmaydigan qilib bo’yalgan shkala asosida o’tkaziladi.
Qoidaga muvofiq suv o’lchagich reykasining nol birligi poydevor eng pastki nuqtasiga,
otmetkasi esa reperga bog’lanadi. Katta daryolarda maxsus suv o’lchash postlari tashkil qilinadi. Toshqin eng baland sathi o’lchangan kunini ko’rsatgan holda ko’priklarda – tayanchga, quvurlarda – kirish joyiga yoziladi. Toshqin davrida o’zanni suv yuvib ketish sababi va tavsifini bilish maqsadida oqim tezligi yo’nalishi va suv chuqurligini davomi o’rganiladi. Bu ishlar qish vaqtida suv ko’tarilgungacha va bahorda katta suvlar oqimi pasayganidan so’ng, shuningdek yozgi katta suv toshqinlaridan so’ng amalga oshiriladi. O’zan chuqurligi odatda 3 ta stvor bo’yicha aniqlanadi: ko’prik osti o’qi, 25m gacha
bo’lgan masofa va ko’prik ostidan. O’lchash ishlari o’zanni tez-tez yuvib ketsa, ko’p sonli stvorlar bo’yicha, mustahkam o’zan esa faqat ko’prik osti o’zani bo’ylab o’lchanadi. O’lchash oralari shunday olinadiki, u daryo sathi konfiguratsiyasini aniq ko’rsatishi lozim. O’zanni yuvib ketish tavsifini o’rganish maqsadida tayanchda qo’shimcha o’lchash ishlari bajariladi. O’lchash ishlari har bir nuqtada ikki marotaba o’tkazilib, hisob uchun o’rtachasi olinadi. Olingan ma’lumotlar asosida suv sathi, tayanch poydevori va konstruksiya tubini ko’rsatadigan oldingi o’lchash natijalari bo’yicha grafik chizish taklif etiladi. O’zanni yuvilib ketish sababi, keyinchalik rivojlanishini inobatga olib, bir necha yilga umumlashtiruvchi grafik tuziladi.
Moslovchi inshoot, yo’l o’tgazgich va quvurlardagi nuqsonlar asosan katta suv
va qor ko’chkilari davrida vujudga kelganligi, ularda ma’lum bir himoya tavsifiga
ega bo’lgan ish va tadbirlarni amalga oshirishni talab etadi. Shu sababli kichik va
o’rta ko’priklarda toshqingacha ko’tarma, moslashtirish inshootlari konuslari
tekshiruvdan o’tkazilgan bo’lishi, ta’mirlanishi va mustahkamlanishi lozim. Kichik
ko’prik va quvurlar katta suvga juda ham chidamli bo’lganligi sababli ularni aynan
ko’rsatib o’tilgan davrga tayyorlash lozim. Qish va kuzda quyidagi ishlarni o’z
vaqtida amalga oshirish lozim: a) quvur teshiklarini qish paytida qor to’lib qolishidan saqlash maqsadida berkitish; b) bahorgi qorgacha kichik ko’prik va quvur teshiklarini qor, muzdan tozalash, ostki va ustki tomonga qarab 20m dan kam bo’lmagan zovur qazish; v) ko’prik ustki va ostki tomoniga qarab 30m dan kam bo’lmagan uzunlikdagi o’zan atrofini tosh, chiqindi va shu kabi narsalardan tozalash, shuningdek tekshirish, kerak bo’lsa, ko’tarma konus va o’zan mustahkamligini ta’mirlash lozim; g) quvur oldida suv o’zani ko’tarilish davrida o’t-o’lan, chiqindi to’planib qolishini oldini olish maqsadida to’siq o’rnatish; d) quvurlarda chiqindi to’planib yuvilib ketadigan joylar mustahkamligini oshirish (tozalash, o’zanni rejalashtirish va h. k.).
Katta suv toshqinlari davrida yuvib ketish xavfi bo’lgan ko’prikdagi ko’tarmalar, moslovchi inshootlar, konuslar, tayanchlar himoya qilish maqsadida kerakli (tuproq, tosh, qoplangan qum va h. k.) materiallarni tayyorlash lozim. Katta suv toshqinlaridan so’ng ko’prikning barcha elementlarini, ayniqsa tayanch, ko’tarma konuslari moslama inshootlari va koprikga chiqish joylarini tekshirish lozim. Bu kabi poyezdlar harakati xavfsizligiga xavf soluvchi elementlarning nosozligi qisqa muddatda tuzatilishi, qolgan boshqa element nosozliklari esa keyingi toshqinlar bo’lgungacha bartaraf etilishi lozim. Suv toshqinlari quyidagi nosozliklarni keltirib chiqaradi: a) ko’prik va quvur tuynugining katta bo’lmaganligi sababli ko’tarmalarni yuvib ketishi; b) ko’p hollarda
bog’lanmalarning qoniqarsizligi oqibatida kelib chiqadigan, ostki va ustki ko’tarma konuslarini yuvib ketishi; v) chiqindi to’planishi (ayniqsa kichik ko’prik va quvurlarda) suv omboridan ko’prikdan oshadigan suv berilishi, suv hajmining oshib ketishida yuzaga keladigan suv o’tkazish tizimining buzilishi natijasida o’zanni yuvilib ketishi; g) ko’prik tuynigi kichikligi, oqim buramaliligi, ko’prik yaqinida suv tezligining o’zgarishi natijasida tayanchni yuvib ketishi; d) o’zanning surilishi.
Ko’prikning o’tish elementlarida ko’rsatib o’tilgan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida har bir vaziyat bo’yicha tegishli tadbir ishlab chiqiladi.
Ma’lum bir mas’uliyatli holatlarda loyihani tekshirish ishlari amalga oshiriladi.
Ko’prikning konusi, moslama inshooti va ko’tarma yonbag’rining yuvilib ketishi ko’p hollarda uchraydigan xodisa hisoblanadi. Yonbag’irlar turli usullarda mustahkamlanadi; jumladan: chim o’tkazish (1-rasm), toshlardan tax urish (2-rasm), oddiy va to’qima shaklda shox-shibba, beton va temirbeton plitalarni terish. Yonbag’irni mustahkamlashda chimlar yonbag’ir ostidan boshlab gorizontal yo’nalish bo’yicha butun yonbag’irga yotqiziladi, devor qismida esa yamoq joylar ustidan chim yotqizish kerak. Chimning qalinligi 6 sm dan, uzunligi 20 sm dan kam bo’lmasligi kerak. Chim yotqizilganda uning tez rivojlanishi uchun, ostiga 5 sm qalinlikda o’stirish qatlami yotqiziladi. Har bir chim yog’och qoziq bilan yerga mahkamlanadi. Yakka yoki juft tax urishda suv tezligi va balandligini inobatga olib 15...30 sm li toshlar bilan mahkamlanadi. Toshlar, mox qatlami ustiga 5sm qalinlikdagi poxol yoki 10...15 sm qalinlikdagi trambovka qilingan va sheben
yotqizilgan qatlam ustiga yotqiziladi. Toshlarni yonbag’ir pastiga tushib ketmasligi
uchun mahkamlashdan oldin tirgovich qo„yiladi. Daryo sathi o’zanni yuvib ketishi
tayanchga xavf to’g’dirganda, tayanch atrofi shox-shabba, tosh (3, a,b-rasm) va
boshqa narsalar bilan o’raladi .
1-rasm. Yonbag„irni chim bilan mustahkalash: a - yon qismi; b – devorda
2-rasm. Yonbag„irni tosh bilan mustahkamlash: a - yakka holda; b - juft holda
b)
3-rasm. a - tayanch atrofini tosh bilan mustahkamlash (tayanch poydevor chetidan ko„prikning ko„ndalang qirg„og„igacha masofa 4a/3, a - bo„yi); b - o„zanni tosh bostirilgan shox-shabba bilan mustahkamlash
Yüklə 23,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə