Toshkent Davlat Transport Unversiteti Qurilish muhandisligi fakulteti


Transport inshootlarining davriy ko‘rigi



Yüklə 23,88 Kb.
səhifə3/4
tarix30.12.2023
ölçüsü23,88 Kb.
#166749
1   2   3   4
Presentation1

Transport inshootlarining davriy ko‘rigi. Vazifasi xuddi joriy nazoratdagi
kabi, ammo bosh muhandis yoki boshliq tomonidan o‘tkaziladi. O‘tkazish muddati
– bahor va kuzda, hamda ko‘prikda avariyali vaziyatda, yirik ta‘mirlar tugagan
yoki rekonstruksiyadan so‘ng.
Joriy va davriy ko‘riklar vaqtida oshkor qilingan barcha nuqsonlar, nuqsonlarni
bartaraf etish bo‘yicha me’yordan tashqari ishlarni o‘tkazish rejasiga kiritish uchun
asos bo‘lib xizmat qiladigan ko‘prik kitobiga kiritilishi lozim. Davriy ko‘rik – bir
yilda ikki marta temir yo‘l masofasi boshlig‘i yoki uning o‘rinbosari rahbarligida
ko‘prik, katta yo‘l ustasi va yo„l ustasi ishtirokida kuz va bahorda katta suv
ko‘tarilishlaridan so‘ng amalga oshiriladi. Davriy ko‘rik muddati boshqarma
boshlig‘i tomonidan belgilanadi. Ba‘zi hollarda davriy ko‘rik yo‘l bo‘limi yoki
boshqarma vakillari ishtirokida amalga oshiriladi. Davriy ko‘rik jarayonida sun‘iy
inshootning umumiy holati, ta‘minot sifati, nosozliklar va ularning kelib chiqish
sabablari aniqlanadi. Davriy ko‘rik natijalari sun‘iy inshoot kitobiga qayd qilinadi.
Jiddiy nosozlik mavjud bo‘lgan holda tegishli hisobot tuziladi va yo‘l xizmatiga
yuboriladi
Kuchsiz va nosoz inshootlar, shuningdek tajriba o’tkazilayotgan konstruksiyalar ko’proq maxsus reja va dastur asosida ko’rikdan o’tkaziladi. Maxsus nazorat tartibi katta va mas’uliyatli inshootlarda ularning holatidan va konstruksiyaning o’ziga xos xususiyatidan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
Joriy ta’mir ishlari yil davomida zaruriyatga qarab kamchilikdan ogohlantirish
va nuqsonlar paydo bo’lishining boshlanish davrida bartaraf etish maqsadida olib
boriladi. Sun’iy inshootlarni joriy saqlash kompleks sifatida quyidagilarni o’z
ichiga oladi: inshoot atrofidagi yo’l va yo’l atrofini, shuningdek ko’prik
ko’tarmalari m’yorlari muvofiqligini ta’minlash; ko’prik ko’tarmalari, konstruksiya qo’tarmalari va tayanch tozaligini saqlash; ko’prik osti suv yo’llarini qor, suv o’tlaridan, chiqindilardan tozalash; ko’prikning suv yo’llari moslamalari va tartibga solib turish inshootlarini soz saqlab turish; qish mavsumiga tayyorgarlik ko’rish; suv osti o’zani holatini kuzatish. Mazkur ishlarning bajarilishi yo’l ustasi, bajarilishi nazorati ko„prik ustasi tomonidan amalga oshiriladi.
Inshootni joriy saqlash vazifasidan kelib chiqib, kam xarajatli material va ish hajmi kam bo’lgan turlicha ishlarni amalga oshirishga to’g’ri keladi. Masalan: ko’prik ko’tarmalarining shikastlangan elementlarini birlamchi almashtirish; metall konstruksiyalarni ma’lum bir qismini bo’yash; birlamchi kuchsiz bolt va parchin mixlarni almashtirish; metallarda paydo bo’lgan yoriqlar kattalashishining oldini olish; tosh va temirbeton tayanch va oraliq qurilmalarni ta’mirlash (yamoq va yoriqlarni yamash, himoya qatlamini mustahkamligini oshirish, bo’shab ketgan boltlarni qotirish va b.). Mazkur ishlarni bajarilishiga, shuningdek instrumental tasvirlov qilish va o’zanni o’lchash ishlariga ko’prik ustasi javobgar. Yo’l uchastkasining barcha inshootlarida joriy ta’minot ishlari, brigada kompleksi asosida amalga oshirilishi maqsadga muvofiq. Doimiy ravishda sun’iy inshootlar holatini nazorat qilish va hisobotini olib borish maqsadida, inshoot haqidagi asosiy ma’lumotlar, ko’rik, ta’mirlash, kuzatuv to’g’risidagi ma’lumotlar qayd qilib boriladigan maxsus kartochka va kitoblar joriy etiladi. Kartochka va kitoblarni belgilangan shaklda to’ldirish ko’prik ustasi tomonidan amalga oshiriladi. Bundan tashqari, temir yo’l masofasi yoki xizmatida inshoot tarhi, loyiha materiallari va ijro hujjatlari, tekshirish va tajriba hisobotlari, davriy ko’rik, o’zanning o’lchangan natijalari va b. Texnik materiallari aks etgan alohida ish kitobi yuritiladi.

Yüklə 23,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə