Toshkent Davlat Transport Unversiteti Qurilish muhandisligi fakulteti


Transport inshootlarining davomli nazorati –



Yüklə 23,88 Kb.
səhifə2/4
tarix30.12.2023
ölçüsü23,88 Kb.
#166749
1   2   3   4
Presentation1

Transport inshootlarining davomli nazorati – yo‘l va sun’iy inshoot
nazoratchilari, temir yo‘l brigadiri yoki montyori tomonidan amalga oshiriladi.
Ko‘rik davomida yo‘l holati, suv shoxobchalari va inshootning yong‘inxavfsizligiga alohida e‘tibor berish lozim. Bundan tashqari, inshootni tozalash yo‘l
va ko‘prik ustasining har bir ko‘rsatmasiga asosan birlamchi qarov asosida amalga
oshiriladi.
Transport inshootlarining doimiy nazorati – bu sodir bo‘ladigan nuqson va
shikastlanishlarni o‘z vaqtida oshkor qilish, o‘tkazish muddati 10 kunda bir marta.
Inshootning doimiy nazorati usta (master) tomonidan tashqi (vizual) ko‘rik orqali
bajariladi.
Transport inshootlarining joriy ko‘rigi – bu inshoot elementlari va uning
barcha ko’rinadigan qismlarining umumiy holatini aniqlash, ulardagi nuqsonlarni
oshkor qilish va ularni bartaraf etish, hamda muz ko’chishi va toshqinni o’tkazish
va yong’inga qarshi chora-tarbirlarni tashkillashtirish choralarini ko’rish. Joriy
nazorat inshootni zaruriy nazorat-instrumental o’lchashlar bilan vizual ko’rigini
o’z ichiga oladi. Bahorda inshootni muz ko’chishi va toshqin o’ganidan so’ng
ko’rikdan o’tkazadi, kuzda esa – batamom muzlashdan oldin. Joriy ko’rik – yo’l
brigadiri, yo’l va ko’prik ustalari tomonidan, yo’lni joriy ta’mirlash yo’riqnomasi
asosida belgilangan vaqtda yo’l masofasi boshlig’i bilan birgalikda, har bir inshoot
holatidan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi. Metall, temirbeton, beton va toshli
ko’prik va mo’rilar ikki oyda bir, yog’och ko’prik va tonnellar kamida bir oyda bir
marta ko’rikdan o’tkazilishi lozim. Joriy ko’rik asosida inshoot barcha element va
bo’limlarining umumiy holati davomli nazoratga olinadi. Joriy ko’rik asosida
inshootdagi nuqsonlar va ish hajmi aniqlanadi. Joriy ko’rik natijalari yo’l brigadiri
va ustasi tomonidan – yo’l va ko’rsatma o’tkazgichlarini, yo’l va ko’prik katta
ustasi tomonidan sun’iy inshootni tekshirish kitobiga yozib qo’yiladi

Yüklə 23,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə