Toshkent davlat yuridik universiteti jinoyat huquqi kafedrasi voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining oldini olish


ilk profilaktika, bevosita profilaktika



Yüklə 0,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/35
tarix21.10.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#129734
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   35
JINOYAT SODIR ETISHGA MOYIL

ilk profilaktika, bevosita profilaktika 
(yoki so`zning o`z ma`nosidagi 
profilaktika) va 
restidiv jinoyatlar profilaktikasi 
umumiy e`tirof etilgan.
1
Ilk profilaktika 
tarbiyaviy ahamiyatga egadir. U rayriijtimoiy, 
rayrihuquqiy xulq-atvorni dastlabki bosqichdayoq ogohlantirishni nazar da 
tutadi. Bunda profilaktika tadbirlarini amalga oshirishni boshlashga muayyan 
rayriijtimoiy qilmish yoki xulq-atvor, chunonchi: manmanlik, qupollik, 
yolronchilik va boshqa salbiy harakatlar yoxud shaxsga boshqa odamlar salbiy 
ta`sir ko`rsatayotganligining aniqlanganligi signal bo`lishi mumkin. 
Bevosita profilaktika 
jinoyatni keltirib chiqarishi mumkin bo`lgan 
sabablar va shart-sharoitni aniqlash va bartaraf etishdan iborat. 
Restidiv 
profilaktika qilish 
takroran jinoyat sodir etishga imkoniyat yaratuvchi shart-
sharoit va sabablarni aniqlash va bartaraf etishni nazar da tutadi. Jinoyatlarni 
vaqt belgisiga ko`ra profilaktika qilishning uchchala turi ham jinoyatlarning 
muayyan guruhlari va turlarini profilaktika qilishga nisbatan qullanilishi 
mumkin
43

Xozirgi vaqtda adabiyotlarda ham, ijtimoiy subyektlarning amaliy 
faoliyatida ham profilaktikaning ikki turi: 
umumiy 
va 
individual 
profilaktika 
keng tarqalgan
44
.
43
Sattorova M. Voyaga yetmaganlar jinoyatchiligini oldini olish. - T.: TDYI. 2006.B-65
44
Usmonaliyev M., Karaketov Y. Kriminologiya. - T.: Yangi asr avlodi. 2007.B-33


53 
Umumiy profilaktika faoliyati davlat va jamoat tashkilotlarining 
jinoyatchilik sabablarini, jinoyatlarga imkoniyat yaratuvchi shart-sharoitlarni
shuningdek jinoiy natijaga erishishni engillashtiruvchi holatlarni aniqlash, 
o`rganish va bartaraf etish faoliyatini o`z ichiga oladi. 
Umumiy profilaktika chora-tadbirlar tizimiga ijtimoiy hodisa sifatida 
voyaga yetmaganlar o`rtasida jinoyatchilik sabablarini aniqlash, jinoyatchilik 
muayyan turlarining (voyaga yetmaganlarning uta og`ir jinoyat sodir etishlari) 
oldini olish, voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining sabablari va ularga 
imkoniyat yaratuvchi shart-sharoitlarni aniqlash va bartaraf etish chora- 
tadbirlarini kiritish mumkin. 
Shunday qilib, umumiy profilaktika chora-tadbirlariga ijtimoiy-
iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy, mafko`raviy, tashkiliy, huquqiy, texnikaviy va 
boshqa chora-tadbirlar kiradi. 
Jinoyatlar individual profilaktikasining maqsadi jinoyatlarning muayyan 
sabablarini bartaraf etish, odamlarda jinoyatlar sodir etilishiga olib kelishi 
mumkin bo`lgan g`ayriijtimoiy boqimandalik kayfiyatlari va qarashlariga 
barham berishdan iborat. 
Individual profilaktika faoliyati o`zaro bog`langan bir necha bosqichdan 
tashkil topadi: 
1.
xulq-atvori, kayfiyati va qarashlari ular jinoyat sodir etishi 
mumkinligidan dalolat beruvchi voyaga yetmaganlarni aniqlash; 
2.
voyaga yetmaganlarga salbiy ta`sir ko`rsatuvchi manbalarni 
o`rganish; 
3.
voyaga yetmaganlarni jinoyat sodir eta olmasligi uchun mumkin 
qadar ijobiy muhitni vujudga keltirish; 
4.
salbiy ta`sir manbalarini bartaraf etish; 
5.
jinoyat sodir etishga moyil voyaga yetmaganlarga tarbiyaviy ta`sir 
ko`rsatish (zarur xolda-majburiy tarzda); 
6.
mazkur voyaga yetmaganlarning xulq-atvori va turmush tarzini 
nazorat qilish; 


54 
7.
olib borilayotgan ish natijalarini vaqti-vaqti bilan tekshirib turish
45

Jinoyatlar profilaktikasi-nafaqat qonunchilik tizimi, balki hamma joyda 
barcha odamlar tomonidan huquqiy qoidalarga amal qilish, qonuniylikka qat`iy 
rioya etish demakdir. Shuning uchun ham profilaktika faoliyatini yaxshi yo`lga 
quyish jinoyatchilikka qarshi kurashning eng muhim, eng samarali va istiqbolli 
yo`nalishidir.
1
Shu o`rinda ta`kidlash joizki, bugungi kunda voyaga yetmaganlar 
o`rtasida profilaktika ishlarini olib borishda noan`anaviy ulullardan 
foydalanish etakchi o`rinni egallaydi. Noan`anaviy uluslar orqali voyaga 
yetmaganlar ruhiyatiga ta`sir ko`rsatish oson bo`lib, buning uchun yoshlarning 
qiziqishlariga mos ravishda harakat qilish zarur bo`ladi. Xususan, yoshlar 
qiziqadigan musiqa, klip, kino va multiplikastion filmlar imkoniyatidan 
foydalanish effektiv omillar dan biridir. Buning uchun keng ommaga 
tarqatilayotgan musiqa, klip, kino va multiplikastion filmlarda vatanparvarlik, 
halollik va shunga o`xshash jamiyat tan olgan royalarni doimiy singdirib borish 
zarur. Masalan, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida 
“Sardor” hamda “Serjantlar” kabi ko`p seriyali badiiy filmlarning ishlab 
chiqilishi natijasida yoshlar o`rtasida vatanni mudofaa qilish, ya`ni harbiy 
xizmatni utashga bo`lgan qiziqishini ortishiga olib keldi. O`ylaymizki, shunga 
o`xshash yoshlarning psixologiyasiga tez va kuchli ta`sir o`tkazadigan davlat 
manfaatlariga xizmat qiladigan badiiy va multiplikastion filmlarning ishlab 
chiqilishi yoshlar muhitida jinoyatchilikni keskin kamayishiga olib keladi. 
Bundan tashqari, voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining profilaktikasini 
tashkil etishda nodavlat yoshlar tashkilotlarining faoliyatidan samarali 
foydalanish 
mumkin. 
Nodavlat 
tashkilotlar 
voyaga 
yetmaganlar 
jinoyatchiligiga 
qarshi 
profilaktika 
ishlarida 
davlat 
faoliyatiga 
kumaklashuvchi, ya`ni yordamchi subyekt sifatida baxolash tugri bo`ladi. 
Chunki, ularning faoliyati bevosita davlat va jamiyat hayotida vazifa yoki 
funkstiya darajasida qat`iy urnatilgan bo`lmasada, lekin o`zlarining 
45
Usmonaliyev M., Karaketov Y. Kriminologiya. - T.: Yangi asr avlodi. 2007.B-35


55 
maqsadlaridan kelib chiqqan xodda jamiyat barqarorligida ijobiy ishlarni 
amalga oshiradi. 
Bugungi kunda mamlakatimizda faoliyat ko`rsatayotgan nodavlat 
yoshlar tashkilotlarini tuzilishiga qarab, shartli ravishda 3 guruhga ajratish 
mumkin:
1
Birinchidan, yoshlar harakatlari va guruhlariga mos bo`lgan ijtimoiy 
ahamiyatga molik yirik tashkilotlar. Bunday guruh vakillarining asosiy maqsad 
va vazifalari bo`lishi bilan birga faoliyatlarini keng kulamda tashkil etgan 
xolda, yoshlarning barcha muammolarini qamrab olishga intiladilar. “Yoshlar 
Ittifoqi” respublika va hududiy kengashlari, “Sog`lom avlod uchun”, “Yoshlar 
muammolari” instituti, “Umid”, “Ulugbek” va “Bolalar” jamg`armalari shular 
jumlasiga kiradi. 
Ikkinchidan, yoshlarning alohida olingan qiziqishlari va manfaatlariga 
xizmat ko`rsatish ijtimoiy himoya maqsadida tashkil etilgan markazlar
klublar, maslaxatxonalar va boshqalar kiradi. Yosh olimlar assostiastiyasi, 
“Zakovat” yoshlar intelektual klubi, “Bunyodkor” yoshlar teleklubi, iqtisodiy 
ta`lim berishga asoslangan Yoshlar yutuqlari, cheklangan imkoniyatlarga ega 
bolalarni qo`llab-quvvatlash “Umidvorlik”, oila madaniyatini rivojlantirish 
“Barkamollik” markazlari, yoshlar axborot maslaxatxonalari va boshqalar 
kiradi. 
Uchinchidan, siyosiy partiyalar tarkibida yoshlarni o`z saflariga ko`proq 
jalb qilish, mustahkam, saloxiyatli va ishonchli zaxirani shakllantirish 
maqsadida paydo bo`layotgan yoshlar qanotlari (Fidokorlar milliy demokratik 
Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə