Toshkent davlat yuridik universiteti jinoyat huquqi kafedrasi voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining oldini olish



Yüklə 0,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/35
tarix21.10.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#129734
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   35
JINOYAT SODIR ETISHGA MOYIL

Sud organlari – 
odil sudlovni amalga oshirish jarayonida voyaga 
yetmaganlarga o`ziga xos psixologik ta`sir ko`rsatish yo`li bilan ushbu 
jarayonda ishtirok etadi. 
Jinoyatchilikning oldini olish soxasidagi ishlarni uslubiy axborotlar bilan 
ta`minlaydigan ishlarning taxlili va sud amaliyotiga doir umumlashtirishlar 
voyaga yetmaganlar jinoyatchiligini oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi. 
Sudlarning voyaga yetmaganlar jinoyatchiligini oldini olishdagi asosiy 
faoliyati asosan o`smirlar orasida turli profilaktika (o`quv muassasalari
mahalla) ishlarini tashkil etish yo`li bilan sezilarli ta`sir o`tkazayotganligini 
ko`rish mumkin. Shuningdek, sud organlarining jinoyatchilikni oldini olish 
faoliyatining shakllari xilma-xil bo`lib ularga sayyor majlislar, ishning sudda 
kurilishiga jamoatchilik vakillarini jalb qilish, xususiy ajrimlar chiqarish
hukmlar, qarorlar va ajrimlarning bajarilishini nazorat qilish kiradi
42
.
O`zbekiston 
Respublikasi 
Oliy 
sudining 
voyaga 
yetmaganlar 
jinoyatchiligining ahvoliga oid statistik hisobotda, 2017-yilning 10 oyi 
davomida yurtimizda 22 ming nafar yosh jinoyatga qo`l urgani, akademik 
litsey va kasb-hunar kollejlari o`quvchilari tomonidan 875, maktab 
o`quvchilari tomonidan 310 og`ir va o`ta og`ir jinoyatlar sodir etilgan Sud 
idoralarining qonuniy kuchga kirgan hukmlari bo`yicha hayotga qarshi 
jinoyatlar 37 ta, nomusga tegish 15 ta, bosqinchilik 99 ta, talonchilik 194 ta, 
o`g`irlik 742 ta, giyohvandlik bilan bog`liq jinoyatlar 20 ta, bezorilik 126 tani 
tashkil etadi. Shundan, hech qayerda o`qimaydigan va ishlamaydigan voy aga 
yetmaganlar 769 ta, mast holatda 129 ta, jinoyat sodir etgunga qadar ichki 
ishlar idoralarida hisobda turgan voyaga yetmagan 2006-yilda 316 ta, 2007-
yilda 308 tani tashkil etadi. Shuningdek, 2006-yilda 100 ta, 2007-yilda 78 ta 
41
http//.xabar.uz.: google.com.30.08.2017 
42
Abdurasulova Q., Nizova S. Jinoyatchilik va jinoyatchi shaxsi muammolari. - T.: TDYI. 2006. -B.75. 


50 
jinoyatlar o`smir qizlar tomonidan amalga oshirilgan.
2

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə