ko‘ra, tadqiqotchi uchun jarayon va hodisalami ilmiy tahlil qilishda
birinchi darajali, ahamiyatli va
asosiy omillami ajratib olib, diqqat
m arkazini
shunga qaratish muhim hisoblanadi. Bu harakatlar amalda
tadqiqotchining ongida, fikran va muntazam ravishda sodir bo‘ladi.
Aynan shu jarayon ilmiy abstraksiyalashdir.
Ilmiy abstraksiyalash natijasida hodisa va jarayonlaming eng
umumiy xususiyat va aloqalarini namoyon
etuvchi ilmiy tushuncha
- kategoriyalar ishlab chiqilishi mumkin. Masalan, dunyoda ishlab
chiqarilayotgan millionlab turlicha tovarlaming tashqi xossalaridagi
ko‘plab tafovutlardan
abstraksiyalashgan holda, biz ulami yagona
iqtisodiy kategoriya - tovar tushunchasi orqali ifodalaymiz. Bunda
turli tovarlami birlashtiruvchi eng asosiy jihat -
bu sotish, ayirbosh
lash uchun ishlab chiqarilgan m ahsulot ekanligini qat’iy e ’tirof
etamiz. Biroq, ilmiy abstraksiyalash uchun tadqiqotchi muayyan
hodisa va jarayonning mazmun-mohiyatiga oid bilimlar bilan yetarli
darajada qurollangan bo‘lishi lozim. Aks holda, u asosiy va ikkilam-
chi darajali omillami to‘g ‘ri ajrata olmay, pirovardida noto‘g‘ri xu-
losa chiqarishiga olib keladi.
Ilmiy bilishning muhim usullaridan yana biri -
tahlil va sintez usu-
lidir. Tahlil va sintez deyarli barcha fanlar uchun samarali qo‘llash
mumkin bo‘lgan usullardan biri hisoblansada, uning iqtisodiy fanlar
uchun ahamiyati juda beqiyosdir.
Dostları ilə paylaş: