Toshkent davlatiqtisodiyot universiteti b. Y. Xodiyev, sh sh. Shodmonov


Iqtisodiy kategoriya - barqaror takrorlanib turadigan, iqti­



Yüklə 18,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/623
tarix21.10.2023
ölçüsü18,63 Mb.
#130194
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   623
Iqtisodiy kategoriya - barqaror takrorlanib turadigan, iqti­
sodiy jarayonlar va real hodisalarning ayrim tomonlarini ifoda
etuvchi ilmiy-nazariy tushuncha.
Iqtisodiy kategoriya (ilmiy tushuncha) lar alohida kishilar tomoni­
dan o ‘ylab topilmagan, balki real iqtisodiy hodi salami ifoda etadigan 
ilmiy tushuncha bo‘lib, ilmiy fikrlash tafakkur mahsulidir. Masalan, 
bozor, kapital, ishchi kuchi, iqtisodiy muvozanat, moliya, kredit va 
boshqalar shular jumlasidandir. Iqtisodiy qonunlar bilan iqtisodiy 
kategoriyalaming farqi shundaki, birinchisi iqtisodiyotning turli 
bo‘g‘inlari, sohalari, bo‘laklari orasidagi bog‘liqlikni, ulaming biri 
o ‘zgarsa, albatta, ikkinchisi ham o‘zgarishi mumkinligini ko‘rsatadi. 
Iqtisodiy kategoriya (ilmiy tushuncha) lar esa iqtisodiy hodisalaming
34


bir tomonini, uning mazmunini ifoda etadi. Masalan, narx, talab de­
gan tushunchalar orqali biz eng avvalo bu tushunchalaming iqtisodiy 
mazmunini tushunib olamiz. Talab qonuni orqali esa, talab hajmi bi­
lan narx o ‘rtasidagi aloqadorlikni bilib olamiz.
Umuman olganda, iqtisodiy qonunlar va kategoriyalar bir-birlari 
bilan bog‘liq bo‘lib, ular bir-birini to‘ldiradi. Ular birgalikda iqtisodiy 
taraqqiyot jarayonlarini aks ettiradi.
1.5. Iqtisodiy jarayonlarni ilmiy bilishning usullari
Haqiqiy fanning amalda vujudga kelishi faqatgina tadqiqot pred- 
metining shakllanishi bilan emas, shu bilan birga uning bilish uslu- 
biyatining qaror topishi, takomillashib borishi bilan ham bogiiqdir.
Real iqtisodiy jarayonlarda ilmiy izlanish va tahlillarni amalga 
oshirish, respublikamizning mustaqillik yillarida ijtimoiy-iqtisodiy 
taraqqiyot yo‘lidagi sa’yi-harakatlari va ulaming natijalarini baholash 
uchun ham iqtisodiyot nazariyasining ilmiy tadqiqot usullari va us- 
lubiyatidan xabardor bo‘lish, iqtisodiy tafakkurlash imkoniyatlariga 
ega bo‘lishni taqozo etadi.

Yüklə 18,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   623




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə