taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish jarayonida vujudga kela-
digan iqtisodiy munosabatlami, ijtimoiy xo‘jalikni samarali yuritish
qonun-qoidalarini o‘rganish.
Iqtisodiy qonun
- iqtisodiy
hayotning turli tomonlari, iqtisodiy
hodisa va jarayonlar o ‘rtasidagi barqaror takrorlanib turadigan muhim
ichki sabab-oqibat aloqalari, ulaming o‘zaro bog‘liqligi.
Iqtisodiy kategoriya
-
barqaror takrorlanib turadigan, iqtisodiy
jarayonlar va real hodisalaming ayrim tomonlarini ifoda etuvchi il-
miy-nazariy tushuncha.
Uslubiyat
- ilmiy
bilishning tamoyillari tizimi, yo‘llari, qonun-
qoidalari va aniq hadislari.
Ilmiy abstraksiya usuli
- tahlil paytida
xalal berishi mumkin
bo‘lgan ikkinchi darajali narsalar, voqea-hodisalami fikrdan chet-
lashtirib, o‘rganilayotgan jarayonning asl mohiyatiga e’tibomi qaratish.
Takrorlash uchun savollar va topshiriqlar
1. Iqtisodiyot tushunchasi va uning bosh masalasi nima?
2. Ehtiyoj nima? Uning qanday turlarini bilasiz?
3. Iqtisodiy resurs tushunchasiga va uning turlariga ta’rif bering.
4. Nima uchun hayotiy vositalami ishlab chiqarish va yetkazib be-
rish insonning turli xil faoliyatlari ichida eng asosiysi hisoblanadi?
5. Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti nimadan iborat? U
boshqa iqtisodiy fanlar ichida qanday o‘rin tutadi?
6. Iqtisodiyot nazariyasi fan sifatida
shakllanishida qanday ilmiy
maktab va yo‘nalishlar vujudga kelgan?
7. Iqtisodiyot nazariyasining qanday vazifalari mavjud? Bu vazi-
falaming bugungi kundagi ahamiyati nimalarda namoyon bo‘ladi?
8. Iqtisodiy qonunlar nima va ulaming qanday turlari mavjud?
Iqtisodiy qonunlaming iqtisodiy kategoriyalardan farqi nimada namo
yon bo‘ladi?
9. Iqtisodiyot nazariyasini o‘rganishda qanday usullardan foy-
dalaniladi?
10. Makroiqtisodiy tahlil bilan mikroiqtisodiy tahlil o ‘rtasidagi
farq nimadan iborat?
Dostları ilə paylaş: