Asosiy tayanch tushunchalar
Iqtisodiy faoliyat
- cheklangan iqtisodiy resurslardan unumli
foydalanib, kishilaming yashashi, kamol topishi uchun zarur bo‘lgan
hayotiy vositalami ishlab chiqarish va iste’molchilarga yetkazib be-
rishga
qaratilgan, bir-biri bilan bog‘liqlikda amal qiladigan turli-tu-
man faoliyatlar majmui.
Iqtisodiyot
- mulkchilikning turli
shakllariga asoslangan
xo‘jaliklardan, xo‘jaliklararo, davlatlararo birlashmalar, korporatsi-
yalar, konsemlar, qo‘shma korxonalar,
moliya va bank tizimlaridan,
davlatlar o‘rtasidagi turli iqtisodiy munosabatlardan iborat o ‘ta mu
rakkab ijtimoiy tizim.
Ishlab chiqarish
- kishilik jamiyatining mavjud bo‘lishi va rivoj-
lanishi uchun zarur bo‘lgan hayotiy ne’matlami yaratish jarayoni.
Taqsimot
- ishlab chiqarish omillari va uning natijalarini iqtisodi
yotning turli qism va subyektlari o‘rtasida taqsimlash jarayoni.
Ayirboshlash
- jamiyat a’zolarining iqtisodiy faoliyat turlari yoki
ishlab chiqarish natijalari bo‘yicha o‘zaro almashish jarayoni.
Iste’mol
- ehtiyojlami qondirish maqsadida mahsulot va xizmat-
laming ishlatilishi jarayoni.
Ehtiyoj
- insonning yashashi va kamol topishi,
umuman insoni-
yatning rivojlanishi uchun kerak bo‘lgan hayotiy vositalarga bo‘lgan
zarurat.
Moddiy ehtiyoj
- moddiy ko‘rinishdagi ne’matlar
vositasida
qondiriluvchi zarurat.
M a’naviy ehtiyoj
- insonning
shaxs sifatida kamol topishi, dun-
yoqarashi va ma’naviyatining shakllanishi uchun taqozo etiladigan
nomoddiy ne’mat va xizmatlarga bo‘lgan zarurat.
Ehtiyojlarning o‘sib borishi qonuni
-
ehtiyojlaming turlari ken-
gayib, miqdoran o‘sib, sifat jihatidan takomillashib borishi.
Dostları ilə paylaş: