b)
mavjud resurslaming har
bir birligidan tejab-tergab, samarali
foydalanish;
v) fan-texnika yutuqlarini va yangi texnologiyalami joriy qilib,
yangi
energiya, material, xomashyo turlari,
ulaming manbalarini
topib, foydalanishga jalb qilish, resurslardan foydalanish samarador-
ligining oshishiga erishish;
g) kishilaming chuqur iqtisodiy bilimlarga ega bo‘lishi.
2. «Iqtisodiyot nazariyasi» fan sifatida shakllanguncha bosib
o ‘tgan yo‘l va unda vujudga kelgan g‘oyalar, oqimlar juda murakkab,
ko‘pincha bir-biriga zid va qarama-qarshidir. Shunday bo‘lsada, ular
bir-birini to‘ldiradi. Shu bilan birga ta’kidlash lozimki, hech qaysi
iqtisodiy maktabning nazariyalarini mutlaq va doimiy haqiqatga ega
deb bo‘lmaydi. Turli-tuman fikr va qarashlar olamidan haqiqatni izlab
topish chuqur iqtisodiy bilim va tafakkumi taqozo etadi.
3. «Iqtisodiyot nazariyasi» fani
barcha iqtisodiy fanlaming
nazariy-uslubiy asosidir. U fundamental fan bo‘lib, insonlami jami-
yatning iqtisodiy asoslarini ilmiy tadqiq etishga yo‘naltiradi, ulami
nazariy-uslubiy bilim bilan qurollantiradi.
4. Iqtisodiyot nazariyasi jamiyat taraqqiyotining iqtisodiy qonun-
lari va kategoriyalari to‘g ‘risidagi fan bo‘lib,
u turli ijtimoiy-gumani-
tar fanlar bilan chambarchas bog‘liqdir.
5. Iqtisodiyot nazariyasi nafaqat nazariy fan, balki u bevosita
amaliy ahamiyat ham kasb etadi. Iqtisodiyot
nazariyasini bilmay
turib, murakkab iqtisodiy jarayonlami to‘g ‘ri hal qilib bo‘lmaydi.
6. «Iqtisodiyot nazariyasi» fani doirasida inson va jamiyatning ya-
shashi hamda faoliyatining ijtimoiy, iqtisodiy va tarixiy tomonlarini
tadqiq qilish va bilish mumkin.
7. Iqtisodiyot nazariyasining bilish, amaliy, uslubiy va g ‘oyaviy-
tarbiyaviy vazifalari mavjud. Ayniqsa,
mamlakatimiz mustaqillikka
erishgandan so‘ng, о ‘sib kelayotgan yosh avlodni milliy vatanparvar-
lik, milliy g ‘urur ruhida tarbiyalashda iqtisodiyot nazariyasi g‘oyaviy-
tarbiyaviy vazifasining ahamiyati tobora oshib bormoqda.
Dostları ilə paylaş: