Toshkent davlatiqtisodiyot universiteti b. Y. Xodiyev, sh sh. Shodmonov


 Ishlab chiqarish jarayonining mazmuni



Yüklə 18,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/623
tarix21.10.2023
ölçüsü18,63 Mb.
#130194
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   623
2.2. Ishlab chiqarish jarayonining mazmuni
Jadvaldan ko‘rinadiki, 2000-yilda YalM hajmining 50,5 foizini 
ishlab chiqarilgan moddiy tovarlar tashkil etgan bo‘lsa, 2015-yilga 
kelib esa bu ko‘rsatkich 36,7 foizni tashkil etdi. Bundan ko‘rishimiz 
mumkinki, keyingi davrlarda ishlab chiqarish hajmi to‘xtovsiz o‘sib
49


borish bilan bir qatorda mamlakatimizda xizmat ko‘rsatish sohasiga 
kengroq etibor berishi natijasida YalM tarkibida moddiy ishlab chiqa­
rishning ulushi nisbatan pasayib, nomoddiy ishlab chiqarish ulushi 
esa o‘sib bormoqda.
Ishlab chiqarilgan moddiy tovarlar va xizmatlar tarkibining 
o‘zgarishiga qaramay YalM hajmi yildan-yilga o ‘sib bormoqda. 
YalMning izchil о‘sib borishi yangi-yangi ishlab chiqarish korxonala- 
rining ishga tushirilishi yoki eskilarining kengaytirilishi evaziga sodir 
bo‘lmoqda. Masalan, 2015-yilda Toshkent issiqlik elektr stansiyasida 
370 megavatt quvvatga ega bo‘lgan bug‘-gaz qurilmasi barpo etildi, 
Chorvoq GESi gidrogeneratorlari modemizatsiya qilindi, Qo‘ng‘irot 
soda zavodida kalsiylashtirilgan soda ishlab chiqarish kengaytirildi, 
«Samarqandkimyo» aksiyadorlik jamiyatida 240 ming tonna quv­
vatga ega bo‘lgan murakkab tarkibli yangi o‘g‘itlar ishlab chiqarish 
korxonasi ishga tushirildi. Shuningdek, «Motor zavodi» aksiyadorlik 
jamiyatining faoliyat ko‘rsatmayotgan ishlab chiqarish maydonlari- 
da traktor tirkamalari, jumladan, katta hajmli tirkamalar, maishiy 
texnika uchun tarkibiy qismlar va boshqa mahsulotlar ishlab chiqa­
rish tashkil etildi.
Shu bilan birga mamlakatimizda xizmat ko‘rsatish sohasi sezilar- 
li ravishda rivojlanib bormoqda, Respublika YalMdagi xizmat 
ko‘rsatishning ulushi 2000-yilda 36,8 foizni tashkil qilib, 2014-yilda 
esa bu ko‘rsatkich 54,0 foizni, 2015-yilda esa 54,5 foizni tashkil qildi. 
Bu esa mamlakatimizda keyingi yillarda aholining turmush sharoitini 
yaxshilash uchun olib borayotgan kompleks tadbirlar qatorida xizmat 
ko‘rsatish va servis sohasini rivojlantirishni jadallashtirishga qaratil- 
gan Davlat dasturlarining amalga oshirilishi natijasi hisoblanadi.
Moddiy ishlab chiqarish sohasi o‘z navbatida ikki bo‘linmadan 
iborat bo‘lib, birinchi bo‘linmada 

Yüklə 18,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   623




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə