2) iqtisodiy jarayonning har bir bo'lagini alohida olib, uning o ‘ziga
xos xususiyatlarini, kelib chiqish va yo‘q bo‘lish sabablari va oqibat-
larini, uning ijobiy va salbiy jihatlarini, ichki va tashqi aloqadorlik va
bog‘liqlik tomonlarini zamon va makonda o‘rganish;
3) iqtisodiy jarayonlarni oddiydan murakkabgacha,
quyidan
yuqorigacha rivojlanishda, deb qarash.
Bu yerda son jihatidan
o‘zgarishlar to‘plana borib, sifat jihatidan o‘zgarishga olib kelishini
hisobga olish zarur.
4) ichki qarama-qarshiliklar birligiga va ulaming o‘zaro kurashiga
rivojlanishning manbai sifatida yondashish.
Iqtisodiy faoliyatlar, hodisa va jarayonlar tabiiy, moddiy,
shaxsiy
omillar va pul mablag‘lari kabi omillarga tayangan holda kechadi, bu
omillar o ‘zaro chambarchas bog‘liq hamda ziddiyatda bo‘ladi va bir-
biriga ta’sir ko‘rsatadi, ular doimo sifat va miqdor jihatdan o ‘zgarib
turadi, turli davrlarda turlicha ijtimoiy shaklga ega bo‘ladi, eski iqti
sodiy qonunlar, tushunchalar o‘miga yangilari paydo bo‘ladi. Ana
shular hisobga olinsa, bu fan uchun dialektika qoidalarini qo‘llashning
qanchalik zarurligi va muhimligi darhol namoyon bo‘ladi. Shu bi
lan birga, iqtisodiyot nazariyasi fanining o ‘ziga xos tadqiqot usullari
ham
mavjuddir, ulardan eng muhimi ilmiy abstraksiyadir. Iqtisodiy
jarayonlaming mohiyati o ‘zgarishini o ‘rganishda mikroskoplardan,
kimyoviy laboratoriyalardan foydalanib bo‘lmaydi,
bunda abstrak-
siya kuchi ishga solinadi.
Dostları ilə paylaş: