Toshkent davlatiqtisodiyot universiteti b. Y. Xodiyev, sh sh. Shodmonov



Yüklə 18,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə612/623
tarix21.10.2023
ölçüsü18,63 Mb.
#130194
1   ...   608   609   610   611   612   613   614   615   ...   623
Xulosalar
1. Barcha mamlakatlar tashqi savdosi majmui xalqaro savdo­
ni tashkil etadi. Xalqaro savdo - bu turli davlat milliy xo‘jaliklari 
o‘rtasidagi tovar va xizmatlaming ayirboshlash jarayonidir. Xalqaro 
savdo qadimdan mavjud bo‘lsada, faqat XIX asrga kelib, ya’ni deyar- 
li barcha rivojlangan mamlakatlar xalqaro savdo aloqalarida ishtirok 
eta boshlashi bilan jahon bozori shakliga kirdi. Xalqaro iqtisodiy mu­
nosabatlaming tarkibiy qismi hisoblangan xalqaro savdo tashqi savdo 
aylanmasi, eksport va import kabi ko‘rsatkichlar bilan tavsiflanadi.
2. Kapital eksport qilish ham o‘ziga xos xususiyatlarga ega 
bo‘ladi. Kapital eksporti kredit berish yoki chet el korxonalari aksi- 
yalariga maqsadli qo‘yilmalar kabi shakllarda amalga oshirilib, kapi­
tal chiqarilgan vaqtda eksport qiluvchi mamlakatdan mablag4 lar oqi- 
mini taqozo qiladi va shu orqali tasarrufida bo‘lgan resurslar hajmini 
qisqartiradi. Boshqa tomondan, kapital eksporti chet davlatlaming 
mazkur mamlakatdan bo‘lgan qarzlarini ko‘paytiradi. U jahon bo- 
zoriga tovarlarning keyingi eksporti uchun qulay sharoit yaratadi va 
chet el valyutasida foiz yoki dividend shaklida barqaror daromad 
olish omili hisoblanadi.
3. Mamlakatdagi aholi jon boshiga to‘g‘ri keluvchi eksport hajmi 
uning iqtisodiyotining «ochiqligi» darajasini ifodalaydi. Eksport sa- 
lohiyati (eksport imkoniyatlari) - bu mazkur mamlakat tomonidan
756


ishlab chiqarilgan mahsulotning o‘z iqtisodiyoti manfaatlariga putur 
etkazmagan holda jahon bozorida sotishi mumkin bo‘lgan qismi.
4. Xalqaro savdoda ishtirok etish har bir mamlakat uchun milliy 
ishlab chiqaruvchilami tashqi raqobatdan himoya qilish vazifasini 
dolzarb qilib qo‘yadi. Bu vazifa mamlakatlarning savdo siyosati orqa­
li amalga oshadi. Jahon amaliyotida bu siyosatning proteksionizm 
(tashqi ta’sirdan himoyalash) va fritrederlik (savdoga to‘liq erkinlik 
berish) kabi shakllari keng tarqalgan.
5. Iqtisodiy bitimlar - qiymatning har qanday ayirboshlanishi, 
ya’ni tovarlar, ko‘rsatilgan xizmatlar yoki aktivlarga mulkchilik 
huquqining bir davlat rezidentlaridan boshqa davlat rezidentlariga 
o‘tishi bo‘yicha kelishuvlar. Har qanday bitim ikki tomoniga ega 
bo‘ladi va shu sababli to‘lov balansida ikki tomonlama yozuv tarti- 
biga rioya qilinadi. Har bir bitim to‘lov balansining debet va kredit 
qismlarida o‘z ifodasini topadi.
6. Iqtisodiyot subyektlarining davlat va Markaziy bank siyosatiga 
ishonchsizligi to‘lov balansi inqirozini chuqurlashtiruvchi omil hisob­
lanadi. Milliy valyuta qadrsizlanishining kutilishi chet el valyutalari- 
ga chayqovchilikka qaratilgan talabni rag‘batlantiradi.
7. Pulning jahon xo‘jaligida amal qilishi va turli xalqaro iqtisodiy 
aloqalarga (tashqi savdo, ishchi kuchi va kapital migratsiyasi, daro­
madlar, qarzlar va subsidiyalar oqimi, fan-texnika yutuqlarini ayir­
boshlash, turizm va h.k.) xizmat qilishi bilan bog‘liq iqtisodiy muno­
sabatlar xalqaro valyuta-kredit munosabatlari deb ataladi. U pulning 
xalqaro to‘lov munosabatida amal qilish jarayonida vujudga keladi.
8. Har qanday valyuta tizimining eng muhim tarkibiy qismlaridan 
biri valyuta kursi hisoblanadi. Valyuta kursi bir mamlakat valyutasi- 
ning boshqa mamlakat valyutasidagi ifodalanishini ko‘rsatadi.
9. Nazariy jihatdan valyuta kurslarining tebranishini tushuntirish, 
xarid qilish layoqatining paritet (turli mamlakatlar pul birliklari 
qiymatining bir-biriga nisbati) nazariyasi yordamida beriladi. Bu 
nazariyaga ko‘ra, kurslar nisbatlarini aniqlash uchun ikki mamlakat 
iste’molchilik tovarlari «savati» narxlarini taqqoslash talab qilinadi.

Yüklə 18,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   608   609   610   611   612   613   614   615   ...   623




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə