Toshkent davlatiqtisodiyot universiteti b. Y. Xodiyev, sh sh. Shodmonov



Yüklə 18,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/623
tarix21.10.2023
ölçüsü18,63 Mb.
#130194
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   623
UO‘K: 33.01(075)
KBK: 65.01ya7
Darslik barcha y o ‘nalishdagi bakalavrlar uchun m o‘ljallangan.
Taqrizchilar: S.G‘ulomov - 
akademik;
A. Rasulyev - 
professor;
O. Hamroyev - 
professor.
© «Barkamol fayz media» nashriyoti, 2017.


KIRISH
Mamlakatimizda mustaqillik yillarida 0 ‘zbekistonning birinchi 
Prezidenti I.Karimovning bevosita tashabbusi va rahbarligida har 
tomonlama puxta 
o'ylab ishlab chiqilgan taraqqiyotning “0 ‘zbek 
modeli”ni izchil amalga oshirish orqali iqtisodiyotimiz misli 
ko‘rilmagan katta muvaffaqiyat va natijalarga erishdi. Jumladan, 
mustaqillik yillarida milliy xo‘jaligimiz iqtisodiy jihatdan mus- 
tahkamlanib, ma’muriy-buyruqbozlik tizimidan meros bo‘lib qol- 
gan bir tomonlama xomashyo ishlab chiqarish bo‘yicha rivojlanish, 
paxta yakkahokimligi va inqiroz holatidan chiqarildi; iqtisodiyotning 
barqaror o‘sishi ta’minlandi, makroiqtisodiy va moliyaviy barqa- 
rorlik mustahkamlandi, iqtisodiyotning turli tarmoqlari va sohalari 
o‘rtasidagi muvozanatlik va mutanosiblik kuchaydi; bozor mexa- 
nizmining tarkibiy qismlari qaror topdi va uning infratuzilmalari 
vujudga keltirilib, rivojlantirildi. Soliq, byudjet va tashqi iqtisodiy 
faoliyat sohalarida, bank tizimi faoliyatida mustahkam barqarorlik, 
davlat qarzini nisbatan past darajada ushlab turish ta’minlanib mam- 
lakatimizning jahon miqyosidagi obro‘-e’tiborini yuqori darajaga 
ko‘tarishga erishilmoqda. „
Iqtisodiyotda amalga oshirilayotgan modemizatsiya, tarkibiy 
o ‘zgarish va diversifikatsiya natijasida yangidan-yangi zamonaviy 
tarmoqlar va ishlab chiqarish quwatlari ishga tushirilmoqda. Bu 
o‘zgarishlar va xalqimizning fidokorona mehnati natijasida yarati- 
layotgan mahsulot va ko‘rsatilayotgan xizmat turlarining ko‘payib, 
sifati tubdan yaxshilanib borishiga, aholi daromadlari va turmush 
darajasining keskin o‘sishi, ularning ertangi kunga bo‘lgan ishonchi- 
ning tobora oshib borishiga olib kelmoqda. M a’naviy jabhada ham 
tub o‘zgarishlar qilinib, jamiyat a’zolari ongida milliy istiqlol g‘oyasi 
va mafkurasi shakllantirildi.
3


Ayni paytda, mamlakatimiz Prezidenti Sh.Mirziyoyevning Vazir- 
lar Mahkamasining 2017-yil 14-yanvarda bo‘lib o ‘tgan kengaytiril- 
gan majlisida va boshqa majlislarda qilgan ma’ruzalaridan bizga shu 
narsa ma’lum bo‘lib turibdiki, mamlakatimizda erishilgan ulkan yu- 
tuqlar bilan bir qatorda bugungi kunda xalqaro miqyosda va mam­
lakatimiz ichida o ‘z yechimini topmagan muammolar, hal qilinishi 
lozim bo‘lgan vazifalar ham juda ko‘p ekan.
Bugungi kunda jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi hamon davom 
etib turishi, dunyoning turli mintaqalarida sodir bo‘layotgan qarama- 
qarshiliklaming kuchayib borishi, jahon bozorida vaziyatning tez 
o‘zgarayotgani dunyoning ko‘plab mamlakatlarida investitsion faol- 
likning susayishi real iqtisodiyotda ishlab chiqarishning o‘sish sur’ati 
pasayib borishi ro‘y berib, jahon bozorida xarid talabining kamayishi 
davom etmoqda, ishsizlik darajasi yuqoriligicha qolmoqda, ijtimoiy 
keskinlik kuchaymoqda. Bundan tashqari mamlakatimizdagi ayrim 
sohalar, tarmoqlar va kompaniyalarda eksport hajmi kamayib, import 
hajmi oshib ketishi, ko‘plab kapital mablag‘lar sarflanishiga qaramay 
ishlab chiqarish hajmi va mehnat unumdorligining pasayib ketishi 
fan-texnika taraqqiyoti yuz berib, yangi texnika va texnologiyalar- 
ning kirib kelishiga qaramay ketgan xarajatlar va mahsulot tannarxi 
pasayish o‘miga aksincha, oshishi holati yuz berishi, valyuta mu- 
nosabatlarining tartibga solinmaganligi, naqd pul bilan naqd pulsiz 
hisob-kitoblar o‘rtasida farq mavjudligi kabi noxush holatlar sodir 
bo‘lib turibdi. Bu holatlar mamlakatimiz oldida turgan keng ko‘lamli 
dasturiy maqsad va vazifalar - islohotlarimizni yanada chuqurlashti- 
rish iqtisodiyotni modemizatsiyalash, diversifikatsiyalash, tarkibiy 
o ‘zgartirish, xususiy mulk, xususiy tadbirkorlikni kuchaytirish, iqti- 
sodiy rivojlanish yo‘lida g‘ov bo‘lib turgan barcha to‘siq va chek- 
lovlami bartaraf etish, 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 
2017-yil 7-fevraldagi “0 ‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlan- 
tirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g ‘risida”gi, PF-4947-sonli 
Farmonida belgilangan vazifalar va muammolarni bartaraf etish 
uchun bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etishni talab qiladi.
Mamlakatimiz Prezidenti Sh.Mirziyoyev ta’kidlaganidek, hayot- 
ning o ‘zi va xalqning talablari bizning oldimizga amaliy yechimini
4


topish lozim bo ‘ lgan yangi va yanada murakkab vazifalami qo ‘ ymoqda. 
Ushbu muammolar va hayotning o‘zi oldimizga qo‘ygan murakkab vazi­
falami tezroq hal qilish, ulaming yechimini izlab topish, milliy istiqlol 
mafkurasining mazmunini va xususiyatlarini chuqurroq tushunish ko‘p 
jihatdan kishilaming iqtisodiyot sirlarini, ayniqsa, bozor iqtisodi- 
yoti munosabatlarining mazmunini, ulaming talablari, ziddiyatli va 
chalkash xususiyatlarini, qonun-qoidalarini, amalga oshirilayotgan 
keng ko‘lamli iqtisodiy islohotlami yanada chuqurlashtirish, iqtisodi- 
yotni erkinlashtirish, tarkibiy o ‘zgartirish, modemizatsiyalash va di- 
versifikatsiyalashning maqsadi va mohiyatini chuqurroq bilishlariga 
bog‘liqdir. “Iqtisodiyot nazariyasi” fani iqtisodiyot tushunchalarini, 
uning qonun-qoidalarini, tejamli xo‘jalik yuritish sirlarini, turli kishi- 
lar va xo‘jaliklaming bir-birlari bilan manfaatli iqtisodiy aloqada 
bo‘lib, unumli mehnat qilish yo‘llarini va shakllarini o‘rgatadi.
Jamiyatda ro‘y beradigan iqtisodiy qonunlami bilish va ulaming 
amal qilishiga ongli munosabatda bo‘lishda, mamlakatni demokrat- 
lashtirish va iqtisodiyotni bozor tamoyillari asosida isloh qilish jara- 
yonlari mohiyatini tushunish uchun zarur bo‘lgan bilimlami berishda 
«Iqtisodiyot nazariyasi» fanining roli beqiyosdir. Bugungi kunda 
yosh avlodda bunyodkorlik g ‘oyalarini shakllantirish, ulaming ilmiy 
dunyoqarashini chuqurlashtirish va kengaytirish, iqtisodiy madani- 
yatini oshirish kabi muhim amaliy vazifalami bajarish orqali mazkur 
fanning ahamiyati tobora oshib bormoqda.
“Iqtisodiyot nazariyasi” fani mamlakatimizda yashayotgan hamma 
kishilaming daromadlari, ulaming turmush darajasi faqat milliy iqti­
sodiyot taraqqiyotiga bog‘ liqligini, shu yurtda mehnat qilayotgan 
kishilaming ijodiy mehnati bilan vujudga kelgan milliy mahsulot- 
ning ko‘payishi, uning to‘g‘ri taqsirftlanishi va foydalanilishi, milliy 
pul barqarorligi bilan bog‘liqligini ham o ‘rgatadi va milliy istiqlol 
mafkurasining odamlar ongida shakllanishiga, ulaming intellektual 
kamolotga erishuvida muhim rol o‘ynaydi.
Doimiy o ‘zgarib turuvchi ichki va tashqi iqtisodiy muhit, uning 
insonlar, korxonalar, mamlakatlar va butun dunyoga kuchayib boruv- 
chi ta’sirini kuzatib, amalga oshirilishi zarur bo‘lgan xatti-harakatlar, 
iqtisodiy faoliyat jarayonlarini oldindan sezish va ko‘ra bilish, qisqa-


cha qilib aytganda, 

Yüklə 18,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   623




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə