Toshkent davlatiqtisodiyot universiteti b. Y. Xodiyev, sh sh. Shodmonov


Cheklangan iqtisodiy resurslardan unumli foydalanib



Yüklə 18,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/623
tarix21.10.2023
ölçüsü18,63 Mb.
#130194
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   623
Cheklangan iqtisodiy resurslardan unumli foydalanib,
kishilarning yashashi, kamol topishi uchun zarur boMgan hayotiy
vositalarni ishlab chiqarish va iste’molchilarga yetkazib berishga
qaratilgan, bir-biri bilan bog‘liqlikda amal qiladigan turli-tuman
faoliyatlar yaxlit qilib, bir so‘z bilan, iqtisodiy faoliyat deb ataladi.
Qadimda iqtisodiy faoliyatning asosiy shakli uy xo‘jaligi doirasida 
ro‘y bergan. Shuning uchun qadimgi grek olimlarining (Ksenofont, 
Platon, Aristotel) asarlarida iqtisodiyot - uy xo‘jaligi va uni yuritish 
qonunlari deb tushuntirilgan. Arab leksikonida «iqtisod» tejamkorlik 
ma’nosida tushunilgan, chunki islom diniga oid adabiyotlarda tejam- 
korlikka alohida e’tibor berilgan. Lekin, hozirgi davrda iqtisodiyot 
tushunchasi faqat uy, individual xo‘jalik yuritish yoki tejamkorlik 
ma’nosi bilan cheklanmaydi. Balki 
iqtisodiyot - mulkchilikning
turli shakllariga asoslangan xo‘jaliklardan, xo‘jaliklararo, dav-
latlararo birlashmalar, korporatsiyalar, konsernlar, qo‘shma kor-
xonalar, moliya va bank tizimlaridan, davlatlar o‘rtasidagi turli
iqtisodiy munosabatlardan iborat o‘ta murakkab iqtisodiy tizim-
ni anglatadi.
Buning ustiga barcha resurslarimiz - tabiiy boyliklar, malakali 
ishchi kuchlari, ishlab chiqarish vositalari, iste’mol tovarlari, pul 
mablag‘lari va boshqa resurslaming barchasi cheklangan miqdor- 
dadir. Hattoki, ishlab chiqarishning bugungi darajasida insoniyat 
ixtiyoridagi turli tabiiy boyliklaming taxminan qancha vaqtga 
yetishini oldindan bashorat qilish mumkin. Jumladan, insoniyat
13


2500-yilga kelib, barcha metall zaxiralarini sarflab bo‘lishi bashorat 
qilinib, bunda temir rudasi 250 yilga, alyuminiy 570, mis 29, rux 23, 
qalayi 35, qo‘rg‘oshin 19 yilga yetishi taxmin qilinmoqda. Amal- 
da hozir yashayotgan avlod ham ishlab chiqarishda qo‘rg‘oshin, 
qalayi, rux, oltin, kumush, platina, nikell, volfram, misdan foy- 
dalanish muammosiga duch kelmoqda. Yaqin yuz yil ichida ish­
lab chiqarishni energoresurslar: neft, gaz, ko‘mir bilan ta’minlash 
muammosi ham alohida muammo bo ‘ lib qolishi ehtimoldan xoli emas1

Yüklə 18,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   623




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə