Toshkent davlatiqtisodiyot universiteti b. Y. Xodiyev, sh sh. Shodmonov


 A.Razzoqov, Sh.Toshmatov, N .O ‘rmonov. Iqtisodiy ta’limotlar tarixi. Т



Yüklə 18,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/623
tarix21.10.2023
ölçüsü18,63 Mb.
#130194
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   623
2 A.Razzoqov, Sh.Toshmatov, N .O ‘rmonov. Iqtisodiy ta’limotlar tarixi. Т.:
«Moliya». 2 0 0 2 ,42-bet.
3 A.Razzoqov, Sh.Toshmatov, N .O ‘rmonov. Iqtisodiy ta’limotlar tarixi. Т.:
«Moliya». 2002, 89-90-bet.
23


lab chiqarish va ayirboshlashni boshqaruvchi qonunlar to‘g ‘risidagi 
fandir, deb yozgan edilar.
Iqtisodiyot nazariyasi fani shakllanishi jarayonida bir qancha 
g‘oyaviy oqimlar, maktablar vujudga kelgan. Ular jamiyat boyligi- 
ning manbai nima, u qayerda va qanday qilib ko‘payadi, degan savol- 
larga javob topishga urinishgan. Bunday iqtisodiy oqimlardan dast- 
labkisi 
merkantilizm 
deb atalgan. Bu oqim tarafdorlari odamlaming, 
jamiyatning boyligi puldan, oltindan iborat, boylik savdoda, asosan, 
tashqi savdoda - muomala jarayonida paydo bo‘ladi, ko‘payadi, sav­
doda band bo‘lgan mehnat unumli mehnat, boshqa mehnatlar esa 
unumsizdir, deb tushuntirib keldilar. Keyinchalik, iqtisodiy bilimlar 
rivojlanib, takomillashib borgan sari, ayirboshlash, ya’ni bevosita 
savdo jarayonida mahsulot yaratilmasligi, faqat ishlab chiqarish bilan 
bog‘liq bo‘lgan jarayonlarda (tashish, qadoqlash, saralash, saqlash) 
qiymatning ko‘payishi m a’lum bo‘lib qoldi. Ayirboshlashning ekvi- 
valentlik tartibi, ya’ni teng mehnatga teng boylik muvozanati buzil- 
gan taqdirda boylik birovlar foydasiga qayta taqsimlanadi, natijada 
kimdir boyib, kimdir xonavayron b o iib boradi. Merkantilistlar iqti­
sodiyot nazariyasining asosiy vazifasi davlatning iqtisodiy siyosatiga 
amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat deb ta’kidladilar. Ulaming 
fikricha, iqtisodiyotda ijobiy savdo balansiga erishilishi uchun davlat 
iqtisodiyotga faol aralashishi, ya’ni milliy ishlab chiqarish va savdoni 
o ‘z panohiga olishi zarur deb hisoblaydi.
Keyingi oqim 
fiziokratlar 
deb atalgan. Ular merkantilistlardan 
farqli o‘laroq, boylik qishloq xo‘jaligida yaratiladi va ko‘payadi, de­
gan g'oyani olg‘a surdilar. Ulaming vakili bo'lgan F.Kene mashhur 
«Iqtisodiy jadval» asarini (1758) yozdi va unda fiziokratizm maktabi 
asoslarini yaratdi. Uning nazariy va siyosiy dasturini ta’riflab berdi. 
Bu asarda F.Kene almashuvning ekvivalentlik ta’limotini ilgari surdi. 
Uning fikricha almashuv yoki savdo boylik yaratmaydi, almashuv ja ­
rayonida teng miqdorli qiymatlaming almashuvi ro‘y beradi, tovar- 
laming qiymati bozorga kirmasdan oldin mavjud bo‘ladi. F.Kenening 
ta’limotida sof mahsulot nazariyasi markaziy o‘rin egallaydi. Uning fikri­
cha, yalpi ijtimoiy mahsulot va ishlab chiqarish xarajatlari o‘rtasidagi 
farq sof mahsulot hisoblangan. F.Kene sof mahsulot bilan qo‘shimcha
24


mahsulotni chalkashtirib, ikkalasini aynan bir narsa deb tushunadi. 
U qo‘shimcha qiymat dehqonlaming qo‘shimcha mehnati samarasi 
sifatida yuzaga keladi deb izohlaydi, ayrim joylarda esa qo‘shimcha 
qiymatni tabiatning sof hadyasi deb qarab, uni yaratishda tabiat ham 
ishtirok etadi, deb tushuntiradi4. Bu yerda u o ‘zi bilmagan holda qiymat 
bilan naflilik (iste’mol qiymat)ning farqiga bora olmaganligini ifoda 
etadi. F.Kene ta’limotini A.Tyurgo, Dyupon de Nemur va boshqalar 
davom ettirdi. Fiziokratlaming ta’limoti bo‘yicha qishloq xo‘jaligida 
band bo‘lgan mehnat birdan-bir unumli mehnat deb hisoblanib, boshqa 
sohalardagi mehnat esa unumsiz mehnat deb hisoblangan.
Keyinchalik iqtisodiyot fanining 

Yüklə 18,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   623




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə