Toshkent davlatiqtisodiyot universiteti b. Y. Xodiyev, sh sh. Shodmonov



Yüklə 18,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/623
tarix21.10.2023
ölçüsü18,63 Mb.
#130194
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   623
klassik maktabi 
namoyandalari 
bo‘lmish A.Smit, U.Petti, D.Rikardo kabi atoqli iqtisodchi olimlar 
boylik faqatgina savdoda yoki qishloq xo‘jaligidagina emas, balki 
shu bilan birga sanoat, transport, qurilish va boshqa xo‘jalik sohalari- 
da ham yaratilishini isbotlab berdilar va 
“hamma boylikning ona-
si yer, otasi mehnat”, 
degan qat’iy ilmiy xulosaga keldilar. Shuni 
aytish kerakki, A.Smitning «ko‘rinmas qo‘l» prinsipi hozirgi kunda 
juda ko‘p tilga olinmoqda. U o ‘zining «Xalqlar boyligining tabiati 
va sabablari to‘g‘risida tadqiqot» (1776) degan kitobida insonni faol- 
lashtiradigan asosiy rag‘bat xususiy manfaatdir deb ko‘rsatadi. Inson 
o ‘z xususiy manfaatini amalga oshirishga, ya’ni foyda olishga intilib, 
mehnat taqsimoti sharoitida qandaydir tovar yoki xizmat turini yarata- 
di, boshqalarga yetkazib beradi, o ‘z kapitalini ko‘paytiradi va shu in- 
tilishda o‘zi bilmagan holda jamiyat taraqqiyotiga hissa qo‘shadi deb 
tushuntiradi. U kapital, mehnat, tovar, ishchi kuchi va boshqa resurs­
laming erkin harakatini ta’minlash prinsipini ilgari suradi. Ushbu 
maktabning «klassik» deb nom olishiga ulaming quyidagi yutuqlari 
sabab bo‘ldi.
Birinchidan, A.Smit va D.Rikardo iqtisodiyotni o ‘rganishga ilmiy 
yondashuv beradigan tadqiqot usullarini ishlab chiqdi va muvaffa- 
qiyatli qo‘lladilar. Aynan ana shu usullar yordamida ular merkantilist- 
laming «boylikning manbai - savdo» degan g‘oyasining to‘g‘ri emas- 
ligini isbotladilar.

A.Razzoqov, Sh.Toshmatov, N .O ‘rmonov. Iqtisodiy ta’limotlar tarixi. Т.:
«Moliya». 2002, 147-149-bet.
25


Ikkinchidan, iqtisodiyot to‘g ‘risidagi barcha yig‘ilgan bilimlami 
klassik maktab namoyandalari ma’lum bir ilmiy tizimga keltirdilar. 
Bu narsaga ular birinchi bo‘lib iqtisodiy ne’matlami ishlab chiqarish, 
taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol o ‘rtasidagi tizimli aloqani tadqiq 
etgani sabab bo‘ldi.
Uchinchidan, ingliz klassiklari iqtisodiy hodisalaming ko‘zga 
ko‘ringan tomonlarini tadqiq qilish bilan cheklanib qolmadilar. Ular 
ushbu hodisalaming mohiyatini, ular o ‘rtasidagi sabab-oqibatli alo- 
qadorlikni aniqladilar, shuningdek, kapitalistik iqtisodiyot qonunla- 
rini ochdilar.
Iqtisodiyot nazariyasi fanining rivojlanishida Sismondining ham 
muhim hissasi bor. U kapitalistik iqtisodiy mexanizmni tanqid qilib, 
siyosiy iqtisod inson baxti yo‘lida sotsial mexanizmni takomillashti- 
rishga qaratilgan fan bo‘lmog‘i lozim deb ko‘rsatadi. Kapitalistik iqti­
sodiy tuzumni tanqid qilish bilan bir qatorda undan ko‘ra progressiv 
bo‘lgan jamiyat qurish g‘oyasi Sen-Simon, Shari Fure, Robert Ouen 
kabi sotsial utopistlar tomonidan ilgari surilgan edi. Ular xususiy 
mulkni qattiq tanqid qilib, uni tugatish tarafdori edilar.
Ulardan keyin 

Yüklə 18,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   623




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə