Toshkent davlatiqtisodiyot universiteti b. Y. Xodiyev, sh sh. Shodmonov


Guruhiy ehtiyoj - bu ma’lum guruh yoki jamoalarga birlash-



Yüklə 18,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/623
tarix21.10.2023
ölçüsü18,63 Mb.
#130194
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   623
Guruhiy ehtiyoj - bu ma’lum guruh yoki jamoalarga birlash-
gan kishilaming birgalikdagi ehtiyoji. 
Bir oilaning ehtiyoji boshqa 
biridan, bir mehnat jamoasining ehtiyojlari boshqasidan o‘z tarkibi 
va darajasi jihatidan farq qiladi. Masalan, faraz qilaylik, Komilovlar 
oilasi besh kishidan iborat bo‘lsin. Ota - shifokor, ona - o‘qituvchi, 
ikki o‘g ‘il - talaba, qiz - maktab o‘quvchisi. Zokirovlar oilasi esa olti 
kishidan iborat: buva va buvi - nafaqada, ota - injener, ona - uy bekasi
qiz - talaba va o‘g‘il - maktab o‘quvchisi. Har ikkala oilaning tarkibi 
va faoliyat turlari bir-biridan farq qilganligi sababli, ulaming oilaviy 
ehtiyojlari ham o‘z tarkibi va darajasiga ko‘ra farqlanadi. Xuddi 
shuningdek, mebel ishlab chiqaruvchi korxona mehnat jamoasi ehti­
yoji tarkibi va darajasi jihatdan tikuvchilik fabrikasi mehnat jamoa- 
sinikidan boshqacha bo‘ladi.
Hududiy ehtiyoj - bu muayyan hududlarda istiqomat qiluvchi
kishilaming birgalikdagi ehtiyoji. 
Inson muayyan hududda istiqomat 
qilganligi sababli, uning ba’zi bir ehtiyojlari mazkur hududda istiqo­
mat qiluvchi barcha insonlaming umumiy ehtiyojlari sifatida namoyon 
bo‘ladi. Masalan, har bir mahalla o‘zining guzari, unda joylashgan sav- 
do va maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalari, bolalar bog‘chasi, dam 
olish joylari, istirohat bog‘lari va boshqa inshootlarga ehtiyoj sezadi.
19


Umumjamiyat ehtiyojlari - bu jamiyat miqyosidagi barcha
kishilar uchun umumiy bo‘lgan ehtiyoj. 
Har bir mamlakatning 
fuqarolari ham barcha uchun umumiy bo‘lgan ne’matlarga ehtiyoj 
sezadilar. Masalan, mamlakat chegarasining daxlsizligi, uning mudo- 
faa qobiliyatining mustahkamligi, yurt farovonligi, ijtimoiy-madaniy 
tadbirlar, huquq-tartibot ishlarining yuqori darajada amalga oshirili- 
shi va boshqalar.
Jamiyat ehtiyojlariga quyidagi bir qator omillar ta’sir ko‘rsatadi:
a) jamiyatning iqtisodiy taraqqiyot darajasi;
b) jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy tuzum;
v) tabiiy-geografik sharoitlar;
g) tarixiy-milliy an’analar va urf-odatlar;
d) aholi sonining o‘sishi, uning tarkibidagi o‘zgarishlar;
e) xalqaro, davlatlar, millatlar va mintaqalar o ‘rtasidagi aloqalar.
Ijtimoiy-iqtisodiy, shu jumladan, moddiy ehtiyojlami to ‘liq
qondirish mumkin emas. Jamiyatda har bir ma’lum davrda ko‘plab 
qondirilmagan ehtiyojlar mavjud bo‘ladi. Vaqt o ‘tishi bilan yangi 
buyumlaming paydo bo‘lishi, keng reklamaning ta’siri va savdoning 
rivojlanishi natijasida ehtiyojlar o ‘zgaradi va ko‘payib boradi. Shun- 
day ekan, jamiyatning, ya’ni uni tashkil qiluvchi shaxslar, muassasa 
va korxonalar ehtiyojlarining cheksizligi, ulaming to‘xtovsiz yangi- 
lanib va o ‘sib borishi tabiiy bo‘lib, uni o ‘ziga xos qonun orqali ifoda- 
lash mumkin. 

Yüklə 18,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   623




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə