Toshkent davlatiqtisodiyot universiteti b. Y. Xodiyev, sh sh. Shodmonov


Ehtiyojlarning ishlab chiqarish va yetkazib berishga



Yüklə 18,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/623
tarix21.10.2023
ölçüsü18,63 Mb.
#130194
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   623
Ehtiyojlarning ishlab chiqarish va yetkazib berishga
nisbatan miqdoran o ‘sib, tarkib va sifat jihatidan takomillashib
borishi ehtiyoj larning ustuvor darajada o‘sib borish qonuni de-
yiladi. 
Bu qonun ishlab chiqarish bilan ehtiyojlar o‘rtasidagi uzviy, 
to‘g ‘ridan-to‘g ‘ri bog‘liqlikni aks ettiradi.
Ehtiyojlaming o‘zi ham bir-birini taqozo qiladi. Bir ehtiyoj o‘z 
orqasidan boshqa bir ehtiyojni keltirib chiqaradi. Masalan, kompyuter 
texnikasiga ehtiyojning paydo bo‘lishi, o‘z navbatida uni ishlatish- 
ni o ‘rganish, unga xizmat ko‘rsatish, dastur tuzish kabi ehtiyojlami 
keltirib chiqaradi.
Ehtiyojlaming о ‘sib borishi uni qondirish vositalari darajasi bi­
lan chegaralanadi. Chunki ehtiyojlar cheksiz o‘zgargani holda uni 
ta’minlash uchun kerak bo‘ladigan iqtisodiy resurslar cheklangan
20


bo‘ladi. 
Iqtisodiy resurslar deganda tovar ishlab chiqarish va 
xiz- 
mat ko‘rsatish jarayonlarida foydalanish mumkin bo‘lgan bar-
cha vosita va imkoniyatlar majmui tushuniladi.
Iqtisodiy resurslami quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
1) tabiiy resurslar (yer, yer osti boyliklari, suv, o ‘rmon va biologik 
resurslar);
2) ishchi kuchi resurslari (kishilaming mehnatga bo‘lgan aqliy va 
jismoniy qobiliyatlari majmui);
3) kapital (yollanma mehnat tomonidan harakatga keltirilib foyda 
olish maqsadida ishlatiladigan binolar, mashinalar, asbob-uskuna- 
lar, inshootlar, qurilmalar, xomashyo va materiallar, sotishga tayyor 
tovarlar, pul mablag‘lari va boshqalar);
4) tadbirkorlik qobiliyati (kishilaming ishlab chiqarish va xizmat 
ko‘rsatish jarayonlarini tashkil etish va boshqarish qobiliyatlari).
Iqtisodiy resurslaming ishlab chiqarish omillaridan farqi shundaki, 
ularga ishlab chiqarishda bevosita qatnashadigan ishchi kuchi, tabiiy 
resurslar va ishlab chiqarish vositalaridan tashqari hamma moddiy 
resurslar, tovar va pul zaxiralari ham kiradi.
Resurslaming cheklanganligi ehtiyojni qondirishning muhim 
yo‘li bo‘lgan ishlab chiqarish imkoniyatlarini ham cheklab qo‘yadi. 
Bu imkoniyatlar darajasi doimo bir xil b o iib turmaydi, balki yangi 
texnikalar va texnologiyalaming yaratilishi va ishga solinishi ishlab 
chiqarish imkoniyatlarini, uning chegaralarini kengaytirish imkonini 
beradi. Iqtisodiy resurslar, ishlab chiqarish va ehtiyojlami qondirish 
darajasi o‘rtasidagi doimiy va mustahkam aloqadorlikni quyidagicha 
ifodalash mumkin (1.2-rasm):

Yüklə 18,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   623




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə