jasini oshirish zarurligi iqtisodiyot oldiga quyidagi muammolami
qo‘yadi:
1) ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishning
optimal variantlarini
(eng zarur va tejamli turlarini) tanlab olish va resurslami ko‘proq ish
lab chiqarishga jalb qilish;
2) mavjud resurslarning har bir birligidan tejab-tergab, samarali
foydalanish;
3) fan-texnika yutuqlarini va yangi texnologiyalami joriy qilib,
yangi energiya, material, xomashyo turlari, ulaming manbalarini topib,
foydalanishgajalb qilish, resurslar unumdorligining oshishiga erishish.
Bu muammolami hal qilish zaruriyati kishilardan chuqur iqti
sodiy boshqa bilimlarga ega bo‘lib, doimo
izlanish va yuksalishda
bo‘lishini taqozo qiladi.
1.2. Iqtisodiyot nazariyasining fan sifatida shakllanishi
Iqtisodiy hayot sirlarini bilish va shu yo‘ldagi faoliyatning asosiy
yo‘nalishlarini aniqlashga intilish juda qadim zamonlardan mavjud
bo‘lib, bu intilish iqtisodiy faoliyatni tartibga solish, uni kishilarga
kerak bo‘lgan tomonga yo‘naltirishga ijobiy ta’sir etish zaruriyatidan
kelib chiqqan.
Iqtisodiyotga
oid bilimlarga dastlab, antik dunyoning ko‘zga
ko‘ringan olimlari Ksenofont, Platon, Aristotel asarlarida, shuning-
dek, qadimgi Misr, Xitoy, Hindiston va Markaziy Osiyo olimlarining
asarlarida e’tibor qaratilgan edi.
Biz ming yillar osha bizgacha yetib kelgan muqaddas Qur’oni Karim,
hadislar,
Qobusnoma, Ibn Xoldun asarlari, bobolarimiz Abu Ali Ibn
Sino, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayxon Beruniy, Alisher Navoiy, Mir-
zo Ulug'bek, Zaxiriddin Muxammad Bobur asarlarini o ‘qir ekanmiz,
ularda insonning yashashi uchun tabiat ehsonlari yetarli emasligi,
ijodiy mehnat qilish kerakligi qayta-qayta uqtirilganligiga yana bir
karra amin bo‘lamiz.
Jumladan, arab mutafakkiri Ibn Xoldun Abdu-
rahmon Abu Zayd (1332-1406)ning iqtisodiyot bilimlarini rivoj-
lantirishdagi hissasi juda kattadir. U o‘zining 1370-yilda yozilgan
«Kitob-ul-ibar» («Ibratli misollar kitobi») asarida dunyoda birinchi
22
bo‘lib tovaming ikki xil xususiyatini - iste’mol
qiymati va qiymat
tushunchalarini, oddiy va murakkab mehnatni, zaruriy va qo‘shimcha
mehnat hamda zaruriy va qo‘shimcha mahsulot tushunchalarini ajrata
bildi. Shuningdek, Ibn Xoldun tomonidan tovarlami ayirboshlash ja-
rayonida ular bir-biriga taqqoslanganda mehnatni tenglashtirish shak-
lida yuzaga chiqishi, ya’ni tovarda gavdalangan mehnatning miqdori
va uning nafliligining hisobga olinishi ham ta’kidlangan2.
Alisher Navoiyning iqtisodiy masalalarga oid g‘oyalari «Vaqfi-
ya» (1482) va «Mahbub-ul-qulub» (1500) asarlarida bayon etilgan.
U mahsulotni uch qismga bo‘lib, birinchi qismini ketgan xarajatga,
ikkinchi qismini o ‘zining va oilasining ehtiyojlariga,
uchinchi qis-
mini esa aholining ijtimoiy manfaatlari uchun sarflashga chaqiradi.
Bundan tashqari mahsulotni yaratishda mehnatning roliga va ishlab
chiqarish vositalarining ishtirokiga alohida e’tibor beradi. Shu bi
lan birga boylikni halol mehnat bilan topish, to‘plash va foydalanish
zarurligini ta’kidlaydi3.
Lekin Aristoteldan boshlab butun dunyoning, jumladan Marka-
ziy Osiyoning ko‘pgina olimlari iqtisodiyotni izchil o ‘rganish aso
sida uning ko‘pgina qonun-qoidalarini, tushunchalarini yoritib bergan
bo‘lsalar ham, hali iqtisodiyot nazariyasi fan sifatida shakllanmagan edi.
Iqtisodiyot nazariyasi mustaqil fan sifatida ko‘pgina
mamlakat-
larda milliy bozor shakllangan va jahon bozori vujudga kelayotgan
davrlarda «siyosiy iqtisod» nomi bilan shakllana boshladi.
Siyosiy iqtisod grekcha so‘zdan olingan bo‘lib «politikos» - ijti
moiy, «oykos» - uy, uy xo‘jaligi, «nomos» - qonun degani. Y a’ni
uy yoki ijtimoiy xo‘jalik qonunlari m a’nosini beradi. 1575-1621-yil-
larda yashab, ijod qilgan fransuz iqtisodchisi Antuan Monkreten bi
rinchi marta 1615-yilda «Siyosiy iqtisod traktati» nomli kichik ilmiy
asar yozib, bu fanni mamlakat miqyosida iqtisodiyotni boshqarish
fani sifatida asosladi. Keyinchalik klassik iqtisodchilar bu fikmi tas-
diqlab, siyosiy iqtisod keng m a’noda moddiy hayotiy vositalami ish-
Dostları ilə paylaş: