Toshkent davlatiqtisodiyot universiteti b. Y. Xodiyev, sh sh. Shodmonov


-rasm. Iqtisodiy resurslar va ehtiyojlarning qondirilish darajasi



Yüklə 18,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/623
tarix21.10.2023
ölçüsü18,63 Mb.
#130194
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   623
1.2-rasm. Iqtisodiy resurslar va ehtiyojlarning qondirilish darajasi
o ‘rtasidagi bog‘liqlik
Cheklangan iqtisodiy resurslardan unumli foydalanib, ishlab 
chiqarish imkoniyatlarini va binobarin ehtiyojlami qondirish dara-
21


jasini oshirish zarurligi iqtisodiyot oldiga quyidagi muammolami 
qo‘yadi:
1) ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishning optimal variantlarini 
(eng zarur va tejamli turlarini) tanlab olish va resurslami ko‘proq ish­
lab chiqarishga jalb qilish;
2) mavjud resurslarning har bir birligidan tejab-tergab, samarali 
foydalanish;
3) fan-texnika yutuqlarini va yangi texnologiyalami joriy qilib, 
yangi energiya, material, xomashyo turlari, ulaming manbalarini topib, 
foydalanishgajalb qilish, resurslar unumdorligining oshishiga erishish.
Bu muammolami hal qilish zaruriyati kishilardan chuqur iqti­
sodiy boshqa bilimlarga ega bo‘lib, doimo izlanish va yuksalishda 
bo‘lishini taqozo qiladi.
1.2. Iqtisodiyot nazariyasining fan sifatida shakllanishi
Iqtisodiy hayot sirlarini bilish va shu yo‘ldagi faoliyatning asosiy 
yo‘nalishlarini aniqlashga intilish juda qadim zamonlardan mavjud 
bo‘lib, bu intilish iqtisodiy faoliyatni tartibga solish, uni kishilarga 
kerak bo‘lgan tomonga yo‘naltirishga ijobiy ta’sir etish zaruriyatidan 
kelib chiqqan.
Iqtisodiyotga oid bilimlarga dastlab, antik dunyoning ko‘zga 
ko‘ringan olimlari Ksenofont, Platon, Aristotel asarlarida, shuning- 
dek, qadimgi Misr, Xitoy, Hindiston va Markaziy Osiyo olimlarining 
asarlarida e’tibor qaratilgan edi.
Biz ming yillar osha bizgacha yetib kelgan muqaddas Qur’oni Karim, 
hadislar, Qobusnoma, Ibn Xoldun asarlari, bobolarimiz Abu Ali Ibn 
Sino, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayxon Beruniy, Alisher Navoiy, Mir- 
zo Ulug'bek, Zaxiriddin Muxammad Bobur asarlarini o ‘qir ekanmiz, 
ularda insonning yashashi uchun tabiat ehsonlari yetarli emasligi, 
ijodiy mehnat qilish kerakligi qayta-qayta uqtirilganligiga yana bir 
karra amin bo‘lamiz. Jumladan, arab mutafakkiri Ibn Xoldun Abdu- 
rahmon Abu Zayd (1332-1406)ning iqtisodiyot bilimlarini rivoj- 
lantirishdagi hissasi juda kattadir. U o‘zining 1370-yilda yozilgan 
«Kitob-ul-ibar» («Ibratli misollar kitobi») asarida dunyoda birinchi
22


bo‘lib tovaming ikki xil xususiyatini - iste’mol qiymati va qiymat 
tushunchalarini, oddiy va murakkab mehnatni, zaruriy va qo‘shimcha 
mehnat hamda zaruriy va qo‘shimcha mahsulot tushunchalarini ajrata 
bildi. Shuningdek, Ibn Xoldun tomonidan tovarlami ayirboshlash ja- 
rayonida ular bir-biriga taqqoslanganda mehnatni tenglashtirish shak- 
lida yuzaga chiqishi, ya’ni tovarda gavdalangan mehnatning miqdori 
va uning nafliligining hisobga olinishi ham ta’kidlangan2.
Alisher Navoiyning iqtisodiy masalalarga oid g‘oyalari «Vaqfi- 
ya» (1482) va «Mahbub-ul-qulub» (1500) asarlarida bayon etilgan. 
U mahsulotni uch qismga bo‘lib, birinchi qismini ketgan xarajatga, 
ikkinchi qismini o ‘zining va oilasining ehtiyojlariga, uchinchi qis- 
mini esa aholining ijtimoiy manfaatlari uchun sarflashga chaqiradi. 
Bundan tashqari mahsulotni yaratishda mehnatning roliga va ishlab 
chiqarish vositalarining ishtirokiga alohida e’tibor beradi. Shu bi­
lan birga boylikni halol mehnat bilan topish, to‘plash va foydalanish 
zarurligini ta’kidlaydi3.
Lekin Aristoteldan boshlab butun dunyoning, jumladan Marka- 
ziy Osiyoning ko‘pgina olimlari iqtisodiyotni izchil o ‘rganish aso­
sida uning ko‘pgina qonun-qoidalarini, tushunchalarini yoritib bergan 
bo‘lsalar ham, hali iqtisodiyot nazariyasi fan sifatida shakllanmagan edi.
Iqtisodiyot nazariyasi mustaqil fan sifatida ko‘pgina mamlakat- 
larda milliy bozor shakllangan va jahon bozori vujudga kelayotgan 
davrlarda «siyosiy iqtisod» nomi bilan shakllana boshladi.
Siyosiy iqtisod grekcha so‘zdan olingan bo‘lib «politikos» - ijti­
moiy, «oykos» - uy, uy xo‘jaligi, «nomos» - qonun degani. Y a’ni 
uy yoki ijtimoiy xo‘jalik qonunlari m a’nosini beradi. 1575-1621-yil- 
larda yashab, ijod qilgan fransuz iqtisodchisi Antuan Monkreten bi­
rinchi marta 1615-yilda «Siyosiy iqtisod traktati» nomli kichik ilmiy 
asar yozib, bu fanni mamlakat miqyosida iqtisodiyotni boshqarish 
fani sifatida asosladi. Keyinchalik klassik iqtisodchilar bu fikmi tas- 
diqlab, siyosiy iqtisod keng m a’noda moddiy hayotiy vositalami ish-

Yüklə 18,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   623




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə