Toshkent davlatiqtisodiyot universiteti b. Y. Xodiyev, sh sh. Shodmonov



Yüklə 18,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/623
tarix21.10.2023
ölçüsü18,63 Mb.
#130194
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   623
marksizm 
deb nomlangan nazariy yo‘nalish 
o ‘zlarining nazariyasida jamiyat taraqqiyotiga tabiiy-tarixiy jarayon 
deb qarab, ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalar, ulaming iqtisodiy tuzumi, 
tarkibiy qismlari, vujudga kelish, rivojlanish va boshqasi bilan al- 
mashish sabablari to‘g ‘risidagi ta’limotni hamda qo‘shimcha qiymat 
nazariyasini yaratdilar.
Iqtisodiyot nazariyasi predmetining yangicha talqini xo‘jalik yuri- 
tishning bozor tizimi to‘g‘risidagi 
marjinalizm 
deb atalgan yangi 
bir ta’limotni yaratdi. U inglizcha so‘zdan olingan bo‘lib, so‘nggi, 
qo‘shilgan degan m a’noni beradi. Uning asoschilari Avstriya iqti­
sodiy maktabining namoyandalari (K.Menger, F.Vizer, Bem-Baverk 
va b.) bo‘lib, ular tomonidan qo‘shilgan tovar nafliligining, qo‘shilgan 
mehnat yoki resurs unumdorligining pasayib borish qonuni degan naza- 
riyalar ishlab chiqildi. Marjinalizm nazariyasi aniq olingan tovarga 
bo‘lgan talab va uning narxi o‘rtasidagi bog‘liqlik va o‘zaro ta’sirini 
tahlil qilishda keng qo‘llanildi.
26


Iqtisodiyot nazariyasining yangi yo‘nalishi 
neoklassik, 
ya’ni yan­
gi klassik deb nom oldi. Bu nazariyaning yirik namoyandalaridan bin 
A.Marshall bo‘lib, u iqtisodiy jarayonning funksional bog‘lanishi va 
funksional nisbatlarini ishlab chiqishga harakat qildi, bozor muvo- 
zanatini va narxni aniqlovchi omillar talab va taklifdan iborat deb qa- 
radi. Bu nazariy yo‘nalishning namoyandalaridan biri shveysariyalik 
iqtisodchi Leon Valras bo‘lib, u umumiy iqtisodiy muvozanat modeli- 
ning nusxasini ishlab chiqishga harakat qildi.
Avstriya iqtisodiy maktabining namoyandasi Y.Shumpeter «Iqti­
sodiy taraqqiyot nazariyasi» (1912) nomli kitobida iqtisodiy tizimlar 
o ‘zgarishining ichki kuchlarini, ulaming ichki mazmunini va turtki 
beruvchi kuchini ko‘rsatishga harakat qildi va u iqtisodiyotni hara- 
katga keltiruvchi asosiy kuch tadbirkorlik degan xulosaga keldi.
Iqtisodiyot nazariyasining hozirgi zamon yo‘nalishlaridan biri 

Yüklə 18,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   623




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə