Toshkent davlatiqtisodiyot universiteti b. Y. Xodiyev, sh sh. Shodmonov


Insonning shaxsiy manfaati, qiziqishlari va turmush tarziga



Yüklə 18,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/623
tarix21.10.2023
ölçüsü18,63 Mb.
#130194
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   623
Insonning shaxsiy manfaati, qiziqishlari va turmush tarziga
moslab qondirilishi mumkin bo‘lgan ehtiyojlar yakka tarz­
da qondiriluvchi ehtiyojlar deyiladi. 
Ularga ovqatlanish, kiyinish 
kabilami misol qilish mumkin. Hatto ovqatlanish jarayoni birgalik­
da (oilaviy yoki bir necha kishilar bilan) amalga oshirilgan taqdirda 
ham, har bir kishining ovqatga bo‘lgan ehtiyoj i alohida, yakka tarzda 
qondiriladi.
Odatda kishilaming turli darajalardagi guruhi (oila, jamoa,
mamlakat fuqarolari va h.k.) tomonidan birgalikda namoyon
etiluvchi ehtiyojlar birgalikda qondiriluvchi ehtiyojlar deyiladi.
Masalan, ta’lim olish binolari, kasalxonalardan, dam olish joylari- 
dan bahramand bo‘lish, sport o‘yinlari va ko‘ngilochar tomoshalami 
birgalikda ko‘rish, mamlakat mudofaasi va tinchligini saqlash kabilar 
shular jumlasidandir.
Birlamchi ehtiyoj - bu insonning hayotiy faoliyatida zarurlik
darajasi nisbatan yuqori bo‘lgan va shu sababli, birinchi nav-
batda qondiriladigan ehtiyoj. 
Inson hali bilim olishi, san’at bilan 
shug‘ullanishi, madaniy hordiq chiqarishidan ilgari oziq-ovqat
kiyim-kechak, uy-joyga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirishi lozim.
18


Ikkilamchi ehtiyoj - bu birlamchi ehtiyojlar qondirilib bo‘l-
gandan so‘ng namoyon bo‘ladigan va qondiriladigan ehtiyoj. 
Bu
turdagi ehtiyojlar odatda ijtimoiy tavsif kasb etib, ularga bilim olish, 
malaka oshirish, san’at bilan shug‘ullanish, dam olish va h.k.lami kiri- 
tish mumkin.
Yakka ehtiyoj - bu alohida shaxsning ijtimoiy-iqtisodiy mav-
qei, dunyoqarashi va boshqa xususiyatlari ta’sirida shakllanuv-
chi ehtiyoji. 
Jamiyatdagi kishilar soni qanchalik ko‘p bo‘lmasin, ular 
o‘z ehtiyojlarining tarkibi, darajasi va qondirilish vositalari jihatidan 
ozmi-ko‘pmi farqlanadilar. Masalan, katta yoshdagi odamlar va bola- 
lar, erkaklar va ayollar, oliy m a’lumotlilar va m a’lumotsizlar, sport- 
chilar va spirtli ichimliklarga moyil kishilar va hokazolaming yakka 
ehtiyojlari tarkibi o ‘zaro farq qiladi. Hattoki, bir jinsdagi, o‘zaro teng 
va boshqa belgilari bo‘yicha o‘xshash insonlaming yakka ehtiyojlari 
ba’zi bir jihatdan farq qilishi mumkin.

Yüklə 18,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   623




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə