Toshkent davlatiqtisodiyot universiteti b. Y. Xodiyev, sh sh. Shodmonov


Taqsimot - ishlab chiqarish omillari va uning natijalarini iqti-



Yüklə 18,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/623
tarix21.10.2023
ölçüsü18,63 Mb.
#130194
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   623
Taqsimot - ishlab chiqarish omillari va uning natijalarini iqti-
sodiyotning turli qism va subyektlari o‘rtasida taqsimlash jara­
yoni. 
Bu bosqichda, eng aw alo, ishlab chiqarish vositalari, kapital, 
ishchi kuchi va boshqa resurslar turli tarmoqlar, sohalar, hududlar va 
nihoyat, korxonalar o‘rtasida taqsimlanadi. Bundan tashqari, ishlab 
chiqarish natijasi bo‘lgan tovar va xizmatlar, ulaming pul holidagi 
ko‘rinishi bo‘lgan daromadlar ham taqsimlanadi.
Bizning misolimizdagi non mahsulotini ishlab chiqarish uchun 
ham ushbu faoliyat sohasiga kerakli resurslar - traktorlar, omochlar, 
seyalkalar, kombaynlar, yuk mashinalari, tegirmonlar va tandirlar; 
ulami ishga soluvchi traktorchi, haydovchi, dehqon, ishchi va non- 
voylar - barchasi taqsimot jarayonidan o‘tadi. Ular aynan mehnat 
taqsimoti va ixtisoslashuv tufayli turli-tuman faoliyat va jarayonlar 
bo‘yicha o‘z o‘milarini topadilar. Shuningdek, tayyor bo‘lgan non 
mahsulotini sotishdan olingan daromad ham turli kasb egalari - trak­
torchi, haydovchi, dehqon, ishchi va nonvoy o‘rtasida, mulk egalari 
o ‘rtasida taqsimlanadi. Ular mahsulotdagi o ‘z ulushlarini ish haqi 
yoki foyda, foiz, renta ko‘rinishida oladilar.
15


Taqsimot qancha adolatli va to‘g‘ri bo‘lsa, ishlab chiqarishning 
yuksalishiga shuncha ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, uni rag‘batlantiradi.
Ayirboshlash - jam iyat a’zolarining iqtisodiy faoliyat tur-
lari yoki ishlab chiqarish natijalari bo‘yicha ma’lum bir
o ‘lcham (masalan, qiymat miqdori) asosida o‘zaro almashish
jarayoni. 
Mehnat taqsimoti natijasida ayrim guruh kishilar tovar 
va xizmatlarning m a’lum turlarini ishlab chiqarish va yetkazib be- 
rishga ixtisoslashadilar. Har bir tovar turini ishlab chiqaruvchi o ‘z 
tovarini sotib, o ‘ziga kerakli bo ‘lgan boshqa tovar yoki xizmatlar- 
ni sotib oladi. Jumladan, bizning misolimizdagi nonvoy ham o ‘z 
mahsuloti - nonni sotib, tushgan puliga qassobdan - go‘sht, deh- 
qondan - sabzavotlar, do ‘kondordan - kiyim-kechak va boshqa 
zarur tovarlarni sotib oladi.
Natijada turli xil yo‘nalishdagi ishlab chiqaruvchilar yoki xizmat 
ko‘rsatuvchilar o‘rtasida iqtisodiy aloqa - ayirboshlash, pul orqali 
oldi-sotdi jarayoni sodir bo‘ladi.

Yüklə 18,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   623




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə