Toshkent davlatiqtisodiyot universiteti b. Y. Xodiyev, sh sh. Shodmonov


Iste’mol - ehtiyojlarni qondirish maqsadida mahsulot va xiz­



Yüklə 18,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/623
tarix21.10.2023
ölçüsü18,63 Mb.
#130194
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   623
Iste’mol - ehtiyojlarni qondirish maqsadida mahsulot va xiz­
matlarning ishlatilishi, foydalanilishi jarayoni. 
Iste’mol takror 
ishlab chiqarishning oxirgi fazasi bo‘lib, bu jarayon orqali jamiyat 
a ’zolarining turli-tuman ehtiyojlari qondiriladi. Iste’mol ikki turda 
bo‘ladi: ishlab chiqarish (unumli) iste’moli va shaxsiy iste’mol. 
Ishlab chiqarish jarayonida ishlab chiqarish vositalari va ishchi ku- 
chidan foydalanish 
unumli iste’mol 
deyiladi. Nonvoy ishlatgan un, 
ko‘mir yoki tabiiy gaz, o ‘simlik moyi - bulaming barchasi unumli 
iste’mol hisoblanadi. Chunki, bularning barchasi mahsulot ishlab 
chiqarishga yo‘naltirilgan b o ‘ladi. Iste’mol buyumlarining ehtiyoj- 
lami qondirish maqsadida o‘z ahamiyati bo‘yicha pirovard ravishda 
ishlatilishi 
shaxsiy iste’mol 
deyiladi. Nonvoy tayyorlagan nonning 
odamlar tomonidan sotib olinib, iste’mol qilinishi shaxsiy iste’molni 
anglatadi. Mahsulot va xizmatlar shaxsiy iste’molidan so‘ng, ular 
o ‘miga yana yangisini ishlab chiqarish zarurati paydo bo‘ladi.
Shunday qilib, tovar va xizmatlar, resurslar harakati doimo 
to‘xtovsiz takrorlanib turadigan jarayondir (1.1-rasm):
16


1.1-rasm. Tovarlar, xizmatlar va resurslarning takror ishlab chiqarish
fazalaridagi harakati
Iqtisodiyotning doimiy va bosh masalasi - ehtiyojiarning cheksiz-
ligi va iqtisodiy resurslarning cheklanganligi hamda ular o‘rtasidagi
ziddiyatning hal qilinishidir. 
Bu masalani to‘g‘ri tushunish uchun, eng 
awalo, ehtiyojning mohiyatini, uning turlarini bilish zarur.
Insonning yashashi va kamol topishi, umuman insoniyatning
rivojlanishi uchun kerak bo‘lgan hayotiy vositalarga bo‘lgan
zarurati iqtisodiyot nazariyasi fanida ehtiyoj deb ataladi.
Barcha hayotiy ehtiyojlar (iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ma’naviy, 
siyosiy ehtiyojlar) ichida ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlar alohida o‘rin 
tutadi. Bu ehtiyojlar kishilaming yashashi, mehnat qilishi va hayot 
kechirishi uchun turli ne’matlar hamda xizmatlarga zaruratdan iborat 
bo‘ladi. Shu jihatdan olganda ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlar moddiy va 
m a’naviy ehtiyojlami o ‘z ichiga oladi.

Yüklə 18,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   623




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə