Toshkent davlatiqtisodiyot universiteti b. Y. Xodiyev, sh sh. Shodmonov


Ushbu cheklangan iqtisodiy resurslardan oqilona foydalanib



Yüklə 18,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/623
tarix21.10.2023
ölçüsü18,63 Mb.
#130194
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   623
Ushbu cheklangan iqtisodiy resurslardan oqilona foydalanib,
aholining to‘xtovsiz о‘sib boruvchi ehtiyojlarini qondirish maq-
sadiga erishish, resurslar va mahsulotlarni to‘g‘ri taqsimlash
yo‘llarini topish iqtisodiyotning asosiy mazmunini tashkil etadi.
Iqtisodiyot qamrov darajasiga qarab turlicha bo‘lishi mumkin: ja- 
hon iqtisodiyoti, milliy iqtisodiyot, tarmoq iqtisodiyoti, mintaqa va 
hudud iqtisodiyoti, korxona yoki firma iqtisodiyoti, oila iqtisodiyoti. 
Ba’zan ulami yaxlitlashtirib, makroiqtisodiyot va mikroiqtisodiyot 
deb ataladi. Iqtisodiyotning bu turlari, darajalari, shakllari qanday 
bo‘lishidan qat’iy nazar ulaming hammasi bir maqsadga bo‘ysungan: 
u ham bo ‘lsa insoniyatning yashashi, ko‘payishi va kamol topishi 
uchun shart-sharoit yaratib berish, turli xil hayotiy vositalami yaratib, 
ulaming ehtiyojlarini qondirib borishdan iboratdir. Shunday ekan, 
iqtisodiyot inson hayotining asosini, uning poydevorini tashkil etib, 
uning o ‘zi ham insonsiz, uning faoliyatisiz mavjud bo‘lmaydi va 
mazmunga ham ega emas.
Inson tomonidan yaratilgan tovarlar va xizmatlaming, resurs- 
laming doimo harakatda bo‘lib, takror-takror ishlab chiqariladi 
va iste’mol qilinadi, ulaming bu to ‘htovsiz harakati 
takror ishlab
chiqarish 
deyiladi. Takror ishlab chiqarish quyidagi fazalar birligi- 
dan iboratdir:
1) 
ishlab chiqarish jarayoni;
2) 
taqsimlash jarayoni;
3) 
ayirboshlash jarayoni;
4) 
iste’mol qilish jarayoni.
Ishlab chiqarish - kishilik jamiyatining mavjud bo‘lishi va
rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan hayotiy ne’matlarni yaratish ja-
1 Зубко H.M. Экономическая теория. - Минск: НТЦ АПИ, 1998. 61-6.
14


rayoni. 
Barcha tovar va xizmatlar ishlab chiqarish jarayonida yarati- 
lishi sababli, u takror ishlab chiqarishning eng asosiy va boshlang‘ich 
fazasi hisoblanadi. Agar ishlab chiqarilmasa, taqsimlanadigan, ayir- 
boshlanadigan va nihoyat, iste’mol qilinadigan narsalar bo‘lmaydi.
Misol uchun, odamlaming non mahsulotiga bo‘lgan ehtiyojini 
qondirish uchun eng kamida quyidagi asosiy jarayonlam i amalga 
oshirish lozim: ekin maydonlarini haydash va ularga ishlov berish; 
yerga urug‘ qadash va unib chiqib, to hosil yetishguncha parvarishlash; 
g‘allani o‘rish va don omborlariga joy lash; donni tegirmondan chiqa- 
rib, un mahsuloti olish; undan non zavodlari yoki nonvoyxonalarda 
non tayyorlash. 0 ‘z o ‘rnida, har bir jarayon uchun kerakli bo‘lgan 
mehnat vositalarini ham ishlab chiqish kerak bo‘ladi. Masalan, ekin 
maydonini haydash uchun traktorlar, omochlar; urug‘ qadash uchun 
seyalkalar; g ‘allani o ‘rish uchun kombaynlar; omborga tashish uchun 
yuk mashinalari; donni yanchish uchun tegirmonlar; non yopish 
uchun tandirlar va hokazo. Agar bu vositalaming birortasi bo'lmasa, yo 
ishlab chiqarish jarayoni to‘xtaydi yoki samaradorligi pasayib ketadi.

Yüklə 18,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   623




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə