Toshkent davlatiqtisodiyot universiteti b. Y. Xodiyev, sh sh. Shodmonov



Yüklə 18,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/623
tarix21.10.2023
ölçüsü18,63 Mb.
#130194
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   623
iqtisodiy ziyraklik 
- yuksak ma’naviyatli shaxs 
fazilatlaridan biri bo‘lib, uni chuqur iqtisodiy bilim va ko‘nikmalarsiz 
tasavvur etish mumkin emas. Shuningdek, «Iqtisodiyot nazariyasi» 
fani kishilaming jamiyat iqtisodiy hayotini tashkil etish, unda faol 
ishtirok etish, yanada rivojlantirish borasida jamiyat va davlat oldi- 
dagi javobgarliklari, ya’ni 
iqtisodiy mas’uliyatlarini 
tarbiyalashda 
yetakchi o‘rin egallaydi. Biz qurayotgan erkin, ijtimoiy yo‘naltirilgan 
bozor iqtisodiyotiga asoslangan demokratik fuqarolik jamiyatiga 
barcha jamiyat a’zolarida 
iqtisodiy madaniyatlilikni 
shakllantirish 
orqali erishishimiz mumkin. Bu esa amaldagi iqtisodiy qonunlar, qoi- 
dalar to‘g‘risidagi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lib, o‘zlashtirilgan 
bilimlar asosida mehnat va ishlab chiqarish faoliyatlarini tashkil eta 
olish xususiyatini namoyon etib, uni faqat mazkur fan xizmatlari 
orqali ta’minlash mumkin.
«Iqtisodiyot nazariyasi» fani faqat bilish bilan cheklanmay, balki 
iqtisodiy bilim va ko‘nikmalarning turli darajadagi amaliy tat-
biqi 
bilan ham shug‘ullanadi. U davlatning iqtisodiy siyosatini shakl­
lantirish, iqtisodiy islohotlami samarali amalga oshirish uchun zarur 
bo‘lgan nazariy qoida va amaliy tavsiyalami ishlab chiqishda faol 
ishtirok etadi.
«Iqtisodiyot nazariyasi» fanining bugungi kundagi ahamiyati yosh 
avlodda vatan va el-yurt ravnaqi yo‘lida fidokorona mehnat hissini, 
turli mafkuraviy xurujlarga o‘z fikri bilan qarshi tura olish qobiliya- 
tini tarbiyalash kabi muhim vazifalarni bajarish orqali tobora oshib 
bormoqda.
«Iqtisodiyot nazariyasi» fanining ahamiyati uning 
metodologik
vazifasi 
orqali ham namoyon bo‘lib, fanning o‘zi, tahlili va tamoyil- 
lari, olingan xulosalar, tadqiq etilayotgan iqtisodiy qonunlar boshqa 
ijtimoiy va tarmoq fanlari uchun uslubiy asos bo‘lib xizmat qiladi. 
«Iqtisodiyot nazariyasi» fanini chuqur o ‘rganish, uning qoida va 
tushunchalarini bilish boshqa iqtisodiy fanlami o‘zlashtirish va yanada 
rivojlantirishning garovi hisoblanadi.
Lekin hozirgi davrdagi bozor iqtisodiyotining ichki sir-asrorlarini, 
uning haqiqiy qiyofasini, unda sodir bo‘lib turadigan nomutanosiblik, 
ishsizlik va inqirozlar kabi nohush voqea va hodisalaming sabablarini
6


sinchiklab o‘rganishga intilayotgan o‘quvchi va talabalarimiz, iqti­
sodiyotning muammoli tugunlarini yechishga harakat qilayotgan rah- 
bar xodimlar, iqtisodchi mutaxassislar, bozor iqtisodiyoti bilan qiziqa- 
yotgan keng kitobxonlar ommasi talablariga javob beradigan o‘zbek 
tilidagi adabiyotlar, qo‘llanmalar, ayniqsa, oliy o ‘quv yurtlari tala- 
balari uchun tayyorlangan darsliklar yetarli emas. Darsliklar va o‘quv 
qo‘llanmalari yetishmasligi bo‘yicha oliy o‘quv yurtlari va kollej- 
lardagi ahvol o ‘rganilib, mamlakatimiz prezidenti Sh.Mirziyoyevning 
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-yanvarda bo‘lib o ‘tgan ken- 
gaytirilgan m ajlisidagi m a’ruzasida darslik, maxsus va badiiy 
adabiyotga bo‘lgan real ehtiyojni o ‘rganib, turli darsliklami yaratish, 
ularni boshqa tillarga tarjima qilish, o ‘quv yurtlari, kutubxona va 
axborot-resurs markazlarini ta’minlash bo‘yicha qo‘ygan vazifalaridan 
kelib chiqib, “Iqtisodiyot nazariyasi” fani bo‘yicha mazkur darslik 
qayta tayyorlandi.
Albatta, bu vazifaning uddasidan chiqish oson ish emas. Qo‘yilgan 
vazifaning murakkabligi shundan iboratki, shu davrgacha dunyodagi 
hech bir mamlakat iqtisodiy jarayonlami boshqarish va harakatlami 
uyg‘unlashtirishning bir mexanizmidan butunlay boshqasiga birdani- 
ga o‘tgan emas. Bu uzoq davmi talab qiladigan jarayon bo‘lib, alohi- 
da davmi taqozo qiladi. Uning hamma uchun bir xil bo‘lgan o‘lchami 
va nusxalari ham yo‘q.
Shunday ekan, bozor iqtisodiyoti davrini va mamlakatimizda 
hozirgi davrdagi iqtisodiy islohotlami, o ‘zgaruvchan xo‘jalik tizimini 
faqat AQSH yoki Yevropa mamlakatlarida mavjud bo‘lgan, ko‘plari 
eskirib ketgan, o ‘z mamlakatlarida ham inqirozlaming oldini olish, 
iqtisodiyotni tartibga solish yo‘llarini k o ‘rsata olmagan va munozarali 
bo‘lib, bizning real iqtisodiy hayotimizdan ancha uzoq bo‘lgan naza- 
riyalar asosida iqtisodiyotning rivojlanish yo‘lini yoritib bo‘lmaydi. 
Shuningdek, bizning iqtisodiy tafakkur tariximizda uzoq vaqt hukmron 
bo‘lgan, iqtisodiy hodisalami asosan sinfiy nuqtai nazaridan va sinfiy 
kurash jihatlaridan olib qaragan, iqtisodiy taraqqiyotning umuminsoniy 
tomonlarini keyingi o‘ringa surgan eski marksistik yo‘nalishdagi aqida 
va qoidalarga asoslanib ham bozor xo‘jaligi hamda hozirgi zamon iqti- 
sodiyotidagi bir qator hodisalami tushuntirib bo‘lmaydi.


Mazkur darslikni tayyorlashda AQSHda, Yevropa mamlakatlari- 
da, Yaponiya, Xitoy, Malayziya, Singapur va boshqa qator mam- 
lakatlarda mavjud bo‘lgan adabiyotlardagi g‘oyalar, shuningdek, 
klassik va hozirgi zamon iqtisodiy nazariyalarining asosiy g‘oyalarini 
tanqidiy o‘rganib, ulaming foydali ratsional mag‘zini olishga harakat 
qilingan. Shu bilan birga, jahonga mashhur alloma, davlat arbobi si- 
fatida tanilgan o ‘tmishdagi vatandoshlarimiz tomonidan ilgari suril- 
gan iqtisodiy g ‘oya va fikrlar, qoidalarning asosiy mazmuni darslikka 
kiritilgan. Bunda u yoki bu guruhning yoki sinfhing manfaati emas, 
birinchi navbatda, umuminsoniy, umumdavlat manfaatlari va qadri- 
yatlar, Vatanimiz iqtisodiy rivoji manfaati asos qilib olingan va unga 
bir qadar ustuvorlik berilgan.
Darslikda mustaqil rivojlanayotgan Vatanimizning ravnaq topishi, 
bozor iqtisodiyoti sharoitida yashashimiz, faoliyat ko‘rsatishimiz, 
iqtisodiy munosabatda bo‘lishimizni hisobga olib, bozor iqtisodiyoti 
muammolarini, uning sabab-oqibatlarini, qonun-qoidalarini, tushun- 
chalarini, ulaming qay darajada, qanday shaklda amal qilayotgan- 
ligini batafsilroq yoritishga harakat qilingan. Unda iqtisodiy jarayon- 
laming faqat yuzaki, ko‘rinib turgan tomonlarigagina emas, shu bilan 
birga, ulaming ichki mohiyati, ziddiyatlari va bog‘lanishlariga, iqti­
sodiy jarayonlaming sabab va oqibatlariga alohida e’tibor berilgan. 
Mazkur darslikda 0 ‘zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o‘tish davri va 
hozirgi davrda respublikamiz iqtisodiy taraqqiyotining muammolari, 
ayniqsa, qabul qilingan qonun, qaror va farmonlarda, prezidentimiz 
Sh.Mirziyoyevning m a’ruza va nutqlarida bayon etilgan tamoyillar, 
xususiyatlar ham qamrab olishga harakat qilingan hamda nazari- 
yani amaliyotga yaqinlashtirish maqsadida bozor iqtisodiyotining 
ko‘pgina umumiy qonun-qoidalari bevosita 0 ‘zbekiston hayoti mi- 
solida yoritilgan.
Darslikni tayyorlashda dialcktik, ilmiy asbtraksiya, tahlil va sin- 
tez, tarixiylik va mantiqiylikning birligi va boshqa qator ilmiy usul- 
lardan foydalanilgan. Bunda, ayniqsa, har bir iqtisodiy voqea, hodisa, 
jarayon va tushunchalar bir-biriga qarama-qarshi bo‘lgan ikki tomon 
birligidan iborat deb qaralib, ikki tomonlama yondashuv va tahlil usu- 
li kengroq qoilanilgan, shu yo‘l bilan yoritilayotgan masalaning asl
8


mohiyatini tushunish osonlashtirilgan. Asosiy iqtisodiy tushunchalar- 
ni soddaroq qilib, oddiy tilda misollar, jadvallar, rasmlar va grafiklar 
asosida tushuntirishga harakat qilingan.
Ushbu darslik yangi davlat standard talablari bo‘yicha tuzilgan va 
Respublika muvofiqlashtirish komissiyasi tomonidan tavsiya etilgan 
dastur asosida yozilgan. Unda dasturdagi mavzular asosan qamrab 
olingan, ko‘pgina materiallar imkon darajasida qisqartirib berilgan. 
Shuning uchun matnda kamchilik va munozarali jihatlar ham bo‘lishi 
mumkin.
Darslikni tayyorlashda o ‘qitishning yangi pedagogik va informat- 
sion texnologiyalar talablari va xususiyatlari hisobga olinib, har bir 
bobdan keyin xulosalar, asosiy tayanch tushunchalar va atamalar, 
shuningdek, takrorlash va munozara uchun savollar ham berilgan.
Mazkur darslikning asosiy mazmuni 2000-yilda muvofiqlashtirish 
komissiyasi tomonidan tavsiya etilib, 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy 
va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan nashr qilingan «Iqtisodi­
yot nazariyasi» m a’ruzalar matni, 2002-yilda nashr qilingan «Iqti­
sodiyot nazariyasi» o ‘quv qo‘llanmasi, 2005-yilda va 2010-yilda 
nashr qilingan «Iqtisodiyot nazariyasi» darsliklarida bayon etilgan 
bo‘lib, ko‘pchilikning muhokamasi va mulohazasidan o ‘tgan. Ushbu 
matnda yuqoridagi kitoblaming asosiy mazmuni saqlanib qolingan 
holda, keyingi yillarda, ayniqsa hozirgi davrda mamlakatimiz iqti­
sodiy hayotida sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar, yangi qabul qilingan 
qonunlar va qarorlar, Prezidentimizning m a’ruza va nutqlarida ilgari 
surilgan g‘oyalar, shuningdek, AQSH, Yevropa mamlakatlari, Ros- 
siya va boshqa xorijiy mamlakatlar hamda mamlakatimizda chop 
etilgan iqtisodiy adabiyotlardagi muhim deb hisoblangan g‘oyalar 
kiritilgan.
Ushbu darslikda iqtisodiy jarayonlar, voqea-hodisalar obyektiv 
tahlil qilinib, yetarli ilmiy-uslubiy asosda yoritishga harakat qilingan. 
Ushbu darslik talaba va o ‘quvchilami nazariy va uslubiy bilim bi­
lan qurollantirib, iqtisodiy jarayonlami bilishga, tafakkur qilishga va 
mustaqil ravishda tahlil qilishga o‘rgatadi, degan umiddamiz.
Iqtisodiyot nazariyasi bo‘yicha mazkur darslik asosan oliy o ‘quv 
yurtlari talabalari va magistrantlari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, shu-
9


ningdek, undan akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o'quvchilari, 
katta ilmiy xodim izlanuvchilar va iqtisodiyot nazariyasi sohasidagi 
bilimlarga qiziquvchi barcha kitobxonlar ham foydalanishi mumkin.
Mualliflar darslikning tuzilishi, mazmuni, muammolarning bayon 
qilinish tartibi va uslubi bo‘yicha bildirilgan har qanday taklif-mulo- 
hazalami mixmatdorchilik bilan qabul qiladi va keyingi ilmiy faoliyat- 
larida, o ‘quv qo‘llanma, darsliklar tayyorlashda hisobga oladi.

Yüklə 18,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   623




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə