Toshkent davlatiqtisodiyot universiteti b. Y. Xodiyev, sh sh. Shodmonov



Yüklə 18,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/623
tarix21.10.2023
ölçüsü18,63 Mb.
#130194
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   623
keynschilik maktabidir. 
1936-yilda ingliz iqtisodchisi Jon Meynard 
Keyns o‘zining «Bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi» de­
gan kitobida makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar: milliy daromad, kapital 
xarajatlar, iste’mol va jam g‘arishning o‘zaro bog‘liqligini tahlil qilib, 
investitsiya va iste’molning eng maqsadga muvofiq tarzda tashkil 
topishi iqtisodiy taraqqiyotning muhim omili deb ko‘rsatadi. Keyns 
ta’limoti, ya’ni keynschilik maktabi ta’sirida iqtisodiyotda makroiqti­
sodiy tahlil yo‘lga qo‘yildi. U iqtisodiyotni tartibga solishda davlat- 
ning faol ishtiroki zarurligini isbotladi.
Hozirgi zamon iqtisodiyot nazariyasining muhim yo‘nalishlaridan 
biri 
monetarizm 
deb ataladi. Agar Keyns nazariyasining ishlab chiqi- 
lishida markaziy muammo ishsizlik bo‘lgan b o ‘Isa, monetarizm 
nazariyasining asosiy muammosi ishlab chiqarish hajmining pasayib 
borish sharoitida inflyatsiyaning vujudga kelishidir. Ushbu holat stag- 
flyasiya degan nom oldi. Monetarizm maktabining asoschisi Milton 
Fridmen bo‘lib, uning iqtisodiyot nazariyasiga qo‘shgan hissasi pul 
nazariyasini yangi mazmun bilan boyitdi. Monetaristlar tovar ishlab 
chiqarish jarayoniga pulning qayta ta’sir etish mexanizmini, pul dastak- 
lari va monetar siyosatning iqtisodiyotni rivojlanishiga ta’sirini chuqur 
tadqiq etishdi. Monetarizm pul-kredit dastaklari yordamida iqtisodiyotni 
tartibga solishda o‘ziga xos yondashuvni vujudga keltirgan nazariyadir.
27


Hozirgi paytda maijinalizm, monetarizm, keynschilik va boshqa qator 
yo‘nalishdagi iqtisodiy nazariyalar yig‘indisi «Ekonomiks» nomli kitob- 
da mujassamlashgan bo‘lib, u AQSH, Angliya va boshqa qator mam- 
lakatlarda darslik sifatida o‘qitiladi. Rus tilidagi taijimasi orqali bizga 
ma’lum bo‘lgan P.Samuelson, R.Makkonnell va L.Bryulaming kitoblari 
uning namunalaridir. Hozirda bu yo‘nalishdagi fan bizda va boshqa qator 
MDH mamlakatlarida «Iqtisodiyot nazariyasi» deb atala boshladi.
Yuqorida bayon etilgan va boshqa qator nazariyalar tahlili shuni 
ko'rsatadiki, «Iqtisodiyot nazariyasi» fan sifatida shakllangunga qa- 
dar bosib o ‘tgan yo‘l va unda vujudga kelgan g‘oyalar, oqimlar juda 
murakkab, ko‘pincha bir-biriga zid va qarama-qarshidir. Shu bilan 
birga aytishimiz kerakki, hech qaysi iqtisodiy maktabning nazari- 
yalari mutlaq va doimiy haqiqat kursisiga egalik qila olmaydi. Har 
bir maktab ma’lum darajada muammolarga bir tomonlama yondash- 
ganligini yoki bo‘lmasa ba’zi bir nazariy savollarni yoritishda ang- 
lashilmovchilikka yo‘l qo‘yganligi bilan ajralib turadi, sababi barcha 
nazariy oqimlar qaysidir ijtimoiy guruh manfaatlari nuqtai nazaridan 
va o ‘sha davr real holatidan kelib chiqqan bo‘lib, masalaga bir to­
monlama yondashuvga yo‘l qo‘yilganligi ko‘rinib turadi. Shunday 
bo‘lsada, ular bir-birini to ‘ldiradi, iqtisodiy jarayonlar va hodisalar- 
ning ichki ziddiyatlarini, qonunlarini ma’lum darajada umumlashtirib 
ifodalaydi. Demak, jamiyat o‘z taraqqiyotini belgilashda alohida bir 
nazariya asiri bo‘lib qolmasligi kerak, chuqur nazariy tahlil asosida 
ulaming salbiy tomonlarini tashlab yuborib, ratsional mag‘izlarini 
olib, ulardan oqilona foydalangan holda jamiyat rivojlanishi umum- 
milliy manfaatlar bilan uyg‘unlashtirilishi zarur.

Yüklə 18,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   623




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə