Toshkent davlatiqtisodiyot universiteti b. Y. Xodiyev, sh sh. Shodmonov


Uslubiyat - bu ilmiy bilishning tamoyillari tizimi, yo‘llari



Yüklə 18,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/623
tarix21.10.2023
ölçüsü18,63 Mb.
#130194
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   623
Uslubiyat - bu ilmiy bilishning tamoyillari tizimi, yo‘llari,
qonun-qoidalari va aniq hadislaridir. 
Bu obyektiv reallikni bi­
lish dialektikasi, mantiqi va nazariyasini o ‘z ichiga oluvchi bir bu- 
tun ta’limotdir. Uslubiyat umumilmiy tavsifga ega, lekin har bir fan 
o‘zining predmetidan kelib chiqib, o‘zining ilmiy bilish usullariga 
ega bo‘ladi. Shuning uchun uslubiyat umumilmiy va ayni vaqtda xu­
susiy bo'ladi.
Dialektik usul 
qoidalari ilmiy bilishning umumiy usuli bo‘lib xiz- 
mat qiladi. Iqtisodiyot nazariyasida qo‘llaniladigan bu tamoyillaming 
ayrimlari quyidagilardir:
1) 
iqtisodiyot bir-biri bilan aloqada, chambarchas bog‘liqlikda, zid- 
diyatda, o‘zaro ta’sir qilib turadigan turli bo‘g‘inlardan, bo‘laklardan 
iborat yaxlit bir jarayonki, u doimo harakatda, rivojlanishda, mazmun 
va shakl jihatdan o ‘zgarib turadigan ichki va tashqi hodisalar bilan 
aloqada bo‘ladi;
35


2) iqtisodiy jarayonning har bir bo'lagini alohida olib, uning o ‘ziga 
xos xususiyatlarini, kelib chiqish va yo‘q bo‘lish sabablari va oqibat- 
larini, uning ijobiy va salbiy jihatlarini, ichki va tashqi aloqadorlik va 
bog‘liqlik tomonlarini zamon va makonda o‘rganish;
3) iqtisodiy jarayonlarni oddiydan murakkabgacha, quyidan 
yuqorigacha rivojlanishda, deb qarash. Bu yerda son jihatidan 
o‘zgarishlar to‘plana borib, sifat jihatidan o‘zgarishga olib kelishini 
hisobga olish zarur.
4) ichki qarama-qarshiliklar birligiga va ulaming o‘zaro kurashiga 
rivojlanishning manbai sifatida yondashish.
Iqtisodiy faoliyatlar, hodisa va jarayonlar tabiiy, moddiy, shaxsiy 
omillar va pul mablag‘lari kabi omillarga tayangan holda kechadi, bu 
omillar o ‘zaro chambarchas bog‘liq hamda ziddiyatda bo‘ladi va bir- 
biriga ta’sir ko‘rsatadi, ular doimo sifat va miqdor jihatdan o ‘zgarib 
turadi, turli davrlarda turlicha ijtimoiy shaklga ega bo‘ladi, eski iqti­
sodiy qonunlar, tushunchalar o‘miga yangilari paydo bo‘ladi. Ana 
shular hisobga olinsa, bu fan uchun dialektika qoidalarini qo‘llashning 
qanchalik zarurligi va muhimligi darhol namoyon bo‘ladi. Shu bi­
lan birga, iqtisodiyot nazariyasi fanining o ‘ziga xos tadqiqot usullari 
ham mavjuddir, ulardan eng muhimi ilmiy abstraksiyadir. Iqtisodiy 
jarayonlaming mohiyati o ‘zgarishini o ‘rganishda mikroskoplardan, 
kimyoviy laboratoriyalardan foydalanib bo‘lmaydi, bunda abstrak- 
siya kuchi ishga solinadi.

Yüklə 18,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   623




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə