Toshkent davlatiqtisodiyot universiteti b. Y. Xodiyev, sh sh. Shodmonov


Mantiqiylik va tarixiylikning birligi usuli



Yüklə 18,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/623
tarix21.10.2023
ölçüsü18,63 Mb.
#130194
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   623
Mantiqiylik va tarixiylikning birligi usuli. 
Iqtisodiyot nazariya- 
sida tarixiylik dalili tarixiy rivojlanish nuqtai nazaridan tadqiqot olib 
borish zarurligini taqozo qiladi. Chunki iqtisodiy jarayonlar tarixiy 
jarayon sifatida rivojlanadi. Mantiqiylik usulida jarayonlar faqatgina 
tarixiy nuqtai nazardan emas, shu bilan birga asosiy ichki zarur qo- 
nuniy bog‘lanishlar bo‘yicha ham tahlil qilinadi. Masalan, biz pul- 
ning iqtisodiy tabiatini o ‘rganishda uning tarixiy jihatlari, jumladan, 
qiymat shakllarining rivojlanishini ko‘rib chiqamiz. Bu esa, bizdan 
tarixga, tovar-pul munosabatlarining dastlabki kurtaklari paydo 
bo‘lgan jamiyatga nazar tashlab, o‘sha davrdagi iqtisodiy munosabat­
lami tahlil qilishni taqozo etadi. Biroq, bu holat o ‘tmishdagi barcha 
iqtisodiy munosabatlarga emas, balki aynan pulning dastlabki asos- 
lari bilan mantiqiy bog‘langan munosabatlargagina taalluqlidir.
Pulning kelib chiqish sabablari, shakllanish jarayonlari puxta 
o‘rganilgandan keyin mantiq va tafakkurlash kuchi ishga solinib
uning xozirgi davrdagi asl mazmuni, vazifalari xususiyatlari bilib
38


olinadi. Shundagina pulning keng va chuqur mazmunga ega bo‘lgan 
obyektiv tarixiy kategoriya ekanligi m a’lum bo‘ladi.
Foydalanilayotgan usullar ichida 
eksperiment 
usuli m a’lum 
o‘rin egallaydi, iqtisodiy o‘sishning keskin o‘zgarishi bosqichla­
rida, jumladan iqtisodiyotning inqiroz va beqarorlik bosqichlarida 
eksperimentdan keng foydalaniladi. Iqtisodiy islohotlami amalga 
oshirish paytida eksperiment alohida o ‘ringa ega. Iqtisodiy islohot­
lami amalga oshirish uchun puxta tayyorgarlik ko‘rish, ya’ni ilmiy 
tajriba, eksperiment o‘tkazish hisob-kitob vositasiga asoslanish va 
ilmiy yo‘nalishlami ishlab chiqish talab etiladi. Iqtisodiyot sohasida 
o ‘tkaziladigan eksperimentlarga erkin iqtisodiy hududlarni tashkil 
etish, muayyan iqtisodiy tadbirlami alohida korxona yoki hududlarda 
sinovdan o ‘tkazish kabilami misol tariqasida keltirish mumkin. Jum­
ladan, 0 ‘zbekistonda zarar ko‘rib ishlovchi shirkat xo‘jaliklarini fer- 
mer xo‘jaliklarga aylantirish jarayoni dastlab Qoraqalpog‘iston Res- 
publikasining Ellikqal’a tumanida tajribadan o ‘tkazilib, keyinchalik 
boshqa tuman va viloyatlarda bosqichma-bosqich amalga oshirilgan- 
ligini ham iqtisodiy eksperiment sifatida baholash mumkin.

Yüklə 18,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   623




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə