Toshkent davlatiqtisodiyot universiteti b. Y. Xodiyev, sh sh. Shodmonov


Makroiqtisodiy va mikroiqtisodiy tahlilni qo‘shib olib borish



Yüklə 18,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/623
tarix21.10.2023
ölçüsü18,63 Mb.
#130194
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   623
Makroiqtisodiy va mikroiqtisodiy tahlilni qo‘shib olib borish. 
Mik- 
roiqtisodiy tahlilda iqtisodiyotning boshlang‘ich bo‘g‘ini bo‘lmish kor­
xona, firma va fermer xo‘jaliklarining ichki jarayonlarini alohida iqti­
sodiy subyektlaming xatti-harakati, xulqi tadqiq qilinadi. Bu tahlilda 
alohida olingan tovarlaming xarajatlari, kapital va boshqa resurslar- 
dan foydalanishning, narx tashkil topishining, ish haqi toMashning
talab va taklif tarkib topishining shakl va mexanizmlarini o ‘rganish 
markaziy o‘rin tutadi.
Makroiqtisodiy tahlil makro daraj ada (mamlakat yoki jahon miqyo- 
sida) milliy iqtisodiyotning to‘laligicha faoliyat qilishi tadqiqoti bi­
lan shug‘ullanadi. Milliy mahsulot yalpi ichki mahsulot dinamikasi 
narxlar darajasining o ‘zgarishi, inflyatsiya, ishchi kuchining bandligi 
masalalari bu tahlil obyekti bo‘lib hisoblanadi. Mikroiqtisodiyot va 
makroiqtisodiyot o‘zaro bog‘langan va bir-biri bilan o‘zaro ta’sirda 
bo‘ladi.
Induksiya va deduksiya 
bir-biriga qarama-qarshi bo‘lgan, ammo 
o‘zaro bog‘liqlikdagi fikrlash usulidir. 
Fikrning xususiy faktlardan
39


umumiy faktlarga qarab harakati induksiya, aksincha, umumiy
faktlardan xususiy faktlarga tomon harakati deduksiya deb ata-
ladi. 
Misol uchun, biz «А» korxonadagi ishchilar ish haqining oshiril- 
ganligi, boshqa sharoitlar o'zgarmagani holda, mehnat unumdorligi- 
ning oshishiga olib kelganligining guvohi bo‘ldik, deb faraz qilaylik. 
Bundan, butun iqtisodiy tizim uchun tegishli bo‘lgan «ishchilar ish 
haqining oshirilishi, boshqa sharoitlar o‘zgarmagani holda, mehnat 
unumdorligining oshishiga olib keladi», degan umumiy xulosa chiqa- 
rishimiz induksiyadir. Aksincha, bunday nazariy qoidani oldindan 
bilgan holda, uning turli tarmoqlar, alohida korxonalardagi amal qi­
lish holatini aniqlashimiz va baholashimiz deduksiyani anglatadi.
Iqtisodiy jarayonlarni o ‘rganish va tahlil qilishda 

Yüklə 18,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   623




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə