Toshkent davlatiqtisodiyot universiteti b. Y. Xodiyev, sh sh. Shodmonov



Yüklə 18,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/623
tarix21.10.2023
ölçüsü18,63 Mb.
#130194
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   623
ikki tomonlama
yondashuv usuli 
muhim o ‘rin tutadi. Bunda barcha iqtisodiy hodisa 
va jarayonlar bir-biriga qarama-qarshi ikki tomon birligidan iborat 
deb qaraladi. Masalan, tovar qiymati va naflilikning birligidan iborat 
degan nuqtai nazaridan tahlil qilinadi va xulosa chiqariladi. Aks holda 
bir tomonlamalikka yo‘l qo‘yilib, yanglish tasaw urga va noto‘g‘ri 
xulosalarga olib kelishi mumkin.
Iqtisodiy jarayonlarni miqdoriy jihatdan tahlil qilishda 
taqqos-
lash, statistik, matematik va grafik usullaridan 
keng foydalaniladi. 
Ayniqsa, hozirgi davrda grafik usulni keng o‘zlashtirish va qo‘llash 
zarurdir. Grafiklar nazariya modellarini ifodalashda vositachi b o iib
xizmat qiladi. Aniqroq qilib aytganda, grafik usul o ‘zgaruvchi miq- 
dorlar o‘rtasidagi bog‘liqlikni ko‘rgazmali qilib tasvirlaydi.
Bu usullar yordamida iqtisodiy jarayonlar va hodisalaming maz- 
munini, ulardagi o ‘zgarishlami, kelib chiqish sabab-oqibatlarini bi­
lish mumkin bo‘ladi.
Xulosalar
1. 
Iqtisodiyotning bosh masalasi - ehtiyojlaming cheksiz o ‘sib 
borishi va iqtisodiy resurslarning cheklanganligi o ‘rtasidagi ziddiyat 
va uni hal qilish yo‘lini izlab topishdan iboratdir. Bu ziddiyatli holatni 
yechish zaruriyati kishilar oldiga quyidagi muammolami qo‘yadi:
a) 
ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishning optimal variantlarini 
(eng zarur va tejamli turlarini) tanlab olish va resurslami ko‘proq ish­
lab chiqarishga jalb qilish;
40


b) 
mavjud resurslaming har bir birligidan tejab-tergab, samarali 
foydalanish;
v) fan-texnika yutuqlarini va yangi texnologiyalami joriy qilib, 
yangi energiya, material, xomashyo turlari, ulaming manbalarini 
topib, foydalanishga jalb qilish, resurslardan foydalanish samarador- 
ligining oshishiga erishish;
g) kishilaming chuqur iqtisodiy bilimlarga ega bo‘lishi.
2. «Iqtisodiyot nazariyasi» fan sifatida shakllanguncha bosib 
o ‘tgan yo‘l va unda vujudga kelgan g‘oyalar, oqimlar juda murakkab, 
ko‘pincha bir-biriga zid va qarama-qarshidir. Shunday bo‘lsada, ular 
bir-birini to‘ldiradi. Shu bilan birga ta’kidlash lozimki, hech qaysi 
iqtisodiy maktabning nazariyalarini mutlaq va doimiy haqiqatga ega 
deb bo‘lmaydi. Turli-tuman fikr va qarashlar olamidan haqiqatni izlab 
topish chuqur iqtisodiy bilim va tafakkumi taqozo etadi.
3. «Iqtisodiyot nazariyasi» fani barcha iqtisodiy fanlaming 
nazariy-uslubiy asosidir. U fundamental fan bo‘lib, insonlami jami- 
yatning iqtisodiy asoslarini ilmiy tadqiq etishga yo‘naltiradi, ulami 
nazariy-uslubiy bilim bilan qurollantiradi.
4. Iqtisodiyot nazariyasi jamiyat taraqqiyotining iqtisodiy qonun- 
lari va kategoriyalari to‘g ‘risidagi fan bo‘lib, u turli ijtimoiy-gumani- 
tar fanlar bilan chambarchas bog‘liqdir.
5. Iqtisodiyot nazariyasi nafaqat nazariy fan, balki u bevosita 
amaliy ahamiyat ham kasb etadi. Iqtisodiyot nazariyasini bilmay 
turib, murakkab iqtisodiy jarayonlami to‘g ‘ri hal qilib bo‘lmaydi.
6. «Iqtisodiyot nazariyasi» fani doirasida inson va jamiyatning ya- 
shashi hamda faoliyatining ijtimoiy, iqtisodiy va tarixiy tomonlarini 
tadqiq qilish va bilish mumkin.
7. Iqtisodiyot nazariyasining bilish, amaliy, uslubiy va g ‘oyaviy- 
tarbiyaviy vazifalari mavjud. Ayniqsa, mamlakatimiz mustaqillikka 
erishgandan so‘ng, о ‘sib kelayotgan yosh avlodni milliy vatanparvar- 
lik, milliy g ‘urur ruhida tarbiyalashda iqtisodiyot nazariyasi g‘oyaviy- 
tarbiyaviy vazifasining ahamiyati tobora oshib bormoqda.

Yüklə 18,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   623




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə