borish bilan bir qatorda mamlakatimizda xizmat ko‘rsatish sohasiga
kengroq etibor berishi natijasida YalM tarkibida moddiy ishlab chiqa
rishning
ulushi nisbatan pasayib, nomoddiy ishlab chiqarish ulushi
esa o‘sib bormoqda.
Ishlab chiqarilgan moddiy tovarlar
va xizmatlar tarkibining
o‘zgarishiga qaramay YalM hajmi yildan-yilga o ‘sib bormoqda.
YalMning izchil о‘sib borishi yangi-yangi ishlab chiqarish korxonala-
rining ishga tushirilishi yoki eskilarining kengaytirilishi evaziga sodir
bo‘lmoqda. Masalan, 2015-yilda Toshkent issiqlik elektr stansiyasida
370 megavatt quvvatga ega bo‘lgan bug‘-gaz qurilmasi barpo etildi,
Chorvoq GESi gidrogeneratorlari modemizatsiya qilindi, Qo‘ng‘irot
soda zavodida kalsiylashtirilgan soda ishlab chiqarish kengaytirildi,
«Samarqandkimyo» aksiyadorlik jamiyatida 240 ming tonna quv
vatga ega bo‘lgan murakkab tarkibli yangi o‘g‘itlar ishlab
chiqarish
korxonasi ishga tushirildi. Shuningdek, «Motor zavodi» aksiyadorlik
jamiyatining faoliyat ko‘rsatmayotgan ishlab chiqarish maydonlari-
da traktor tirkamalari,
jumladan, katta hajmli tirkamalar,
maishiy
texnika uchun tarkibiy qismlar va boshqa mahsulotlar ishlab chiqa
rish tashkil etildi.
Shu bilan birga mamlakatimizda xizmat ko‘rsatish sohasi sezilar-
li ravishda rivojlanib bormoqda,
Respublika YalMdagi xizmat
ko‘rsatishning ulushi 2000-yilda 36,8 foizni tashkil qilib, 2014-yilda
esa bu ko‘rsatkich 54,0 foizni, 2015-yilda esa 54,5 foizni tashkil qildi.
Bu esa mamlakatimizda keyingi yillarda aholining turmush sharoitini
yaxshilash uchun olib borayotgan kompleks tadbirlar qatorida xizmat
ko‘rsatish va servis sohasini rivojlantirishni jadallashtirishga qaratil-
gan Davlat dasturlarining amalga oshirilishi natijasi hisoblanadi.
Moddiy ishlab chiqarish sohasi o‘z navbatida ikki bo‘linmadan
iborat bo‘lib, birinchi bo‘linmada
Dostları ilə paylaş: