Toshkent davlatiqtisodiyot universiteti b. Y. Xodiyev, sh sh. Shodmonov



Yüklə 18,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/623
tarix21.10.2023
ölçüsü18,63 Mb.
#130194
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   623
ishlab chiqarish vositalari 
(sta- 
nok, mashina, asbob-uskuna, transport vositalari, xomashyo va turli 
materiallar) yaratilsa, ikkinchi bo‘linmada esa 
iste’mol buyumlari
ishlab chiqariladi.
Birinchi bo‘linmada ishlab chiqarishdan chiqqan tovarlar shu yil- 
ning o ‘zida ikkinchi bo‘linmada va xizmat ko‘rsatish sohalarida ishlab 
chiqarish vositasi sifatida ishlatilishi mumkin, ikkinchi bo‘linmada
50


yaratilgan tovarlar va nomoddiy soha xizmatlari o ‘z navbatida bi- 
rinchi bo‘linma uchun zarurdir. Shuning uchun ular o‘rtasida doimo 
tovar ayirboshlash va boshqa iqtisodiy aloqalar sodir bo‘lib turadi.
Sarflanayotgan mehnat ikki xil tavsifga ega bo‘lganligi uchun har 
qanday mahsulot, shu jumladan, bozor sharoitidagi yoki unga o‘tish 
davridagi mehnat mahsuli ham ikki xil xususiyatga ega: iste’mol qiy- 
matiga, ya’ni ma’lum bir naflilikka va qiymatga ega bo‘lib, jonli va 
buyumlashgan mehnat sarfining ma’lum miqdorini o ‘zida mujas- 
samlashtiradi. Bu tovaming o‘zaro bog‘liq va hamisha bir-birini 
taqozo qiladigan ikki tomonidir (bu haqda keyingi bobda batafsilroq 
to‘xtalamiz). Shuning uchun ham ishlab chiqarish jarayoniga hamisha 
uning pirovard maqsadi bilan birgalikda qaraladi. Ishlab chiqarishning 
maqsadi cheklangan resurslardan unumli foydalanib, kishilar 
ehtiyojini qondirish ekan, uning samarasi tovar va xizmatlaming 
natural va qiymat jihatdan o ‘sishida, ko‘payishida ko‘rinadi. Shu 
nuqtai nazardan olganda ishlab chiqarish jarayoni hamisha naflilik- 
ni, ya’ni iste’mol qiymatini yaratish, ko‘paytirish va qiymatlaming 
o‘sish jarayoni hisoblanadi, uning asosiy maqsadi esa, iste’mol qiy­
matini, ya’ni nafli tovami yaratishdan iborat bo‘ladi.
Ishlab chiqarishning cheklangan resurslardan foydalangan holda 
kishilar ehtiyojini qondirishga qaratilishi va shunga zarur bo‘lgan 
sifat va miqdorda iste’mol qiymati yaratishni bosh maqsad qilib 
qo‘yishi uning ijtimoiy yo‘nalishini ifoda etadi. Lekin bu umumiy 
ijtimoiy yo‘nalish aniq kishilaming, tadbirkorlaming manfaati bilan 
bog‘langandagina amalga oshadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida yoki 
unga o ‘tish davrida har bir mulk egasi yoki tadbirkor m a’lum miqdor­
da foyda olishni, sarflangan vositalariga, pul mablag‘lariga nisbatan 
ko‘proq qiymatga ega bo‘lishni maqsad qilib qo‘yadi. Shuning uchun 
ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish jarayoni bir tomondan, nafli- 
likni yaratish jarayoni bo‘Isa, ikkinchi tomondan, qiymatning o ‘sish 
jarayoni bo‘lib hisoblanadi.

Yüklə 18,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   623




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə