Toshkent davlatiqtisodiyot universiteti b. Y. Xodiyev, sh sh. Shodmonov


-rasm. Ishlab chiqarish omillarining turkumlanishi



Yüklə 18,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/623
tarix21.10.2023
ölçüsü18,63 Mb.
#130194
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   623
2.1-rasm. Ishlab chiqarish omillarining turkumlanishi
Ishchi kuchi insonning mehnatga bo‘lgan aqliy va jismoniy qo­
biliyatlarining yig‘indisi bo‘lganligi uchun bozor iqtisodiyoti davrida 
inson emas, mehnat jarayoni ham emas, balki ishchi kuchi tovar si­
fatida sotiladi va sotib olinadi. Ishchi kuchining boshqa tovarlar kabi 
qiymati va nafliligi mavjuddir va binobarin, uning bozori ham mavjud 
bo‘ladi. Shuning uchun hozirgi kunda keng qo‘llanilayotgan mehnat 
bozori tushunchasi o‘miga ishchi kuchi bozori, mehnat resurslari 
o‘miga ishchi kuchi resurslari deyilsa to‘g‘ri va tushunarli bo‘lar edi.
Kapital tushunchasi ham turli adabiyotlarda turlicha talqin qilinadi. 
Ko‘pchilik kapital tushunchasini tarixiy tushuncha deb qarab, uning 
kapitalizmga xosligini isbotlaydi va kapitalni o ‘z egasiga qo‘shimcha 
qiymat keltiruvchi qiymat, o ‘z-o‘zidan ko‘payuvchi, o ‘suvchi qiymat
47


deb hisoblaydi. Ayrim g‘arb iqtisodchilari ham, masalan, J.Klark, 
L.Valras, I.Fishyerlar kapitalga daromad keltiruvchi, foyda keltiruv- 
chi, foiz keltiruvchi qiymat deb qaraydilar.
Qator g ‘arb iqtisodchilarining jumladan, D.Xayman, P.Xeyne, 
E.Dolon, J.Robinson, R.Dombush va boshqalaming fikrini keltirib 
va ulami umumlashtirib, prof. V.D.Kamayev o‘zining rahbar- 
ligida yozilgan darsligida «haqiqatdan ham - kapital o‘zidan o‘zi 
ko‘payuvchi qiymat»5 deb yozadi. Bunday fikr D.D.Moskvin, V.Ya. 
Ioxin, A.G.Gryaznova, E.F.Borisov va boshqalaming rahbarligida 
nashr etilgan qator iqtisodiyot nazariyasi kitoblarida ham aytiladi. 
Lekin, Amerika va Yevropa mamlakatlaridan kirib kelgan «Eko- 
nomiks» darsliklari va boshqa ayrim adabiyotlarda kapitalni barcha 
ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarida qo‘llaniladigan mod­
diy vositalardan, ya’ni hamma turdagi mashinalar, asbob-uskunalar, 
inshootlar, zavod-fabrikalar, omborlar, transport vositalari va boshqa 
shu kabilardan iborat deb ko‘rsatadi, unga pul va tovami kiritmaydi. 
Bundan ko‘rinib turibdiki, ayrim iqtisodchilar kapitalistik iqtisodiy 
tuzumning sotsial mohiyatini ochish uchun masalaga bir tomonlama 
qarab, ishlab chiqarish omillarining qiymatiga e’tibomi kuchaytirgan. 
Iqtisodchilaming ayrimlari esa kapitalni bir tomonlama qarab, uning 
qiymat tarafini e’tiborga olmasdan faqat moddiy ashyoviy tomonini 
ko‘rsatadilar va kapital tushunchasining tarixiyligini e’tibordan chet- 
da qoldiradilar. Shuning uchun ham ular uni qotib qolgan doimiy
o ‘zgarmas tushuncha deb ishlab chiqarish vositalarini (uning faqat 
moddiy-ashyoviy tomonini hisobga olib) kapital deb ataydilar. Biz 
bu kapital tushunchasiga bo‘lgan ikki tomonlama yondashuvni bir 
tanganing ikki tomoni, bir tushunchaning, ya’ni kapital tushunchasi­
ning ikki tomoni: uning bir tomoni moddiy va ashyoviy ko‘rinishi, 
ikkinchi tomoni esa uning qiymat ko‘rinishi ekanligini e ’tiborga ola­
miz va uni bozor iqtisodiyoti sharoitida kapital deb ishlatamiz. Biz 
kapital deganda yollanma mehnat tomonidan harakatga keltirilib
o‘z egalariga daromad, foyda keltiradigan, ishlab chiqarish va xiz­
mat ko‘rsatishning hamma sohalarida qo‘llanadigan ishlab chiqarish 
vositalarini, sotishga tayyor turgan tovarlami, yangi vositalar va ish-

Yüklə 18,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   623




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə