Toshkent davlatiqtisodiyot universiteti b. Y. Xodiyev, sh sh. Shodmonov


Mehnat qurollari va mehnat predmetlari birgalikda ishlab



Yüklə 18,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/623
tarix21.10.2023
ölçüsü18,63 Mb.
#130194
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   623
Mehnat qurollari va mehnat predmetlari birgalikda ishlab
chiqarish vositalari deb yuritiladi. 
Bu esa mehnat jarayonining ta- 
biatidan kelib chiqadi; shuning uchun ham ishlab chiqarish vositalari 
barcha ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar, insoniyat taraqqiyotining hamma 
bosqichlari uchun xosdir.
Ishlab chiqarish omillari insoniyat taraqqiyotining hamma bos­
qichlari uchun umumiy boisada, bu omillarga turli adabiyotlarda turli- 
cha ta’rif beriladi. Jumladan, «Siyosiy iqtisod» darsliklarida ishlab 
chiqarishning ikki omili: moddiy va shaxsiy omillari mavjudligi tan 
olinadi. Bunda mehnat qurollari va mehnat predmetlaridan iborat ish­
lab chiqarish vositalari ishlab chiqarishning moddiy omilini tashkil 
etadi, ishchi kuchi esa uning shaxsiy omili deb yuritiladi. Hozirgi bo­
zor iqtisodiyotiga doir ko‘pchilik adabiyotlarda esa ishlab chiqarish­
ning to‘rt omili: mehnat, kapital, yer, tadbirkorlik qobiliyati tan olinadi.
46


Bu yerda ishchi kuchi bilan mehnat o ‘rtasidagi farqni anglab 
olish juda muhimdir. Chunki, 
mehnat insonning, to‘g‘rirog‘i ishchi
kuchining ma’lum maqsadga qaratilgan faoliyati jarayoni bo‘lib,
ishchi kuchi tushunchasidan tamomila farqlanadi. 
Ko‘pgina 
adabiyotlarda esa ularga sinonim (bir xil tushuncha) sifatida qa- 
ralib, bunday holat ko‘plab chalkashliklami keltirib chiqaradi. Bizga 
ma’lumki, 
ishchi kuchi insonning mehnatga bo‘Igan aqliy va jis-
moniy qobiliyatlarining yig‘indisidir. Mehnat esa barcha omil-
larning birgalikdagi harakati ishchi kuchining ishlab chiqarish
vositalari bilan qo‘shilishi natijasida sodir bo‘ladigan va ma’lum
samara olishga qaratilgan faoliyatdir.
Shuning uchun biz mehnat degan tushunchani emas, balki ishchi 
kuchi degan tushunchani ishlab chiqarishning omili deb bilamiz va 
ishlab chiqarish omillari ishchi kuchi, kapital, tabiat va tadbirkorlik 
qobiliyatidan iborat deb ta’kidlaymiz (2.1-rasm).

Yüklə 18,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   623




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə