Toshkent davlatiqtisodiyot universiteti b. Y. Xodiyev, sh sh. Shodmonov


2-BOB. ISHLAB CHIQARISH JARAYONI VA UNING



Yüklə 18,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/623
tarix21.10.2023
ölçüsü18,63 Mb.
#130194
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   623
43


2-BOB. ISHLAB CHIQARISH JARAYONI VA UNING
NATIJALARI
Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning barcha bosqichlarida inson hayo- 
tining asosini moddiy ne’matlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish 
tashkil etadi. Chunki, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish jarayon- 
lari bo‘lmasa, ayirboshlaydigan, taqsimlaydigan va iste’mol qiladi- 
gan ne’matlarning o‘zi boimaydi. Har qanday jamiyat-da insoniyat 
iste’molsiz yashay olmaganidek, ishlab chiqarmasdan ham turolmaydi. 
Shuning uchun ham mamlakatimiz prezidenti va hukumati mustaqillikka 
erishgan kundan boshlab to hozirgi kungacha ishlab chiqarish jarayonini 
aholi turmush darajasi va sifatini oshirishning asosiy manbai va yo‘li 
deb qarab uni rivojlantirishga alohida e’tibor berib kelmoqda.
Mamlakatimiz prezidenti Sh.Mirziyoyevning Oliy Majlis pala- 
talarining qo‘shma majlisida qilgan ma’ruzasida - “Iste’mol tovar- 
lari ishlab chiqarishni kengaytirish va aholining ularga bo‘lgan 
ehtiyojini to iiq qondirish, jumladan, maqbul narxlar bo‘yicha 
keng turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan xalqimizni to‘liq 
ta’minlash oldimizda turgan muhim vazifalar qatoriga kiradi”, 
deb ta’kidladilar. Prezidentimizning bu gaplari aholining o‘sib boruv- 
chi talablarini mavjud imkoniyat va resurslarimizni real hisobga ol- 
gan holda 2030-yilgacha YalM hajmini 2 baravarga oshirish vazifasi 
qo‘yilgani va mamlakatimizda amalga oshirilayotgan investitsiyalar 
hajmining asosiy qismini ishlab chiqarishni rivojlantirishga sarf- 
lanayotgani bu sohaga qaratilgan katta e ’tiborning dalilidir.
Biroq, bugungi kunda iqtisodiyot nazariyasi bo‘yicha yozilgan ay- 
rim ilmiy ishlar, darslik va o‘quv qo‘llanmalarda ishlab chiqarish ja- 
rayonining mazmun-mohiуatini yoritish tamomila e’tibordan chetda' 
qolmoqda. Bu bir tomondan, talabalaming mahsulotlar (tovarlar va 
xizmatlar) qayerda, kim tomonidan, qanday ishlab chiqarilishini tu- 
shunmaslikka olib keladi, ikkinchi tomondan, butun ishlab chiqarish 
va xizmat ko‘rsatish jarayonida sodir bo‘layotgan ishlab chiqarish 
munosabatlaridan bexabar qolishiga sabab bo‘ladi, uchinchidan esa,
44


butun j ahonda sodir bo ‘ layotgan iqtisodiy inqirozlaming tub sababini „ 
tushunmaslikka olib keladi. Xolbuki inqiroz ishlab chiqarish va xiz­
mat ko‘rsatish o ‘zining turlari, sifati, hajmi bo‘yicha talabga javob 
bermasligi ya’ni muomaladagi pul miqdori bilan tovarlar va xizmatlar 
hajmi o ‘rtasidagi nisbatning buzilishi sababli kelib chiqadi.
Ushbu bobda bir-biri bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan ishlab chiqarish 
omillari va ishlab chiqarish jarayoniga tegishli bo‘lgan munosabatlar 
va muammolami ko‘rib chiqamiz. Ishlab chiqarishning omillari tavsi- 
fi, maqsadi va mazmuni ochib beriladi, uning natijalari va samara- 
dorligi bilan b o g iiq masalalar bayoni yoritiladi va «ishlab chiqarish 
imkoniyatlari» tushunchasiga ham o‘rin ajratiladi. Shuningdek, keyin- 
gi qo‘shilgan mahsulot nafliligi va uning kamayib borishi, keyingi 
qo‘shilgan mehnat va kapital unumdorligining pasayib borish qonuni 
kabi marjinalistik g ‘oyalar bilan tanishtiriladi, ulaming kamchilik ji- 
hatlari ochib beriladi. Bu yerda ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish 
jarayonining har taraflama rivojlantirilishi, bu jarayonlarni modemi- 
zatsiyalash, tarkibiy jihatdan o ‘zgartirish, diversifikatsiyalash ham­
da muvozanatli va mutanosibli rivojlantirilishi iqtisodiy inqirozdan 
qutilishning yoki uning oldini olishning muhim yo‘li sifatida qaraladi.

Yüklə 18,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   623




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə