Toshkent davlatiqtisodiyot universiteti b. Y. Xodiyev, sh sh. Shodmonov


ijtimoiy ishlab chiqarish o‘zaro bogiangan



Yüklə 18,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/623
tarix21.10.2023
ölçüsü18,63 Mb.
#130194
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   623
ijtimoiy ishlab chiqarish o‘zaro bogiangan
va aloqada bo‘lgan barcha individual ishlab chiqarishlarning
yig‘indisidir. 
Har bir individual ishlab chiqarish, uning sarmoyasi va 
resurslari esa ijtimoiy ishlab chiqarishning ajralmas bir bo‘lagidir.
Ijtimoiy ishlab chiqarish, ya’ni turli omillarning harakati
natijasida juda ko‘p turdagi tovarlar va xizmatlar massasidan
iborat bo‘lgan yalpi ichki mahsulot vujudga keladi. 
Bu Yaratilgan 
mahsulotlar mamlakatimiz aholisining talablarini qondirib, ulaming 
turmush darajasini oshirishga, ishlab chiqarishni sifat va miqdor ji­
hatdan yanada kengaytirishga xizmat qiladi. Shuning uchun ham
54


mamlakatimiz birinchi Prezidenti va hukumati tomonidan yalpi ichki 
mahsulotni ko‘paytirish bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlari izchil 
amalga oshirib kelinmoqda.
M a’lumki, har yili yilning boshida mamlakatimizda oldingi 
yildagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning yakunlari va yangi yildagi 
iqtisodiy islohotlami chuqurlashtirishning eng ustuvor yo‘nalishlari 
belgilab olinadi. Ushbu ustuvor yo‘nalishlardan kelib chiquvchi vazi- 
falar amalga oshirilib, salmoqli natija va sezilarli o‘zgarishlar qo‘lga 
kiritilmoqda. Iqtisodiyotning yuqori barqaror sur’atlar bilan o‘sishi 
va makroiqtisodiy muvozanati va mutanosibligi m a’lum darajada 
ta’minlanmoqda, ishlab chiqarishni tarkibiy o‘zgartirish va moder- 
nizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash, diversifikatsiyalash 
ishlari davom ettirilmoqda. Shuni aytish kerakki, bugungi kunda 
mamlakatimizda bu boradagi ishlar tanqidiy tahlil qilinib, yangicha 
yondashuv bilan olib borilmoqda. Ayni vaqtda bu tahlillar yuqori sa- 
lohiyatga ega bo‘lgan korxonalarga har bir turdagi mahsulotni xom­
ashyo va yarim fabrikat bo‘yicha chuqur qayta ishlashning uzoq va 
yaqin kelajakdagi yillarga mo‘ljallangan aniq istiqbolga ega bo‘lgan 
mutlaqo yangi dasturiy kompleks yondashuvi asosida ishlab chiqa­
rishni yo‘lga qo‘yishni talab etmoqda.
Bu ko‘rilgan chora va tadbirlar natijasida yalpi ichki mahsulotning 
barqaror o‘sish sur’atlari ta’minlanib, keyingi 9 yil davomida uning 
o‘rtacha yillik o‘sishi 8 foizdan kam bo‘lmagan, 2016-yilda esa bu 
ko‘rsatkich 7,8 foizni tashkil etdi (2.5-rasm).

Yüklə 18,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   623




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə