Toshkent davlatiqtisodiyot universiteti b. Y. Xodiyev, sh sh. Shodmonov



Yüklə 18,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/623
tarix21.10.2023
ölçüsü18,63 Mb.
#130194
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   623
ijtimoiy mah­
sulot ko‘rsatkichida yil mobaynida Yaratilgan moddiy ne’matlar
yig‘indisi hisobga olingan, unda xizmat ko‘rsatish sohalarida vu­
judga keltirilgan ma’naviy ne’matlar va xizmatlar qiymati aks
etmagan. 
Lekin bir ishlab chiqarish tarmog‘idan chiqqan hozirgi
8 Manba: 0 ‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari
57


vaqtda oraliq iste’moli deb atalmish xomashyo, materiallar, yonilg‘i 
va energiyalaming qiymati boshqa tarmoqlarda ishlatilib, bir necha 
bor takror-takror hisobga olinib, mahsulotning hajmi sun’iy ravishda 
oshirib ko‘rsatilgan, iste’molga borib tushadigan tayyor mahsulot esa 
undan bir necha barobar kam bo‘lgan.
Yaratilgan mahsulot hajmi va tarkibini hisoblash va tahlil qilish­
da ikki tomonlama naflilik (natural) va qiymat jihatidan yondashish 
maqsadga muvofiqdir.
Naflilik (natural) jihatdan 
yondashilganda, ishlab chiqarish ja- 
rayonini davom ettirish uchun, birinchidan, iste’mol qilingan ishlab 
chiqarish vositalarini faqat qiymat holidagina emas, balki uni moddiy 
buyum shaklida ham qayta tiklash zarur. Buning uchun albatta mam- 
lakatda Yaratilgan yalpi ichki mahsulot tarkibida m a’lum miqdorda 
ishlab chiqarish vositalari natural shaklda mavjud bo'lishi kerak. 
Ikkinchidan, ishchi kuchining qayta tiklanishi uchun zarur iste’mol 
buyumlari mavjud bo‘lishi shart. Shuning uchun ham moddiy mahsu- 
lotlar ikki xil tovar mahsulot sifatida mavjud bo‘ladi, bu esa o‘z nav- 
batida, ikki yirik bo‘linmalar o‘rtasida tovar ayirboshlash imkonini 
beradi. Undan tashqari juda ko‘p korxona va tashkilotlar aholiga turli- 
tuman xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanadiki, ular mehnatining nati- 
jasi xizmatlarda namoyon bo‘ladi. Bu esa yalpi ichki mahsulotning 
muhim qismi turli xil xizmatlardan iborat ekanligini ko‘rsatadi. Shun- 
day qilib, yil davomida mamlakatda Yaratilgan yalpi ichki mahsulot 
natural jihatidan uch qismdan: ishlab chiqarish vositalari, iste’mol 
buyumlari va turli xil xizmatlardan iborat bo‘ladi. Yil davomida ish­
lab chiqarilgan tovar va xizmatlami, ya’ni milliy mahsulotni bunday 
uchta ko‘rinishga bo‘lib o ‘rganish va bilish muhim ilmiy va amaliy 
ahamiyatga egadir. Chunki ulaming har bir turi bo‘yicha talab va tak- 
liflar o ‘rganilib, talabga yarasha ishlab chiqarish imkonini beradi.
Yaratilgan mahsulot 

Yüklə 18,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   623




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə