Yil davomida olingan qo‘shimcha mahsulotlar yig‘indisi
qo‘shimcha mahsulot massasi, uning zaruriy mahsulotga nisbati
esa (foizda ifodalanishi) qo‘shimcha mahsulot normasi deb yuri
tiladi.
Agar qo‘shimcha mahsulot normasini m’, massasini m,
zaruriy
mahsulotni v bilan belgilasak qo‘shimcha mahsulot normasi
m ~ m / v x
1 0 0 %
ko‘rinishdagi formula bilan aniqlanadi.
Misol uchun, «А» korxonaning yil davomidagi qo‘shimcha mah
sulot massasi 100 mln. so‘m, zaruriy mahsulot hajmi esa 250 mln.
so‘mdan iborat bo‘lsin. U holda qo‘shimcha mahsulot normasi 40%
ni tashkil etadi.
M a’lumki, qo‘shimcha mahsulot bilan zaruriy mahsulot o‘rtasida
har doim ziddiyat va aloqadorlik bo‘ladi. Ulaming har ikkalasi-
dan ham butun iqtisodiyotni rivojlantirish va jamiyat a ’zolarining
farovonligini oshirish maqsadlari yo‘lida foydalaniladi.
Ba’zan davriy matbuotda va ayrim adabiyotlarda qo‘shimcha
mahsulotning mazmunini to‘g ‘ri tushunmaslikdan uni qo‘shimcha
qiymat va qo‘shilgan qiymat bilan bir xil sinonim tushuncha sifatida
ifoda etiladi. Lekin qo‘shimcha mahsulot tushunchasi qo‘shimcha qiy
mat va qo‘shilgan qiymat tushunchalaridan sifat va miqdor jihatidan
tubdan farq qiladi.
Qo‘shimcha mahsulot yalpi ichki
mahsulotning tarkibiy qismi
bo‘lganligi uchun unda mavjud bo‘lgan ikki tomonlama xususiyat,
ya’ni qiymat va naflilik xususiyatlari qo‘shimcha
mahsulotga ham
mansub bo‘ladi, ya’ni qo‘shimcha mahsulot ikki tomonlama xususi-
yatga ega bo‘ladi.
Bundan ko‘rinadiki, qo‘shimcha qiymat qo‘shimcha mahsulotning
bir tomoni bo‘lib, uning faqat qiymatini ya’ni unda mujassamlashgan
63
qo‘shimcha mehnatni ifodalaydi. Unda naflilikning biror bir gram-
mi yoki atomi bo‘lmaydi. Naflilik faqatgina qo‘shimcha mahsulotda
bo‘lib, uning muhim tomonidir. Qo‘shimcha mahsulot qo‘shimcha
qiymatdan faqatgina shu sifat jihatdangina emas, shu bilan birga miq-
dor jihatdan ham farq qiladi. M a’lumki,
ishlab chiqaruvchi kuchlar
to‘xtovsiz rivojlanib mehnatning unumdorlik kuchi oshib boradi.
Shunga binoan qo‘shimcha mahsulotning nafliligi qiymatiga nisbatan
tez oshib boradi, chunki qo‘shimcha mahsulot qo‘shimcha qiymat
ning mehnat unumdorligiga ko‘paytmasiga teng bo‘ladi, ya’ni
Dostları ilə paylaş: