Toshkent davlatiqtisodiyot universiteti b. Y. Xodiyev, sh sh. Shodmonov


Yaratilgan yalpi ichki mahsulotdan iste’mol qilingan ishlab



Yüklə 18,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/623
tarix21.10.2023
ölçüsü18,63 Mb.
#130194
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   623
Yaratilgan yalpi ichki mahsulotdan iste’mol qilingan ishlab
chiqarish vositalari qiymati (amortizatsiya ajratmalari) che-
girib tashlansa, qolgan qismi sof ichki mahsulot deyiladi. 
Demak, 
sof mahsulot bevosita ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishda band 
bo‘lgan menejyerlar, ishchilar, dehqonlar va muhandislar, texnik 
xodimlar va boshqalaming sarf qilingan jonli mehnati bilan Yaratil­
gan zamriy va qo‘shimcha mahsulotdan iboratdir.
Zaruriy mahsulot deb ishchi va xizmatchilar ish vaqtining bir
qismi bo‘lgan zaruriy ish vaqtida zaruriy mehnat bilan Yaratil­
gan, ishchi kuchini normal holatda saqlash va qayta tiklash
uchun zarur bo‘lgan mahsulotga aytiladi. 
Bunga kelgusi avlod ish- 
chilarini yetishtirish, ya’ni ishchilaming oilasi va bolalari uchun zarur 
bo‘lgan mahsulot ham kiradi.
Sof mahsulotning zaruriy mahsulotdan ortiqcha qismi, ya’ni
qo‘shimcha ish vaqtida xodimlarning qo‘shimcha mehnati bilan
Yaratilgan qismi qo‘shimcha mahsulot deyiladi.
Ishlab chiqarishning tizimi va mulkchilikning shaklidan qat’iy 
nazar har bir korxonada, tarmoqda qo'shimcha mahsulot hajmini 
ko‘paytirishga harakat qilinadi. U asosan uch yo‘l bilan - ishlovchi- 
lar sonini ko‘paytirish, ish kunini uzaytirish va ish kuni chega- 
rasi o‘zgarmagan holda zaruriy ish vaqtini kamaytirish evaziga 
qo‘shimcha ish vaqtini ko‘paytirish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Misol uchun korxonada 120 kishi ishlagan bo‘lsa va har bir ki- 
shi 10 ming so‘mdan qo‘shimcha mahsulot yaratsa hammasi bo‘lib 
1200 ming so‘m qo'shimcha mahsulot yaratiladi. Agar ishchilar soni 
150 kishiga etkazilsa (150*10ming) 1500 ming so‘m qo‘shimcha 
mahsulot yaratiladi. Bunda qo‘shimcha ishchilar sonini ko‘paytirish
61


evaziga qo‘shimcha mahsulot ko‘paytirilmoqda. Agar ishchilar soni 
o ‘zgarmasdan 120 kishi holida qolib ish soati 8 soatdan 10 soatga 
uzaytirilsa (10*1250 bir soatlik Yaratilgan qo‘shimcha mahsulot) bir 
kunda bir ishchi 12500 so‘m, hamma ishchilar esa (120*12500) 1500 
ming qo‘shimcha mahsulot yaratiladi.
Bundan ko‘rinadiki, bu ikki yo‘l bilan qo‘shimcha mahsulotni 
ko‘paytirish mumkin. Lekin bu ikki yo‘l cheklangan bo‘lib, uzluk- 
siz ravishda ishchilar sonini ko‘paytirib ham, ish kunini uzaytirib 
ham bo‘lmaydi. Chunki ular cheklangan b o ‘lib, ishchilar sonini 
ko‘paytirish korxonaga qimmatga tushadi, ish kunini uzaytirish esa 
ishchilar noroziligini keltirib chiqaradi. Demak qo‘shimcha mahsu­
lotni ko‘paytirishning cheksiz boigan uchinchi yo‘lidan keng foy- 
dalanish mumkin. Bu yo‘l ishlab chiqarishda to‘htovsiz ravishda yan­
gi texnika-texnologiyalami qo‘llash, xom ashyo va energiyalaming 
yangi turlarini topib, ulardan samarali foydalanish yo‘llarini ochish 
bilan mehnat unumdorligini oshirish evaziga zaruriy ish vaqtini ka- 
maytirish va qo‘shimcha ish vaqtini uzaytirib qo‘shimcha mahsulotni 
ko‘paytirish mumkin.
Ishchilar sonini ko‘paytirish va ish kunini uzaytirish yo‘li bilan 
olingan qo‘shimcha mahsulot 

Yüklə 18,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   623




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə